Qat-qat somsa tayyorlash


Download 1.11 Mb.
bet5/7
Sana20.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1713016
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ajoyib retseplar

Go’shtli pirog ”balish”
Masalliqlar:
Hamiriga 
3-4 piyola un,200gr margarin ,2dona tuxum, 1,5 st qatiq+ 1shoy qoshiq soda,Tuz
Nachinkasiga :600 gr yog’li mol yoki qo’y go’shti,3dona kartoshka,3dona piyoz ,Tuz va ziravorlar ,Ustiga kunjut
Tayorlanishi
Balish uchun unni margarin bilan uqalab olib, tuz, tuxum (sarig’ini bittasini ustiga surish uchun olib qo’yamiz) sodali qatiqni solib yumshoq hamir qorib olamiz. Ikkita bo’lakka bo’lib, muzlatgichga 20 minitga qo’yamiz. Go’sht, kartoshka, piyozni mayda to’rtburchak shaklda to’grab, tuz zirasini rostlab olamiz. Hamirni list kattaligida yoyib ishiga nachinkamizni solib, ustidan ikkinshi yoyilgan hamir bilan yopamiz, chetlarini bukib, vilka yordamida har-har joyidan teshik qilamiz. Tuxum sarig’ini surib, kunjut sepib chiqamiz. Gaz pechida usti qizarguncha urta olovda pishiramiz. Go’shtli balish og’zingizda erib ketadi.
Murabboli pirog Kerakli masalliqlar: 200gr margarin yoki sariyog' 1st.shakar yani 200gr, 2ta tuhum, 1ch.q. razrehlitel, pichoq uchida vanillin, 2 (500ml.)-3 (700ml)st un (un odatda tuhumni kattaligiga nisbatan hammada har-xil yumshoqlikda bo'ladi) 150-200gr. murabbo (varenye)
Tayyorlanishi: Tovada margarin yoki sariyog'ni eritib,sovushga qo'yasiz. Keyin idishga,shakar,tuhum,vanilin,sovugan yog'ni solib mikserda yaxshilab aralashtirasiz.Keyin,elangan unga razrehlitelni qo'shib oz-ozdan solib o'rtacha qattiqlikda hamir qorasiz.Keyin uni 1-katta,2-kichkinaroq qilib bo'lasiz va kichkina bo'lagini muzlatgichga 1soatga(yoki qattiq bo'lguncha) qo'yasiz. Qolgan hamir esa,hona t*da qoladi. Muzlatgichdagi hamir qotgach,listga tashqarida qolgan hamirni qo'lda yoyamiz (chunki hamir uvalanadigan bo'lgani uchun,juvada yoyishda biroz qiyin bo'ladi) va ustiga o'zimiz istagan,uyda bor murabbodan yoyib solamiz. Keyin muzlatgichdagi hamirni olib,uni ustiga qirg'ichdan chiqaramiz. Keyin tayyor massani oldindan qizib turgan,180*li duhovkada,usti qizarguncha pishirib olamiz. Pirogimiz tayyor.Sovugach kesib dasturhonga tortasiz.
Blinchik tayyorlash retsepti MASALLIQLAR: 0,5 lt sut 1ta tuxum 1chimdim tuz va 1 chimdim soda 0,5 choy qoshiq shakar 4 osh qoshiq o’simlik yog’i Un TAYYORLASH: Idishga tuxumni solib — tuz,soda,shakar qo’shamiz va yaxshilab aralashtiramiz. Ushbu aralashmaning ustidan sut,un solamiz. Massa smetanaga o’xshagunga qadar aralashtirishni davom ettiramiz va o’simlik yog’ini qo’shamiz. Yog’ massaga singib ketguncha yaxshilab aralashtiramiz (Agar massa quyulib ketsa ozgina sut yoki suv qo’shib yuborsa ham bo’ladi). Tovani o’rtacha olovga qo’yamiz va ozgina qizdirib olamiz.Qizigan tovaga tayyorlab olgan massamizni bir cho’michdan quyib, tovaning shaklida yoyamiz va ikki taraflama qizartirib, pishirib olamiz. Blinchiklarga tvorogli yoki go’shtli nachinka solib dasturxonga tortishimiz mumkin. Qiymali nachinka.
MASALLIQLAR: 0,5 kg qiyma 4ta o’rtacha kartoshka 2ta katta piyoz 1cho’mich o’simlik yoki qizdirilgan paxta yog’i Tuz, murch.
TAYYORLASH Piyozni to’g’rab olib,o’simlik/paxta yog’ida ozgina o’ldiramiz va qiymani solamiz.Ta’miga qarab tuz, murch solamiz va yaxshilab qo’vuramiz. Kartoshkani artib uzunasiga to’rt bo’lakka bolamiz va yumqa qilib to’g’raymiz. Qiyma jigarrang rangga kirgandan so’ng kartoshkani solib qo’vurishni davom ettiramiz, va ozgina suv solib past olovda dimlab qo’yamiz. Kartoshkamiz ezilib pishgandan so’ng yaxshilab aralashtirib olamiz va so’vugach blinchikga solib o’raymiz.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling