Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fakulteti «oziq -ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi


Download 0.98 Mb.
bet16/30
Sana31.03.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1313359
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
IV. Ishni bajarish tartibi.
Kana turini o‘rganish va aniqlash uchun avval ombor zararlangan don 1,5 mm teshikli elakdan o‘tkaziladi. Elakdan o‘tgan qo‘ng‘izlar lupa yoki mikroskop ostida yaxshilab tekshiriladi, so‘ngra, elangan qismi taxlil taxtasining qora shishasi ustiga solib lupa yordamida kanalarning aloxida turlarini ajratib olib, nina yordamida pedmet taxtachasiga o‘tkaziladi. Kanalarni efir bug‘lari bilan uxlatiladi buning uchun kichkina 2 ta taxtachani olib, efirga bo‘ktiriladi va kana joylashgan shishaga yaqinlashtiriladi, uxlatilgan kana mikroskopning eng kichik kattaligi (x 8) da tekshiriladi va ularning turi o‘ziga xoslik belgilari bo‘yicha aniqlanadi. Aniqlangan kana rasmi chizilib, ularning qisqacha ta’rifi laboratoriya ishi xisobotiga yoziladi.
Boshqa turdagi qo‘ng‘iz, kapalaklarni o‘rganish va aniqlash usuli quyidagi:
Tirik xashoratlari taxlil taxtasini oq shisha tomoniga joylashtiriladi va lupa yordamida tekshiriladi. Ba’zan xashoratlarni diagnostik belgilarini aniqlash uchun ularni efirga botirilgan paxta bilan uxlatiladi va tana qismlarini ko‘rib chiqiladi (boshi, oyog‘i, qanotlari va boshqalar).
Uxlatilgan kanalarni ignalar yordamida qog‘ozga maxkamlanadi va qanotlarini yozib qaysi turga kirishini aniqlaniladi.
Don va don mahsulotlarini zararkunandalar bilan zararlanganligini aniqlash.

  1. Ishdan maqsad.

Don va don mahsulotlarini zararkunandalar bilan zararlanganligini aniqlash uchun olib boriladigan ishlar va zararlanganligini aniqlash uslublari bilan tanishish.
II. Asbob uskunalar.
Texnik tarozilar, 1,5 mm (ostki) va 2,5 mm (ustki) komplekt g‘alvirlar yoki POZ-1 g‘alviri, taxlil taxtasi, lupa, skalpel yoki olmos tig‘, to‘r, 1% li KmpO4 eritmasi, sulfat kislota,vodorod peroksid eritmalari, zararlangan don, un va yorma.
III. Asosiy tushuncha.
Don va don mahsulotlarining zararkunandalar bilan zararlanganligini qabul qilish, saqlash va jo‘natish paytida aniqlanadi. Zararlanganlik don turkimidan ajratib olingan umumlashgan namuna natijalariga ko‘ra don, un, yorma va omixta yem sifatini aniqlash usullariga qo‘yilgan davlat standartiga muvofiq aniqlanadi.
Donning zararlanganligini baxolashda zararlashning ikki xil turi o‘rin tutadi. Bular ochiq zararlanganlik hamda yashirin zararlanganlikdir. Agar xashorat va kanalar donlar orasida bo‘shliqda yashab oziqlansa bunday zararlanganlikka ochiq zararlanganlik deyiladi. Agar zararkunanda u yoki bu rivojlanish davrida aloxida donning ichida yashasa, donning bunday zararlanganligiga yashirin zararlanganlik deyiladi (uzunburun qo‘ng‘izlar, donxur qo‘ng‘izlar, don teshuvchi qo‘ng‘izlar, don kuyasi).
Ombor va sholi uzun burunlari o‘z tuxumchalarini don ichiga qo‘yib, ularni don qismlari va so‘lak aralashmalardan iborat po‘kak bilan berkitib qo‘yyadi. Oddiy ko‘z bilan bu po‘kaklarni topish mushkul.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling