Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologiya fakulteti


Download 1.98 Mb.
bet11/22
Sana01.03.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1241861
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Energotex lab orginal

Renkin shkalasi,
T,°Ra

Farangeyt
shkalasi,
t,°j

Reomyur
shkalasi,
t,°R

Selsiy shkalasi,
°C

-





1,25t0R

Renkin shkalasi, °Ra

1,8(t°S+ +273,15)

-

t°j+459,67

1,8(1,25t°R+ +273,15)

Farangeyt shkalasi °F

1,8t°S+32

t°Ra–459,67

-



Reomyur shkalasi, °R

0,8t°S





-

Harorat o'lchaydigan asboblar ishlashiga asoslanib quyidagi guruhlarga bo'linadi:


a) kengayish termometrlari; b) manometrik termometrlar;
v) qarshilik termometrlari; g) termoelektrik pirometrlar;
d) optik pirometrlar.
1.1.Kengayish termometrlar. Suyuqlik termometrlarning ishlashi termometrdagi suyuqlikning issiqdan kengayishiga asoslangan. Bu termometrlarda haroratni o'lchash Selsiy shkalasi bo'yicha olib boriladi. Shishali suyuqlik termometrlarni to'ldirish uchun simob, toluol, etil spirti va boshqalar ishlatiladi. Konstruktiv jihatidan termometrlar ikkiga bo'linadi: naychali va taxtachaga shkala o'rnatilgan termometrlar (1.1-rasm). Bu termometrlar -32 0C dan 600 0C gacha haroratni o'lchash uchun ishlatiladi.



1.1-rasm. Kengayish termometri.


1.2. Manometrik termometrlar. Manometrik termometrlarning ishlashi shu asbob ichiga solingan suyuqlikning bosimini o'zgartirishiga asoslangan (1.6-rasm).
Ichida ishchi jismni to'ldirilishiga asoslanib manometrik termometrlar gazli va suyuqlikli bo'lishi mumkin. Manometrik termometr manometr 2, kapillyar 3 va termoballondan 1 iborat.
Termobalon harorati o'lchanmoqchi bo'lgan muhitga qo'yilishi natijasida uning ichidagi gazning bosimi va hajmi o'zgarib boradi. Bu esa uning naychasiga ta'sir etib strelkani xarakatga keltiradi.

1.6-rasm.


1.3. Qarshilik termometrlari. Qarshilik termometrlarini ishlashi esa harorat o'zgarishida qarshilikni o'zgarishiga asoslangan. Amalda misli va platinali qarshilik termometrlari keng ko'lamda ishlatiladi (1.7-rasm).
Misdan ishlangan qarshilik termometrlari uchun haroratga bog'liqlik quyidagicha ifodalandi:
Rt = R0 ( 1+0,00428 t ) ,
bu yerda : Rt - t 0C haroratidagi qarshilik, Om ;
R0 - 0 0C dagi qarshilik, Om ;
0,00428 - Harorat koeffitsienti, grad-1.
Platinadan ishlangan qarshilik termometrlari uchun haroratga bog'liqlik quyidagi ifodalanadi:
Rt = R0 ( 1 + A t + V t2 ) ,
bu yerda: A va V - o'zgarmas kattaliklar ( A = 3,94∙ 10-3 ; V = - 5,8 ∙ 10-7 ).

1.7-rasm.


1.4. Termopara (termojuft). Termopara 2 xil metall kotishmasidan ishlangan A va V elektrodlarning kavsharlangan zanjiridan iborat, Haroratni o'lchash uchun uning bir uchi (issiq uchi) o'lchanishi kerak bo'lgan jismga ulanadi, ikkinchi (sovuk) uchi esa muz solingan Dyuar idishiga solinadi (ya'ni 0 0 C da bo'ladi). Issik va sovuq uchlarining orasida EYUK (elektr yurituvchi kuchi) hosil bo'ladi. (1.8-rasm).


1.8-rasm.

Termoparada elektr yurituvchi kuchni potensiometr yoki millivoltmetr bilan o'lchanadi va EYUK qiymatini jadval yoki grafik yordamida 0C ga aylantiriladi. Agar termoparaning sovuk uchi 0 0C ga ega bo'lmay, xona haroratiga ega bo'lsa EYUK ni 0C ga aylantirishda xonani haroratini qo'shish kerak. Termoparalar xrom (nikel bilan xrom qotishmasi)-kopel (nikel bilan mis qotishmasi) xrom-alyumel (nikel bilan alyuminiy qotishmasi) va boshqalar bo'lishi mumkin. Termopara


3500 0C gacha bo'lgan haroratni o'lchaydi.
Nurlanish pirometrlarining ishlash printsipi qizitilgan jismning Issiqlik ta‘sirida nurlanishidan foydalanishga asoslangan. Haroratni boshqa usulari bilan o’lchashga asoslangan asboblarga nisbatan nurlanish pirometrlari quyidagi afzalliklarga ega:
a) haroratni o’lchash nokontakt usulga asoslangan, shuning uchun asbobning o’zgartirgich unsurini o’lchanayotgan muhitga kiritishning hojati yo’q, demak. Buning natijasida hosil bo’ladigan harorat maydonidagi tebranish ham bo’lmaydi;
b) harorat o’lchashning yuqori chegarasi nazariy jihatdan cheksiz;
v) alanga va katta tezlikdagi gaz sig’imining baland haroratini o’lchash imkoniyati bor.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling