Qashqadaryo viloyati G’uzor tuman xtbga qarashli


Download 47.6 Kb.
bet2/5
Sana26.01.2023
Hajmi47.6 Kb.
#1128567
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-sinf Tabiiy Fan (Science) Uy hayvonlari mavzusida dars ishlanma

Darsning metodlari: “Aqliy hujum” metodi, “Nomini top” o’yini, “SAN” texnologiyasi, “Olmos” strategiyasi.

  • Dars shakli: Suhbat-ma’ruza.

  • Dars usuli: tayyor materiallar va ko’rgazmalar usulida. VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: mol, ot, qo’y va boshqa uy hayvonlarining rasmlari, go’sht va sut mahsulotlarining rasmlari, oq list, marker va hok.

    IX. Darsning borishi:

    1. Tashkiliy bosqich: salomlashish, davomatni aniqlash, fasllar, yangiliklar haqida suhbatlashish.

    2. O’tilgan mavzuni takrorlash: O’tilgan mavzu: Qushlar. Parrandalar. Takrorolash yuzasidan savollar:

    • Qushlarning insonlar hayotida qanday ahamiyati bor?

    • Hasharotxo’r qushlar qaysilar?

    • Uy parrandalari haqida ma’lumot bering. X. Yangi mavzu bayoni:

    1. Aqliy hujum: Qanday uy hayvonlarini bilasiz va ulardan qaysilarini boqasiz? 2. ”Nomini top” o’yini.
    Ushbu o’yin bevosita mavzuni boshlashdan oldin o’tkaziladi. O’yin natijasida sinfdagi bolalar mavzuga jalb etiladilar va ularda mantiqiy fikrlash, idrok qilish ko’nikmalari shakllantiriladi. O’yin davomida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

    • o’qituvchi doskaga ixtiyoriy bir o’quvchini chiqaradi;

    • oq listga biror bir uy hayvonining nomini yozadi. ( mol, ot, mushuk, qo’y va hokazo);


    7 Bahromov A.D. Tabiatshunoslik 3: Umumiy o’rta talim maktablarining 3-sinfi uchun darslik/ –T.:
    Cho’lpon nomidagi ijodiy matbaa ijodiy uyi, 2008. 83-86-betlar.
    o’quvchi doskada boshqa o’quvchilarga teskari holatda qarab turadi;

    • o’qituvchi hayvon nomi yozilgan oq listni uning orqasiga yopishtiradi;

    • o’tirganlar hayvon nomini ko’rib olganlaridan so’ng o’quvchi bolalarga qaraydi va berkitilgan hayvonni topishi kerak bo’ladi;

    • buning uchun u o’z o’rtoqlariga savol beradi, qolgan bolalar esa uning savollariga ” ha” yoki ” yo’q ” deb javob berishlari kerak bo’ladi. Masalan:

    • u jonlimi? (ha);

    • uni yesa bo’ladimi? (yo’q);

    • u hayvonmi? (ha);

    • u uyda boqiladimi? (ha);

    • undan sut olinadimi? (ha) tarzida. O’qituvchi ushbu o’yinni 2 yoki 3 o’quvchi ishtirokida o’tkazishi mumkin.


    Download 47.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling