Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
138 9.6. Qurama zovurlar Qurama zovurlar bu yotiq (ochiq yoki yopiq zovur va kollektorlar) zovurlarga ulangan, o‘zi quyiladigan (buloq ko‘rinishida) tik (kuchaytiruvchi) quduqlar ko‘rinishidagi inshootlar kompleksidan iboratdir (36-rasm). Ular tabiiy va yuqori qatlamlardan suvlarning sizilishidan hosil bo‘lgan gidrodinamik bosimlar natijasida, kuchaytiruvchi quduqlardagi sizot suvlari sathining ular ulangan yotiq zovurlardagi suv sathiga nisbatan yuqori bo‘lishi ( H ) hisobiga ishlashiga asoslangandir. Qurama zovurlarni loyihalash yuqorida qayd qilinganidek, 2 va undan yuqori tarkibli tuproqlarda, agar yuqori tarkib suvni yomon o‘tkazuvchan va uning qalinligi zovur chuqurligidan katta bo‘lsa, hamda quyi tarkiblarda bosimli sizot suvlariga ega bo‘lgan yaxshi suv o‘tkazuvchan tuproqlar mavjud filtratsion sxemalarda tavsiya etiladi. Qurama zovurlarni loyihalash yotiq zovurlarni loyihalash kabi olib boriladi. 36-rasm. Qurama zovurlar Litologik tarkibga qarab qurama zovurlarning kuchaytiruvchi quduqlari quyidagicha loyihalanishi mumkin: 1. Quvurlar bilan jihozlangan quduqlar. Bu holda kuchaytiruvchi quduq teshik (tirqish)li quvur va qum-shag‘alli filtr to‘kmasi bilan jihozlanadi va tuzilmada quyi 139 qatlamlardan ko‘tarilayotgan sizot suvlari gidravlik qarshilikka juda kam uchrab, kuchaytiruvchi quduqning suv ko‘tarish qobiliyati keskin ortadi. 2. Qum-shag‘al aralashmasi bilan to‘ldirilgan quduqlar. Bu tuzilma yuqori va quyi qatlamlar kam qalinlik qiymatiga ega bo‘lganda qo‘llaniladi. Kuchaytiruvchi quduqlarning zovur tarmoqlariga yaqin joylashtirilishi (yopiq zovur o‘qidan ochiq zovur qirg‘og‘igacha masofa 1,5-2,0 m bo‘lishi) maqsadga muvofiq hisoblanadi. Lekin, zovur o‘qi bilan kuchaytiruvchi quduq o‘qi orasidagi masofa ≤ l 6 m bo‘lishi kerak. Kuchaytiruvchi quduqlarning zovur tarmoqlariga ulanishi 3 xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: 1. Kuzatuv qudug‘iga ulanish. 2. Zovur quvuriga ulanish. 3. Ochiq zovurga ulanish. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling