Qiyosiy adabiyotshunoslik
Download 1.01 Mb.
|
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gipertekst
- Vorislik
- Tipologiya
Retseptiv estetika – (qabul qilish) Estetikaning bir yo‘na-
lishi bo‘lib, matn va kitobxon orasidagi estetik dialogdir, u yoki bu asarning kitobxon tomonidan qabul qilinishi. Intertekst(lik) – (1967-yilda fransuz olimasi Yuliya Krest- eva fanga kiritdi) matnlarning o‘zaro aloqaga kirishuvi. Adabiy matnlarning o‘zaro aloqasi. Paratekst(uallik ) – epigraf, mavzu, umuman matn atrofi- dagi unsurlar bilan bog‘liqligi. Metatekst – asosiy matn yoki badiiy kitob bilan bog‘liq matnlar va kitob (asar)lar aloqasi. Shekspirning «Romeo va Jul- yetta» asari boshqa shunga o‘xshash asarlar uchun metatekst vazifasini bajara oladi. Gipertekst – birinchi marta kompyuter lingvistikasida paydo bo‘lgan. Havolalar orqali katta matnlar yoki havolalar- ga o‘tish. Arxitekst – matnlarning janr jihatdan bog‘liqligi. Tipologik o‘xshashliklari va farqlari. Imagologiya – («image» – tasvir) bir xalq adabiyotida o‘zga xalqning imidjini yaratish. (Rus nigohida Navoiy ijodi, Немсы глазами русских). Baxtin imogologiyaning asosla- rini yaratib, Чужое – свое (O‘zganiki – o‘zimizniki) nazariya- sini yaratgan. «Эстетика словесного творчества» kitobida ochib berilgan. Vorislik – an’analarga sodiq qolish (Navoiy ijodida antik an’analar, Xamsachilik). Semiotika – belgilar haqidagi fan. Adabiyotdagi semioti- ka bu adabiyotning barcha unsurlarini mayda detallarigacha tahlil qilish, umumiy va xos tomonlarini aniqlash. I.Steble- vaning «Семантика газеля Бабура» kitobi semiotik tahlil na- munasidir. Asoschisi Yuriy Lodman (Latviya XX asr). Tipologiya – genetik jihatdan o‘zaro bog‘lanmagan, tili, tarixi, madaniyati tamomila farq qiladigan xalqlar adabiyotida mushtarak jihatlarni aniqlashga yordam beradigan kompara- tivistik tushuncha hisoblanadi. Qiyoslash tipologiyasi – umumiy xususiyatlariga ko‘ra (bitta til oilasiga kirishi, janr, etnik xususiyatlariga ko‘ra) u yoki bu adabiyot namunalarining qiyoslanishi. Tipologiya natijasida ayrim til va adabiyotga xos umumiy qonuniyatlar shakllanadi. Motiv – psixologiyada biron xatti-harakatga turtki beruv- chi sabab, adabiyotda syujetning takrorlanuvchi unsuri. Masalan, muhabbat motivi, do‘stlik motivi. Adabiy tushuncha sifatida birinchi marta A.N.Veselovskiyning «Syujetlar poeti- kasi» (Поэтика сюжетов, 1906) asarida ilmiy jihatdan asos- langan. Olimning fikricha, motivlar kombinatsiyasi syujetni yuzaga keltiradi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling