Qashqadaryo viloyati G’uzor tuman xtbga qarashli


Uy hayvonlari nima uchun boqiladi?


Download 47.6 Kb.
bet3/5
Sana26.01.2023
Hajmi47.6 Kb.
#1128567
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-sinf Tabiiy Fan (Science) Uy hayvonlari mavzusida dars ishlanma

XI. Darslik bilan ishlash.

Uy hayvonlari nima uchun boqiladi?


O’lkamizning tabiati nihoyatda go’zaldir. Hayvonlar inson qadami yetgan hamma joyda uchraydi. Odamlar ulardan sigir, qo’y, ot, tuya, echki, it, mushuk va quyonni uyda boqadilar. Shuning uchun ularni uy hayvonlari deb yuritiladi. Uy hayvonlari odamlarga foyda keltiradi. Bizning respublikamizda uy hayvonlari oziq mahsulotlari va sanoat xomashyosi (teri, jun) yetishtirish uchun boqiladi. Buning uchun jamoa va fermer xo’jaliklari tashkil etilgan. Qoramollar
Qoramollarning turli zotlari bor. Ko’p sut beradigan zotdor qoramollar ko’paytirib boriladi. O’lkamizda qoramollar bahor, yoz va kuzda, asosan, yaylovda boqiladi. Qishda esa g’amlab qo’yilgan hashaklar bilan oziqlanadi. Qoramollarga silos, kunjara, shulxa kabi ozuqalar beriladi. Sigirlar har yili bittadan bolalaydi. Ayrim hollarda ikkita ham tug’ishi mumkin. Buzoqlar 2-3 yilda voyaga yetadi. Bitta sigirdan bir kunda o’rtacha 8-10 litr sut sog’ib olinadi. Ular 15-20 yil yashaydi.

Qo’ylar


Qo’ylar, asosan, go’shti va juni uchun boqiladi. Ona qo’y 10-15 yil yashaydi. Har yili bitta yoki ikkitadan qo’zilaydi. Qo’zichoqlar bir yilda voyaga yetadi. Qo’chqor esa 1-2 yil bo’rdoqiga boqilib, go’shtga topshiriladi. Qo’ylar junidan ip yigiriladi va issiq kiyim-kechaklar to’qiladi. Qo’ylarning qorako’l, hisor kabi zotlari ko’proq boqilib ko’paytiriladi. Qorako’l qo’yning terisidan telpak, paltoning yengi va yoqalari tikiladi. Hisor qo’ylari eng yirik zotli qo’ylar hisoblanadi. Bunday qo’ylar go’sht va yog’i uchun boqiladi. Qo’ylar tog’ va cho’l yaylovlarida katta poda qilib boqiladi.

Otlar


Dunyoda otlarning 205 tadan ortiq zotlari mavjud. Ulardan O’zbekistonda 8 xil zoti bor. Qorabayir, Arabi oti, Vladimir otlari ko’p uchraydi. Qadimdan ot transport vazifasini bajargan. Unga minib, uzoq joylarga borganlar, jang qilganlar. Hozirgi kunda ham qishloq joylarda otlardan foydalaniladi. Ayniqsa, mol va qo’ylarni boqishda cho’ponlar otda yurishadi. Ot go’shti iste’mol qilinadi, sutidan qimiz tayyorlanadi. Biya har yili bitta, ayrim hollarda ikkita bolalaydi. Yangi tug’ilgan toychoq qulun, ikki yoshlisi toy, uch yoshdagisi qo’non va to’rt yoshlisi do’non deyiladi. Mustahkamlash uchun metodlar.
1. “SAN” texnologiyasi. ( uchlik- samarali, axloqiy, nazokatli).

Download 47.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling