Qayindoshlar oilasi
Download 1.31 Mb.
|
QAYINDOSHLAR OILASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grab avlodi
- Urmon yong‘og‘i avlodi
2.2 QAYINDOSHLAR OILASI (Betulareae)
Bu oilaning asosiy xarakterli belgisi erkak gulining ham, urg‘ochi gulining ham kuchalasimon dixazial to‘p-gulli bo‘lishidir. Erkak gullari to‘l barglar bilan qo‘shilib o‘sadi, gulqo‘rg‘onlari yo‘q, bo‘lgan taqdirda qariyb qo‘shilib o‘sgan ba|rgchalarda« iborat. Otaligi 2—12 ta bo‘lib, gulqo‘rg‘on-bargchalari qarshisida joylashadi. Urg‘ochi to‘pguli kallak yoki boshoqsimon. Urg‘ochi guli 2 mevabargli, 2 uyali va ostki tugun-chali, har qaysi tugunchada bittadan urug‘kurtak hosil bo‘ladi. Mevasi bir urug‘li yong‘oq yoki yong‘oqcha, qanotli meva. Mevalari 2—3 tadan bo‘lib, qoplovchi barglaridan hosil bo‘lgan 3, 4, 5 o‘ymali tangachabarg qo‘ltig‘ida joylashadi. Ba’zi vakillari-ning mevalari gulyonbarglarining ozmi-ko‘pmi qo‘shilib o‘sishi-dan vujudga kelgan plyuskada joylashadi. Bu oilaning b avlod, 100 dan ortiqroq turi bo‘lib, shimoliy yarim sharning mo‘’tadil va sovuq iqlimli poyaslarida o‘sadi. SSSR florasida 5 avlodi, 65 turi, Uzbekiston florasida esa yovvoyi holda faqat 5 turdan iborat qayin (Betula) avlodi uchraydi. Grab avlodi (Carpinus). Bu avlod vakillari daraxt yoki buta o‘simliklardir. Ularning erkak gullari yonidan chiqqan kuchalalarda, urgochi gullari uch tomonidan chiqqan to‘pgulda joylashadi. Mevasi bargsimon o‘ramali yong‘oq. Grablar keng bargli daraxt o‘rmonlarida o‘suvchi o‘simliklar qatoriga kiradi va ko‘pincha sof grabzorlar taShkil etadi. Bu avlod 20 turdan iborat. Ularning 10 tasi YEvrosiyoda, bir turi Shimoliy Amerika-da tarqalgan. SSSRda 4 turi uchraydi: oddiy grab (S. Betulus) SSSR YEvropa qismining janubida, Sharq grabi (S. orientalis) esa Qrim va Kavkazda o‘sadi. Qolgan 2 turidan yuraksimon bargli grab (S. cordata) Uzok. Sharqda, Shushinskiy grabi Kavkazda usadi. Urmon yong‘og‘i avlodi (Carylus). Bu buta, ba’zan daraxtchadir, Uning barglari oddiy, yalpoqroq, tuxumsimon, yonbarglari tezdan to‘kilib ketadi. Gullari ayrim jinsli, bir uyli, barg yozishiga qadar ochiladi. Erkak gulli uzun kuchalalari 2—3 tadan, qisqa shoxchalarda joylashadi. Kurtagida bir juftdan bo‘lib o‘rnashgan urg‘ochi gullari gullaganda qizil tumshuqlari chiqib turadi. Mevasi bir uyali; bir urug‘li, po‘chog‘i yog‘ochlangan yong‘oq bo‘lib, bargsimon har xil o‘ramalar bilan o‘ralgan. Urug‘i endospermli, urug‘pallasi yog‘li. Urmon yong‘og‘ining ma’lum bo‘lgan 30 ga yaqin turidan 7 turi SSSR territoriyasida o‘sadi. Uzbekistonda yovvoyi holda uch-ramaydi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling