Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Yotiq zovurlarni rejada joylashtirish
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
9.5. Yotiq zovurlarni rejada joylashtirish
Zax qochirish maydonining nishabligi 0,005 va undan katta bo‘lganda boshqaruvchi zax qochirish tarmog‘i yer usti yoki yer osti suvlarining asosiy yo‘nalishiga nisbatan tik (ko‘ndalang sxema) qilib, zax qochirish maydonining nishabligi kichik bo‘lganda esa nishablik yo‘nalishi (bo‘ylama sxema) bo‘yicha joylashtiriladi. Yopiq yig‘uvchi zovurlarni ko‘ndalang sxemada qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sug‘orish maydonlarida zovurlarni rejada joylashtirishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: 137 - kollektorlar ochiq yoki yopiq ko‘rinishda loyihalanishi mumkin, agar kollektorlarning suv sarfi katta bo‘lsa yoki unga sug‘orish suvlarining tushish ehtimoli bo‘lsa, ular ochiq ko‘rinishda loyihalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi; - zovur tarmoqlarining rejada joylashishi sug‘orish maydonini tashkil etishga, qishloq xo‘jalik ekinlariga ishlov berishda mexanizmlarni qo‘llashga to‘sqinlik qilmasligi kerak; - kollektor tarmoqlari zax qochirish maydonining eng past joylarida, tuproqning sho‘rlangan yerlarida, sug‘orish massivlari va dalalarining quyi chegaralarida joylashtiriladi; - sug‘orish dalasidagi zovurlar uning ichidagi sug‘orish tarmoqlariga bo‘ylama yoki ko‘ndalang qilib joylashtirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi; - zovur tarmoqlari doimiy sug‘orish tarmoqlarining o‘rtasida joylashtiriladi, agar zovur tarmoqlari sug‘orish tarmog‘i yo‘nalishi bo‘yicha va yonma-yon joylashtirilsa, u holda sug‘orish tarmog‘i suv isrofgarchiligiga qarshi maxsus qoplama bilan jihozlanishi kerak yoki zovur tarmog‘i faqat suv o‘tkazuvchi (yopiq holda va zovur quvurlari teshiksiz ko‘rinishda) qilib loyihalanadi. Sug‘orish tarmog‘i bilan zovur tarmog‘i o‘rtasidagi eng yaqin masofa ( l ) quyidagicha aniqlanadi: , H m l 1 1 ⋅ = m, bu yerda ) 6 4 ( m 1 − = -zovurlanuvchi qatlamning sifatini hisobga oluvchi koeffitsient; 1 H - sug‘orish tarmog‘i bilan zovurdagi suv sathi orasidagi (tik yo‘nalish bo‘yicha) masofa, m. Bu masofa ( l ) tuproq uyumi hosil qilish yoki himoya daraxtlari ekish uchun ishlatilishi kerak. Yopiq yotiq zovurlar boshqaruvchi qismining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib ularning joylashish chuqurligi ( d h ), nishabligi ( d i ), uzunligi ( d l ), zovurlar orasidagi masofa ( d B ), zovur quvurlarining diametr ( d ) va turlari hisoblanadi. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling