Qashqadaryo viloyati G’uzor tuman xtbga qarashli


-rasm. Biz havodan nafas olamiz


Download 227.18 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi227.18 Kb.
#1571243
1   2   3   4
Bog'liq
3-sinf Tabiiy Fan (Science) Tabiatda havo dars ishlanmasi.docx

18-rasm. Biz havodan nafas olamiz
o‘simliklar qancha ko‘p bo`lsa, havoda kislorod shuncha ko‘p bo‘ladi.
O‘rmon, yaylov va tog‘ yonbag‘irlarida o‘simliklar qalin o‘sadi. Bu joylardagi havoda kislorod ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun o‘rmon, yaylovva tog‘ yon bag’irlarida sayr qilganlar havodagi kisloroddan to‘yib nafas oladi.
Havoning harakati
Tajribalar. Qog‘oz parchalarini stol ustiga sochib qo‘yaylik. Daftar bilan yelpisak, ular uchib ketadi (19- rasm). Shar og‘zini qog‘oz parchalariga yo‘naltiraylik. Undan chiqayotgan havo qog‘oz parchalarini uchirib yuboradi (20- rasm).
Birinchi tajribada biz daftar bilan havoni bir tomondan ikkinchi tomonga harakatlantirib, shamolni hosil qildik.
Ikkinchi tajribada esa shardan chiqqan havo harakatlanib, sha­molni hosil qildi.Demak, shamol — havoning harakati.Shamol esayotganini daraxt barglarining tebranishidan ham sezish mumkin. Shamol kuchli bo‘lsa, daraxt shoxlar egiladi (21- rasm).
Qadimda odamlar yelkanli kemalar yasaganlar. Bur day kemalar suvda shamol yordamida suzgan.
IV . Darsni mustahkamlash.

Tayanch so‘zlar: havo, kislorod, azot, karbonat angidrid, shamol, yelkanli kema.

Savollar
1.Atrofimizda havo borligini qanday sezish mumkin?
2.17- rasmda aks etgan tajribani tushuntirib bera olasizmi?
3.Havo tarkibida nimalar bor?
4.Havo qanday ahamiyatga ega?
5.Yelpig‘ich va shar yordamida shamolni qanday hosil qilish mumkin?
V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. Topshiriq
Ichimlik suvidan bo‘shagan plastmassa idishni o‘rtasidan uzunasiga bo‘ling. Undan plastmassa naycha, qog‘oz, yelim yordamida yelkanli qayiqcha yasang. Qayiqchani suv soling idishga qo‘ying va yelpig‘ich bilan yelping. Qayiqcha nima sababdan suza boshlaydi? Savollarga jav ob berishga tayyorlanib kelish.


O`IBDO`:_______________________________
Download 227.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling