Haroratni o’lchash qurilmalarini ishlash usullarini o’rganish
Ishning maqsadi: Harorat tog’risida olgan nazariy bilimlarni yanada mustahkamlash, harorat o’lchash asboblarini tuzulishini, ishlash jarayonini o’rganish va tajriba o’lchovlar o’tkazish orqali bilimni oshirish.
Tayanch iboralar: Harorat, shkala, ideal gaz, molekula, radiatsiya, termometr, simob, pirometr, termopara, termojuft.
Kerakli jihozlar: Tajribao’lchovlarini amalga oshirish uchun haroratni o’lchash termometrlari.
Ishning davomiyligi – 4 soat.
MA’LUMOTLAR
Ishchi jismning harorati uning qiziganlik darajasini ifodalaydi. Haroratning qiymat soni harorat shkalalari ko'rsatib beradi.
Hozir turli harorat shkalalari – Selsiy, Farangeyt, Reomyur va Renkin shkalalaridan foydalaniladi. Bu shkalalar orasidagi nisbat 1.1- jadvalda keltirilgan.
Termodinamikaviy tadqiqotlarda 1848 yilda buyuk ingliz olimi Kelvin taklif etgan shkaladan foydalaniladi. Kelvin shkalasining noli sifatida ideal gaz molekulalarining tartibsiz harakati to‘xtaydigan harorat qabul qilingan: bu harorat absolyut nolp deyiladi. Absolyut nol Selpsiy shkalasi bo‘yicha – 273,15°C temperaturaga muvofiq keladi. Kelvin shkalasi bo‘yicha hisoblanadigan temperatura doimo musbat bo‘ladi. U absolyut temperatura yoki Kelvin bo‘yicha harorat deyiladi va K bilan belgilanadi.
Absolyut shkala bo‘yicha olingan harorat bilan Selsiy shkalasi (t°C) bo‘yicha olingan harorat orasidagi bog‘lanish quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
T K =273,15+t°C.
Turli harorat shkalalari orasidagi nisbat 1.1 jadval.
Shkalalarning nomi
|
Selsiy shkalasi, t,°C
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |