Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fakulteti «oziq -ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi


Download 0.98 Mb.
bet21/30
Sana31.03.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1313359
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
LABORATORIYA ISHI 7
TOSHBAQASIMON KANA BILAN ZARARKANGAN BUG’DOY DONINI ANIQLASH

Toshbaqasimon kanalar bug’doy donining pishsish davrida unga xartumchasini tiqib zararlaydilar va ichidagi mahsulotni so’rab oladilar. Bunda kana xartumchasidan so’lak bilan birga donga oqsillarni buzib parchalaydigan (dezagregasiyalantiradigan) fermentlar ham o’tadi. Bu fermetlar ta’siri ostida kleykovinaning sifati keskin yomonlashadi; u kuchsizlanib qoladi. Toshbaqasimon kana bilan zararlangan donini qayta ishlab olingan undan qorilgan xamir past sifatki bo’ladi. U shakil bermaydi, oquvchan bo’ladi. Bunaqa xamirdan pishirilgan non juda yomon g’ovaklikka va yirtiq qobiqqa ega bo’ladi.


Normal sifatli unga toshbaqasimon kana bilan zararlangan don unidan kam miqdorda, hatto 0,5% miqdorda qo’shilganda ham kleykovinaning sifati sezilarli darajada o’zgaradi; uning elastikligi kamayadi. Agar 4…..5 % shunaqa undan qo’shilsa, bunday unning kleyovinasi juda kuchsiz holatga kelib, hatto umi yuvib ham bo’lmaydi.
Donning toshbaqasimon kana bilan zararlanganligini tahlil qilish uchun massasi 50 g li o’lchanmadan aralashmalar miqdori aniqlanib bo’lingandan so’ng ikkita massasi 10 g li o’lchanma ajratib olinadi va bu o’lchanmalardagi donlar hamma tomonidan yaxshilab kuzatiladi.
Donning toshbaqasimon kana bilan zararlanishi quydagi uchta belgi bo’yicha aniqlanadi;

  1. donning yuzasida aylanacha yoki noto’g’ri shakildagi och sariq rangli dog’ bilan o’rab olingan qora nuqta (kananing zararlantirilgan joyi) paydo bo’ladi.

  2. donning yuzasida xuddi a) punktda ko’rasilgandek och sariq rangli dog’ bo’lib, donning usti ozgina ezilgan, atrofi esa biroz burishgan bo’aldi, ammo kananing xartumchasini tiqib olgan ko’rinmaydi, zaharlangan iz yo’q;

в) don murtagining atrofida och sariq dog’ paydo bo’ladi (bu dog’ qora nuqtasiz, ezilgan joysiz va ajinsiz ham bo’lishi mumkin).
Barcha holatlarda donning dog’ ostidagi qismi po’kak va unli holatda bo’ladi.
Agar sariq dog’ murtak atrofida joylashmagan bo’lsa va zararlanishning boshqa belgilari namayon bo’lmasa, bunday donni toshbaqasimon kanadan zararlangan don deb bo’lmaydi. Zararlangan donlar grammning yuzdan bir ulushli aniqligida o’lchanadi.
Har qaysi o’lchanma uchun toshbaqasimon kana bilan zararlangan donlarning miqdora (%) quydagi formula bo’yicha topiladi;

Formula

Bu yerda; m2-zararlangan donlarning massasi, g.
Donning sifat to’g’risidagi xujjatiga ikki parallel o’lchanma natijalari bo’yicha olingan o’rta arifmetik qiymati yoziladi;
Formula

Ikki parallel, shuningdek nazorat aniqlashlar orasidagi farq o’lchanmadagi toshbaqasimon kana bilan zararlangan miqdori 5 % gacha, 0,5 % dan agar zararlangan donning miqdori 5 % dan ko’p bo’sa, farq 1 % dan ortiq bo’masligi kerak.


MIZ-1 mikroskopi yordamida bug’doy donning toshbaqasimon kana bilan zararlanganligini aniqlash.


Yuqorida bayon qilingan usul yordamida dondagi toshbaqasimon kana bilan zararlanish darajasini usulning sub’ektivlik tomonlari yuqori aniqlikda ifodalab bo’lmaydi.
Zararlangan donlarni kuzatish uchun infiraqizil nurli MIZ-1 mikroskopi
Ishlatiladi. U infiraqizil nurlarning 0,75 dan 1,2 mkm to’lqin oralig’ida bug’doy donning toshbaqasimon kana bilan zararlanganligini, shuningdek sog’lom donlarning shaffofligini kuzatish yo’li bilan aniqlashga imkon beradi. Elektron-optik o’zgartirgich yordamida infiraqizil tasvir spektrning ko’rinish oblastidagi tasvirga o’zgartiriladi.
Turli belgilari bo’yicha doblarni sanash uchun mikro-EVM-KMIZ hisoblash moslamasi xizmat qiladi. Infraqizil nurlari ostida kuzatish paytida mikroskop ob’ektni 4 marta kattalashtirishga imkon beradi. Mikroskop chastotasi 50 Gs, kuchlanishi 220+ - 22 B lik o’zgaruvchan elektr toki bilan ishlaydi. Bunda iste’mol qilinadigan quvvat 130 B x A dan oshmaydi.
Mikroskopning gabarit o’lchamlari 600 x1400x500 mm, hisoblash qurilmasining o’lchami esa 378x310x122 mm ga tengdir. Mikroskopning massasi 30 kg hisoblash qurilmasining massasi esa 15 kg tashkil qiladi.
Mikroskopning ishlash prinsipi mag’iz (endosperm)-ning holatiga bog’liq holda nurning unga yutilishiga asoslanadi. Donning zararkunandalar bilan zararlangan qismi qolgan joylariga nisbatan qoraroq rangda ko’rinadi. SHaffof donlar esa qisman shaffof va unsimon donlarga nisbatan tiniqroq bo’lib ko’rinadilar.
MIZ-1 mikroskopi bilan zarazlanganlik aniqlanganda nazorat aniqligiga donning tipi, uning o’chamlari, yetishtirish xududi, namligi, qobiq rangi, binobarin, rangsizlangan donlarning mavjudligi ham hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Donning toshbaqasimon kana bilan zararlanganligini va shaffofligini aniqlash bir vaqtda bitta namuna yordamida amalga oshiriladi. Bitta tahlilni o’tkazish uchun o’rtacha 3,5 daqiqa, yuqori shaffof bug’doyni tahlil qilishda esa 2 daqiqa vaqt sarf qilinadi.
Toshbaqasimon kanalar bilan zararlanganlikni IK – nurlanish yordamida aniqlashda mutloq xatolik 0,03….0,16 % dan, standart bo’yicha esa 0,5….1,0 % dan oshmasligi kerak.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling