Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fakulteti «oziq -ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi
Download 0.98 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faol shamollatish imkoniyatini aniqlash
LABORATORIYA ISHI -11
Don masasini faol shamollatshni nazorat qilish Don massasini faol shamollatish –uyumdagi donga quzg’atmasdan atmosffera havosi bilan ishlov berishdir . Maskur usulning mohiyati shundaki , ventilyator bilan puvlangan havo donlar orasidagi bushliqdan utayotib uning fizik va fiziologik holatiga ijobiy ta’sir kursatadi, natijada dn massasining sifati yashilanib , saqlash paytida chidamliligi oshadi . Faol shamollatish vaqtidadon uyumi ko’rsatkichlari va atmosfera havosi orasiagi muvozanat halati yuzaga kelguncha , don va havo o’rtasidagi issiqlik va namlik almashinuvi davom etiradi . Sharoitga bog’liq holda don sovushi qurishi yoki namlanishi mumkun Issiqlik va namlik almashinuv jarayonining yo’nalishi hamda uning jadalligi ,asosan donning hossalari va holatiga shuningdek don uyuminingholati va havo xarakatining tezligiga bog’liq . Don massasini shamollatish rejimiga puflanayotgan havoning nisbiy namligi , harorati va 1t donga beriladigan sarfi hamda don uyumining balandligi va shamollatish davomiyligi ta’sir qiladi. Faol shamollatish imkoniyatini aniqlash Don massasining faol shamollatishni boshlashga qadar bu ishlovni o’tqazish imkoniyatini aniqlash zarur . Buning uchun don massasini muvoznatdagi namligini anqilash kerak. Agar donning namligi shamollatishga qadar muvozanatdagi namlikdan yuqori bo’lsa , don o’zining bir qism namligini havoga beradiva quruqlashadi , agar donning namligi faol shamollatishga ishlatiladigan havoning muvozanatdagi namlikdan kichikroq bo’lsa , don havodagi namlikni yutib namlanadi .Agar faol shamollatish paytida donning holati yomonlashmasa , bu amalni bajarish mumkun. Faol shamollatishni o’tqazish imkoniyati quyidagi asosiy ko’rsatkichlar: don massasi va tashqi havoning xarorati bo’yicha aniqlanadi. Agar yuqoridagi omillarni yig’indisi don massasinig sovushi va ko’rinishi yoki uning namligini tushirmasdan sovushini taminlasagina , aktiv shamollatishni o’tqazish maqsadga muvofiq bo’ladi . Faol shamollatishga qadar donning namligi standart usul bilan , xarorati esa termoshtanang yoki haroratni masofadan nazorat qiladigan qurilmalar vositasida aniqlanadi. Shamollatish aniqlashda don uyumining eng kichik harorati xisobga olinadi. Zarur ko’rsatgichlar tanlangandan so’ng , don massasining faol shamollatish imkoniyati aniqlanadi. ВНИИЗ planitkalari (14-rasmda) donning muvozanatdagi nmlikni aniqlashga mo’ljallangan .Planshetkalar maxsusu bo’limli shkaladan iborat:birinchi shkalada ВНИИЗ nomogrammasi va planshetkasi bo’yicha faol shamollatish imkoniyatini aniqlash 14-rasmda ВНИИЗ nomogrammasi bo’yicha havoning harorati 0*C dan yuqori bo’lgnda don massasini faol shamollatish imkoniyatini aniqlash 1-quruq termometrning harorati C , 2- ho’l termometrning harorati C ,3- havoning mutloq namligi g/m ; 4- donning harorati C , 5-donning muvozanatdagi namligi %. quruq termometrni harorati (*C ) o’rnatilgan , ikkinchi shkalaga xo’l termometrning ko’rsatgichi o’rnatiladi, uchinchi shkalada havoning mutloq namligi ko’rsatilgan (mm sim ust) , to’rtinchi shkalada donning harorati (*C) beshinchi shkalada donning muvozanatdagi namligi (%)o’rnatilgan . Aniqlash jarayonida nomogrammaga chizg’ich shunday qo’yilishi kerakki bunda u 1 va 2 shkalalarda mos ravishda quruq va xo’l termoetrlar ko’rsatgichlarini esib utib uchinchi shkala bilan kesishishi kerak . Uchinchi shkalada topilgan nuqta havoning mutloq namligini ko’rsatadi. So’ngra uchinchi shkalada topilgan nuqta to’rtinchi shkaladagi donning haroratiga to’g’ri keladigan nuqta biln tutashtirildi. Bu ko’rsatgichlarni tutashtiruvchi to’g’ri chiziq davom etirilsa, beshinchi shkalani kesib o’tadi. Bu ko’rt=satgich donning izlanayotgan muvozanatdagi namligini beradi. Topilgan muvozanatdagi namlik donning haqiqiy namligi bilan solishtiriladi va shamollatish imkoniyati aniqlanadi. Misol. Bug’doy donnining namligi 16 % haroratda +20*C , quruq termoometrning harorati +5,5 *C , ho’l termometrning ko’rsatgichi +4*C . Don massasining faol shamollatish imkoniyatini aniqlang. Masalani hal qilishda nomogrammadan foydalanamiz. 1-shkaladan 5,5 *C nuqtasini topib 2- shkaladagi +4 *C nuqtasi bilan tutatashtiramiz . 3- shkalada 5,25 ko’rsatgichda kesishadi.Bu havoning mutliq namligidir. So’ngra 3- shkaladagi 5,25 nuqtasi 4-shkaladagi don harorati 20*C bilan chizg’ich yordamida tutashtiriladi .Bu chiziqni 5-shkala bilan kesishguncha davom etirib 9,8 % ko’satkichni topamiz . Donning haqiqiy namligi 16% bo’lgani uchun ham faol shamollatish mumkun : shamollatish paytida don massasi qurib ,sovuydi. Namligi 15% dan yuqori bo’lgan javdar va arpa donlarining muvozanatdagi namligini aniqlashda, topilgan muvozanatdagi anmlikka 1% qo’shiladi shuningdek namligi 13 % dan kichik suli doni uchun esa topilgan muvozanatdagi namlikdan 1% ayriladi va shundan so’nggina faol shamollatish imkoniyati to’g’risidagi masala hal qilinadi. Faol shamollatishni o’tqazish har 6 soatdan so’ng (soat 1, 7, 13 va 19 da )amalga oshiriladi . Beqaror ob havo sharoitida faol shamollatish har 3 soatdan , ba’zan esa sharoitdan kelib chiqan xolda undan ham tezroq o’tqaziladi. Agar shamollatish paytida ob –havo o’zgarib don namlansa faol shamollatishni to’xtatish kerak. LABORATORIYA ISHI-12 Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling