Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fakulteti «oziq -ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi


Don va uni qayta ishlash mahsulotlarini zararkunandalar bilan zararlanganligini aniqlash


Download 0.98 Mb.
bet18/30
Sana31.03.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1313359
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Don va uni qayta ishlash mahsulotlarini zararkunandalar bilan zararlanganligini aniqlash.

Don va uni qayta ishlash mahsulotlarining zararkunandalar bilan zararlanganligini qabul qilish, saqlash va maxsulotni jo’natish paytida aniqlanadi. Zararlanganlik don turkumidan ajratib olingan umumlashgan namuna natijalariga ko’ra don, yorma va omuxta yem sifatini aniqlash usullariga quyilgan davlat standartlariga muvofiq aniqlanadi.


Ombor yoki maydonda saqlanayotgan donning zararlanganligi maydoni taxminan 200 m² bulgan shartli bulimdan ajratib olingan umumlashgan namuna buyicha aniqlanadi. Har bo’limda oltita joy ( ombor uzunligi buyicha har qaysi qarama-qarshi tomonlarning uch joyi ) dan nuqtali namunalar olinadi. Namunalar ombor devoridan 1m ichkaridan hamda balandligi 1,5m yuqori bulgan don massasining uch qavatidan olinadi: yuqori qavat uyum vuzasidan 100-150mm chuqurlikda bulgan joy, urta qavat va quyi qavat ( polning yuzasi ). Agarda uyumning balandligi 1,5m dan kichik bo’lsa, namuna yuqori va quyi qavatdan olinadi. Har qaysi qavat va bulim uch nuqtaviy namunalar alohida umumlashgan namunalarga birlashtirilib , ulardan taxlil uchun 2 kg miqdorda o’rta namunalar olinadi. Don turkumining zararlanganligi zararkunanda miqdori kuproq bulgan namuna bo’yicha o’rnatiladi.
Donni qayta ishlashda olingan mahsulotlarning zararlanganligini aniqlash uchun urta namunadan 1kg un, yorma, kepak yoki 0,5-1kg omuxta yem o’lchab olinadi.
Donning zararlanganligini baholashda zararlanihsning ikki hil turi urin tutadi. Bular ochoq zararlanganlik hamda yashirin zararlangankikdir. Agar hashorat va kanalat donlar orasidagi busliqda yashab oziqlansa, bunday zararlanganlikki ochiq zarazlanganlik diyiladi. Agar zararkunada u yoki bu rivojlanish davrida alohida donning ichida yashasa, donning bundan zararlangaliga yashirin zararlanganlik deb aytiladi ( uzunburun qunğizlar, donxo’r, qo’ng’izlar, don teshuvchi qo’ng’izlar, don kuyasi ).
Ochiq zararlanganlik umumlashgan va don namunasi teshik diametri 1,5 (ostki) va 2,5 mm ( ustki ) g’alvirlar yig’imidan iborat moslama yordamida elab va qoldiq hamda elanma mahsulotlardagi zararkunandalar sonini sanash yo’li bilan topiladi.
Namuna g’alvirda qul kuchi yordamida bir daqiqada 120 marta aylantirib yoki mexanizasiyalashtirilgan POZ -1 g’alvirda 1 daqiqa davomida elanadi. Yilning sovuq vaqtida ya’ni doning harorati 5* C dan kichik bo’lsa ,qoldiq va elanma mahsulotlar zararkunandalarni sovuqda jumbushgan holatdan chiqarish uchun 10 – 20 daqiqa davomida 25 – 30 *C gacha qizdiriladi .
Donning zararlanganligini ikkala g’alvirning qoldiq va elanmalarni alohida taxlil qilish yo’li bilan aniqlanadi. Diametri 2,5 mm bo’lgan g’alvir qoldig’ini tahlil kartasiga yupqa qavat bilan yoyib undagi yirik hashoratlar soni sanaladi. Bu hashoratlar marvitaniya qung’izi, katta un va qora- kulrang mitalari , mutambir qo’ng’iz va boshqalar bo’lisgi mumkun .
Taxlil taxtasining qora shishasi ustiga shishasi ustiga teshik diametri 1,5 mm bo’lgan g’alvir elanmasi yupqa qavat hosil qilib yoyiladi va lupa yordamida ko’rilib, ancha mayda zararkunandalar ajratib olinadi.bu zararkunandarga uzun burun qo’ng’izlar, don teshuvchi qo’ng’iz, to’g’nag’ich muylov va kichik un mittalari , unxo’r qong’izlar va kanalar misol bo’ladi.
Qoldiq va elanmalarni taxlil qilishda tirik zararkunandalar ajratib olinadi va ularning 1kg dondagi soni hamda turi aniqlanadi . O’lgan va don massasiga tasodifan tushib qolgan dala zararkunandalari begona aralashmalar tarkibiga kiritiladi va zararlanfanlikni baholashda ular etiborga olinmaydilar . Donning uzun burun qong’izlar va kanalar bilan zararlanishi bo’yicha ochiq zararlanganli darajasi o’rnatilgan. (4-jadval )
Boshqa zararkunandalar uchun zararlanganlik darajasi o’rnatilmagan Zararlanganlik 1 kg dondagi zararkunandalaring soni bikan belgilanadi va ularning turlari ko’rsatiladi. Donning zararkunandalar bilan yashirin zararlanganligi bir necha usullar yordamida aniqlanadi. Bular quyda keltirilgan.

4-jadval


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling