Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat texnologiyasi fakulteti «oziq -ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi
Download 0.98 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yashirin zararganlikni donni kesib aniqlash usuli
- Dondagi «tikincha» larni bo‘yash usuli.
IV. Ishni bajarish tartibi.
Ochiq zararlanganlik umumlashgan don namunasi teshik diametri 1,5 mm (ostki) va 2,5 mm (ustki) g‘alvirlar yig‘imdan iborat moslama yordamida elab va qoldiq hamda elanma mahsulotlardagi zararkunandalar sonini sanash yo‘li bilan topiladi. Namuna 1 kg don g‘alvirida qo‘l kuchi yordamida ikki daqiqa 20 marta aylantirib yoki mexanizatsiyalashtirilgan POZ-1 g‘alvirda 1 daqiqa davomida elanadi. Yilning sovuq vaqtida, doning xarorati 5 gradusdan kichik bo‘lsa, qoldiq va elanma mahsulotlari zararkunandalarni sovuqdan janbushgan xolatidan chiqarish uchun 10-20 daqiqa davomida 25-30 gradusga elaniladi va elanmalarni aloxida taxlil qilish yo‘li bilan yoyib, undagi yirik xashorat soni sanaladi. Bu xashoratlar mavritaniya qung‘izi, katta un qora kulrang mitalari, mug‘ombir qo‘ng‘iz va boshqalar bo‘lishi mumkin. Taxlil taxtasining qora shishasi ustiga teshik diametri 1,5 mm bo‘lgan g‘alvir elanmasi yupak qavat xosil qilib yoyiladi va lupa 4-4,5 kattalik yordamida ko‘rilib, ancha mayda zararkunandalar ajratib olinadi. Bu zararkunandalarga kichik un mitalari, va kanalar misol bo‘ladi. Donni uzunburun qo‘ng‘iz va boshqa mayda xashoratlar bilan ta’sirlanish darajasini belgilash uchun 2,5 mm diametrli, teshikli elakdan o‘tkazilgan oq oynaga yupqa qatlam qilib sochilib, zararkunandalar turini aniqlaniladi va 1 kg dondagi tirik nusxalar miqdori hisoblanadi. O‘lik zararkunandalar hisobga olinmaydi. qoldiq va elanmalarni taxlil qilishda o‘lik zararkunandalar begona aralashma tarkibiga kiritiladi va zararlanganligini baholashda ular e’tiborga olinmaydilar. Donning uzunburun qo‘ng‘izlar va kanalar bilan zararlanishi bo‘yicha ochiq zararlanganlik darajasi o‘rnatilmagan. Zararlanganlik 1 kg dondagi zararkunandalar soni bilan belgilanadi va ularning turlari ko‘rsatiladi. Donning zararkunandalar bilan yashirin zararlanganligi bir necha usullar yordamida aniqlanadi. Bular quyida keltirilgan. Donning uzunburun qo‘ng‘izlar va kanalar bilan zararlanganlik darajasini quyidagi jadval orqali aniqlanadi.
Yashirin zararganlikni donni kesib aniqlash usuli Bu usul GOST 13586,4-83 standarti bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘rta namunadan 50 g massasi o‘lchamda ajratilib va undan 50 dona butun don ajratib olinadi. Skalpel yoki olmos tig‘ yordamida don ariqchasi bo‘ylab kesiladi va turli rivojlanish davri (qurt, g‘umbak, voyaga yetgan xashorat xolati) dagi tirik xashoratlar lupa orqali quriladi. Zararlangan donning miqdori taxlil uchun belgilanadi. Bu usul mexnattalab, kam unumli, doimo kerakli natijani beravermaydi. Dondagi «tikincha» larni bo‘yash usuli. Bu usul doning uzunburun qo‘ng‘izlar bilan zararlanganligini yashirin shaklini aniqlashda ishlatiladi. Ma’lumki, urg‘ochi qo‘ng‘iz donning yuzasini teshib, chuqurcha xosil qiladi, bu chuqurchaga urug‘ qo‘yadi va teshikni «tikincha» bilan yopadi. Bu usul tikinlarni sun’iy yo‘l bilan kattalashtirib, ularni yanada yaxshiroq payqash uchun quyuqroq rangga bo‘yalishiga asoslangan. O‘rta na’munadan 50 g og‘irlikdagi o‘lchanma ajratib olinadi. O‘lchanmadan 250 ta butun don ajratib olinib donni to‘rga solib harorati 30 gradus bo‘lgan idishdagi suvga tushiriladi va 1 daqiqa maboynida saqlanadi. Suvda don shishada va «tikincha» larning o‘lchami kattalashadi. So‘ngra donli tur suvdan olinib, 1% li toza tayyorlangan kaliy permanganat KMpO4 eritmasiga 20-30 soniya tushiriladi. Bu paytda donning «tikincha» lari va kobig‘ining zararlangan joylari qoramtir tusdagi rangga bo‘yaladi. qobig‘ yuzasidagi ortiqcha rang donli turni 20-30 soniya maboynida sovuq yoki sulfat kislotani vodorod perioksid eritmasiga tushirib yo‘qotiladi. Donning yuvilishi uning yuzasidagi diametri 0,5 mm bo‘lgan qora «tikinchi» larni saqlagan xolda tabiiy rangiga qaytarilishini ta’minlaydi. «Tikinchilar» bilan birga yoritgan mexanik zararlangan yoki doning uzunburun qo‘ng‘izlar bilan yeyilgan qismi ham bo‘yaladi. Bunaqa dog‘lar egri chiziqlar bilan chegaralanib, atrofi jadal bo‘yalgan, o‘rta qismi ochiqroq rangli bo‘ladi. Suvdan olingan don filtr qog‘ozining ustiga yoyib qo‘yiladi, don qurilmasidan «tikinchi» lar esa rangsizlanmasdan tezgina ko‘zdan kechiriladi. «Tikincha» li zararlangan donlar namunadan ajratib olinadi va kesiladi, so‘ngra esa tirik zararkunandalar (qurt, g‘umbak yoki uzunburun qo‘ng‘izlar) ning soni sanaladi. Yashirin zararlanganlik zararlangan donlar miqdorining taxlil uchun olingan umumiy donlar soniga bo‘lgan nisbatining foizlarida ifodalangan qiymati bilan baholanadi. Bu usul kamchiligiga unning murakkabligi, ko‘p vaqtni olish, kam unumliligi kiradi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling