Qayindoshlar oilasi


Mavzuning o'rganilganligi


Download 1.31 Mb.
bet2/11
Sana13.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1193637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
QAYINDOSHLAR OILASI

Mavzuning o'rganilganligi. Manbalarda ko’rsatilishicha, O’rta Osiyo xalqlari 2-2,5 ming yil muqaddam tola beruvchi, donli va moy beruvchi o’simliklarni yetishtirish bilan bir qatorda manzarali bog’dorchilik bilan ham shug’ullanganlar,bog’larga manzarali daraxt va buta ko’chatlarini o’tqazganlar gulzorlar barpo qilishgan.
Ma’lum bo’lishicha, eramizdan oldingi 4-asrda Marg’ilon va So’g’diyona yerlarida ko’plab bog’ va xiyobonlar bo’lib, ularda manzarali daraxt butalar chiroyli ajoyib gullar hamda boshqa o’simliklar parvarish qilishgan. O’sha davrlardan boshlab boshqa mamlakatlardan xushmanzarali o’simliklarni keltirib o’stira boshlaganlar. Bog’lar barpo qilish, ko’chalarni xushmanzara o’simliklar hisobiga boyitish hozir ham davom etmoqda.
Ma’lumki bog’ va ko’chalardagi manzarali va mevali o’simliklar yuqorida aytilgan xislatlaridan tashqari havoni kislorodga boyitadi, uni chang va turli zararli gazlardan tozalaydi, soya va salqinlik ato etadi, shamol tezligini pasaytiradi, ular tomonidan ajratilgan turli uchuvchi moddalar zararli mikroblarni o’ldiradi efir moylari esa havoni xushbo’y bo’lishini ta’minlaydi, yozda havo haroratini 5-100 C ga pasaytiradi.
O’simlik mahsulotlari sanoatning kimyoviy, mebel, qog’oz, parfyumeriya qurilish tarmoqlarining asosiy xom-ashyo manbayi sifatida xizmat qilib kelayotgani ham hech kimga sir bo’lmasa kerak.
Umuman hozirgi paytda inson hayotini hordiq chiqarishini, o’z atrofida bog’ va ko’chalarda o’sayotgan xilma-xil o’simlik turlarisiz tasavvur qilish qiyin.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Ushbu tadqiqotdan ko’zlangan maqsad shundan iboratki, Al Farg’oniy nomli istirohat bog’idagi daraxt va butalarning soni, tur tarkibi, sistematikasi, ularning noyoblik darajasi va bugungi kunda shahar aholi uchun qay darajada foydali ekanligini aniqlashdan va ushbu ishlarni nazariy va amaliy jihatdan o’rganishdan iborat. Bunda quyidagi ishlarni o’z oldimizga vazifa qilib oldik:
- Ishtirohat bog’ining maydonini aniqlash va u yerda o’sadigan daraxt va butalarning umumiy sonini hisoblab chiqish;
- Istirohat bog’ida o’suvchi daraxt va butalarning hayotiy shakl jihatdan va sistematik jihatdan tasniflash;
- Istirohat bog’ida o’suvchi daraxt va butalarning foydali xususiyatlarini va ularning noyoblik darajasini aniqlash;

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling