Qat-qat somsa tayyorlash


Qiyma pishguncha hamir tayyorlanadi


Download 1.11 Mb.
bet3/7
Sana20.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1713016
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ajoyib retseplar

Qiyma pishguncha hamir tayyorlanadi:
1. Idishga sutni solib olovga qo’yiladi, iliq holatga kelganda olovni o’chirib margarin qo’shiladi va eritiladi.
2.Boshqa bir idishga, droja suv bilan aralashtirilib solinadi va shakar qo’shiladi. Drojali suv ozgina oshgandan so’ng tuxum va margarinli sut qo’shiladi. Un solib yumshoq qo’lga yopishmaydigan hamir qoriladi. 15 daqiqa usti yopilgan holatda tindiriladi.
3.Tingan hamir doira/ to’rtburchak yog’langan listga yoyiladi. Tomatga ozgina issiq suv qo’shiladi (agar tomat juda quyuq holatda bo’lsa suv qo’shiladi. Agar tomat o’rtacha quyuqlikda bo’lsa suv qo’shish shart emas) va tuz solib quyuq massa hosil qilanadi va hamir ustiga surtiladi.
4. Avval balg’ari qalampirini to’g'rab, keyin qo’ziqorinni to’g'rab ustima-ust terib chiqiladi va ozgina tuz sepiladi. Qo’ziqorin ustidan sir sepiladi.
5. O’rta olovda 30- 35 daqiqa yoki pizza hamiri qizarguncha pishiriladi.
TUXUMLI BAQLAJON SALAT
kartoshka - 1 dona, baqlajon - 1 dona,pomidor - 1 dona, kungaboqar yog'i - 3-4 osh qoshiq. tuxum - 1 dona, tuz - ta'bga ko'ra, sarimsoqpiyoz donasi - 3 dona, pektin - murch- ta'bga ko'ra,
TAYYORLASH USULI

  1. Baqlajonni aylana shaklda to'g'rab olamiz.

  2. Tuxumni ko'pirtirib, baqlajonni botirib olamiz.

  3. Qizigan yog'da o'rta olovda qovuramiz.

  4. Kartoshkani mayda somoncha shaklda to'g'rab, qizigan yog'da qovurib olamiz.

  5. Pishgan baqlajon va pomidorni ham somoncha mayda to'g'rab olamiz.

  6. So'ng barcha masalliqlarni aralashtirib, ezilgan sarimsoq, tuz, murch va ko'kat solamiz.



CHAK-CHAK

TAYYORLASH USULI
Birinchi qadam xamirni tayyorlashdan boshlaymiz. Suvga chimdim tuz, tuxum hamda un solinadi. Shuni eslatib joizki, un solayotganda tuxumning miqdoriga ko‘ra solinadi. Ya'ni 3 dona tuxumga 3 stakan un solinadi.
Un solingach avval qoshiq bilan aralashtiriladi. So‘ng qo‘l bilan xamir qoriladi. Xamir egiluvchan yaxshi qorilgan bo‘lishi kerak. Tayyor xamirni 0.5 soat davomida xona xaroratida tindiriladi.
Tayyor xamirni kichik bo‘laklarga bo‘lib 2 mm enlikda yoyib chiqiladi.
Yoyilgan xamir tasma shaklida kesib chiqiladi.
Kesilgan tasmalar kichik bo‘laklarda kesib chiqiladi.
Kesib chiqilgan xamirni qizib turgan olovda 3-4 daqiqa davomida hiyol qizg‘ish tusga kirgunga qadar pishirib olinadi. Pishirib olingan xamirlarni qog‘oz solingan idishga solinadi.
Qiyomi tayyorlanishi:Idishga asal va shakar solib past olovda suv bug‘ida eritib olinadi. Sirop 10 daqiqa davomida davomida aralashtirilib turiladi.
Tayyor qiyomni pishirib olingan xamir ustiga quyiladi va aralashtiriladi.Aralashmani xoxishingizga ko‘ra shaklga solib, 10 daqiqaga muzlatgichga qo‘yiladi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling