Qat-qat somsa tayyorlash
Download 1.11 Mb.
|
ajoyib retseplar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uy sharoitida PIZZA tayyorlash
UY SHAROITIDA PIZZA
UY SHAROITIDA PIZZA TAYYORLASH. MASALLIQLAR: 250 gr sut 125 gr margarin/ saryog’ 0,5 osh qoshiq droja + yarim piyola iliq suv 0,5 osh qoshiq shakar 1 choy qoshiq tuz 1 ta tuxum un PIZZA USTIGA: 10-15 ta qo’ziqorin 300 gr qiyma Balg’ar qalampiri tomat tuz sir TAYYORLASH: QIYMA: Tovoqga ozgina yog’ solinadi va qiymani qo’shib qo’vuriladi( o’rta olovda). Qiyma jigarrang rangga kelgandan so’ng tuz solib, idishning ustini yopib past olovda yarim soat qiyma pishiriladi. Qiyma pishguncha hamir tayyorlanadi: 1. Idishga sutni solib olovga qo’yiladi, iliq holatga kelganda olovni o’chirib margarin qo’shiladi va eritiladi. 2.Boshqa bir idishga, droja suv bilan aralashtirilib solinadi va shakar qo’shiladi. Drojali suv ozgina oshgandan so’ng tuxum va margarinli sut qo’shiladi. Un solib yumshoq qo’lga yopishmaydigan hamir qoriladi. 15 daqiqa usti yopilgan holatda tindiriladi. 3.Tingan hamir doira/ to’rtburchak yog’langan listga yoyiladi. Tomatga ozgina issiq suv qo’shiladi(agar tomat juda quyuq holatda bo’lsa suv qo’shiladi. Agar tomat o’rtacha quyuqlikda bo’lsa suv qo’shish shart emas)va tuz solib quyuq massa hosil qilanadi va hamir ustiga surtiladi. 4. Avval balg’ari qalampirini to’g'rab, keyin qo’ziqorinni to’g'rab ustima-ust terib chiqiladi va ozgina tuz sepiladi. Qo’ziqorin ustidan sir sepiladi. 5. O’rta olovda 30- 35 daqiqa yoki pizza hamiri qizarguncha pishiriladi.( 350F/180C) UY SHAROITIDA PIZZA TAYYOR. YOQIMLI ISHTAHA. Uy sharoitida PIZZA tayyorlash
y sharoitida bayramona pitssa tayyorlaymiz “Daryo” nashrining Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i bilan hamkorlikdagi Yangi yilga bag‘ishlangan loyihasi doirasida bayram dasturxoniga tortish mumkin bo‘lgan taomlar retseptini taqdim etib borishda davom etamiz. Bugungi taomnomada — pitssa Foto: “Daryo” Ushbu taomni tayyorlash uchun taxminan 1 soat vaqt va 27 832 so‘m talab etiladi. Foto: “Daryo” Zarur masalliqlar: Xamiri uchun: 500 g un 80 g tuz 30 g shakar 150 g o‘simlik yog‘i 150 g zaytun yog‘i 30 g quruq xamirturush 1 litr suv 300 millilitr sut Pitssaning ustiga: 100 g motsarella pishlog‘i 100 g qaynatilgan tovuq go‘shti 100 g shampinyon qo‘ziqorini 70 g dudlangan kurka go‘shti 30 g zaytun mevasi (olivka) 40 g cherri pomidori 60 g dudlangan mol go‘shti Tayyorlanishi: 1. 500 g unni idishga elab solamiz. Foto: “Daryo” 2. 300 ml sutni biroz qizdirib, uni unning ustiga quyamiz. Foto: “Daryo” 3. Ustidan 30 g shakar sepamiz. Foto: “Daryo” 4. So‘ng 30 g xamirturush qo‘shamiz. Foto: “Daryo” 5. Ustidan 80 g tuz solamiz. Foto: “Daryo” 6. 150 g zaytun yog‘ini solamiz. Foto: “Daryo” 7. So‘ng 150 g o‘simlik yog‘ini qo‘shamiz. Foto: “Daryo” 8. 1 l suvni ham solamiz. Foto: “Daryo” 9. Shundan so‘ng xamir qoramiz. Foto: “Daryo” 10. Tayyor xamirni biroz dam oldiramiz. Foto: “Daryo” 11. So‘ng uni har biri 190 gramlik bo‘laklarga bo‘lamiz. Yuqorida qorilgan zuvaladan 7 ta pitssa tayyorlash mumkin. Foto: “Daryo” 12. Ularning har biridan bittadan pitssa tayyorlaymiz. Buning uchun xamir bo‘laklarini o‘qlov yordamida yoyib chiqamiz. Foto: “Daryo” 13. Yoyilgan xamir ustiga avval qirg‘ichdan chiqarilgan 100 g motsarella pishlog‘ini bir tekis qilib yoyib chiqamiz. Pishloqning bir qismini pitssaning ustiga sepish uchun olib qo‘yamiz. Foto: “Daryo” Foto: “Daryo” 14. So‘ng uzunasiga parrak-parrak qilib to‘g‘ralgan 100 g qo‘ziqorinni terib chiqamiz. Foto: “Daryo” 15. Ustidan tilim qilib kesilgan 100 g tovuq go‘shtini qo‘yamiz. Foto: “Daryo” 16. Undan keyin yupqa qilib kesilgan 70 g dudlangan kurka go‘shtini terib chiqamiz. Foto: “Daryo” 17. 40 g cherri pomidorini tilim-tilim kesib qo‘yib chiqamiz. Foto: “Daryo” 18. Uning ustidan 60 g dudlangan mol go‘shtini uzunchoq ko‘rinishda to‘g‘rab qo‘yamiz. Foto: “Daryo” 19. Shundan so‘ng ikki bo‘lakka bo‘lib chiqilgan 30 g zaytun mevalarini terib chiqamiz. Uning ustidan qirg‘ichdan o‘tkazilgan motsarella pishlog‘ining qolganini sepamiz. Foto: “Daryo” 20. Pitssani 250 darajada qizdirilgan duxovkada 20 daqiqa davomida pishiramiz. Foto: “Daryo” Pitssamiz tayyor. Yoqimli ishtaha! Foto: “Daryo” Foto: “Daryo” Foto: “Daryo” Ushbu taomni tayyorlashda foydalanilgan mahsulotlarni Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin. Masalliqlar narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. Narxlar 8-dekabr holatiga berilgan. Rukn homiysi — Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i. Taomni tayyorlashda bergan ko‘magi uchun Toshkentdagi Il Migliore restorani va shaxsan bosh oshpaz Usen Karsibayevga minnatdorchilik bildiramiz. Il Migliore restorani bosh oshpazi Usen Karsibayev. Foto: “Daryo” Il Migliore restorani. Foto: “Daryo” Ruknimizning keyingi sonlarida grilda pishirilgan tovuq soni, rukkolali salat va boshqalarni tayyorlaymiz hamda ushbu taomlar bilan bayram dasturxonini bezaymiz. Hayot quvonchidan bahramand bo‘ling — eng yaxshisini Il Migliore’da tatib ko‘ring! Murojaat uchun telefon raqamlari: 234-11-43, 235-79-29 Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling