Qobiliyat haqida tushuncha


OBRO`-NUFUZGA EGA BO`LIShLIK QOBILIYATI


Download 286.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana14.05.2023
Hajmi286.42 Kb.
#1462007
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
OBRO`-NUFUZGA EGA BO`LIShLIK QOBILIYATI- bu o`quvchilarga 
bevosita emostional-irodaviy ta`sir etib, ularda obro` orttira bilishdan iborat 
qobiliyatidir. (Garchan, obro` mana shu asnodagina qozonilmaydi, albatta, balki 
stqituvchining o`z fanini mukammal bilishi, sezgirligi va xushmuomalaligi asosida 
qozoniladi).
Avtoritar qobiliyat o`qituvchining rostgo`yligi, irodaviy uddaburonligi, 
o`zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy hislatlari hamda qator 
shaxsiy xislarga, shu bilan birga o`quvchilarning ta`lim-tarbiyasida javobgarlikni 
xis etishi, uning e`tiqodi, o`quvchilarga ma`naviy va ma`rifiy e`tiqodni singdira 
olganligiga ishonchi kabi hislatlariga ham bog`liqdir. 
O`quvchilar (ayniqsa o`g`il bolalar, o`spirinlar, buni alohida ta`kidlab 
o`tish kerak) talab qilishni biladigan, o`quvchilarni majbur qilmagan va do`q-
po`pisa qilmagan, shu bilan birga behuda rasmiyatchilikka yo`l qo`ymagan holda 
o`z aytganini qildira oladigan o`qituvchilarni juda hurmat qiladilar. Shu munosabat 
bilan o`quvchilarning o`qituvchilar haqida ayrim fikrlarini misol qilib keltiramiz. 
“Uning ajoyib hislati bor–u hech qanday zo`rlash va baqiriq-qichqiriqsiz 
ishlay oladi”; “Biz uni jiddiyligi, vazminligi va talabchanligi uchun juda yaxshi 
ko`ramiz. U hamma vaqt shunchaki muloyimgina, sipogina talab qiladi, ammo 
uning talabi shu qadar ta`sirchanki, unga quloq solmaslik mumkmin emas”; 
“Bizning matematika o`qituvchimiz hamma vaqt yuvosh, osoyishta, o`zini tutgan 
va shu bilan bir qatorda butun sinfga ajoyib ta`sir eta oladi”; “Hamma 
o`qituvchimizning obro`sini e`tibor etmay ko`rginchi, u har qanday sharoitda ham 
o`z aytganiga erishadi”; “Nigmat aka bizga ustalik bilan ta`sir etadi. U hadeb talab 
qilavermaydi, agar talab qiladigan bo`lsalar undan bo`yin tovlab bo`lmaydi”, yoki 
o`quvchilarning o`z o`qituvchilari haqidagi mana bunday fikrlari: “Polvon akani 
maktabimizdan ketganiga biz xursand bo`ldik. U bizni do`q-po`pisa, baqiriq 
qichqiriq, buyruqbozlik bilan qo`lga olaman deb o`ylardi-yu, ammo bizni bardosh 
berishgagina majbur etardi, xolos”. 


Bunda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning maktab 
ta`limi jarayonida olib borilayotgan ishlarning ahvoli to`g`risida juda achinib 
aytgan ftkrlarini keltirish o`rinli bo`lur edi: “Mabodo biror bir o`quvchiga e`tiroz 
bildirilsa, ertaga u hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi”. 
Maktablardagi 
jarayonda 
o`qituvchi 
hukmron. 

boladan 
faqat 
o`zi 
tushuntirayotgan narsani tushuni bolishni talab qiladi. Prinstip ham tayyor: 
“mening aytganim-aytgan, deganim-degan”.
Shu bilan bir qatorda o`quvchilar o`qituvchining bo`shligi, landavurligi, 
soddalarga ishonuvchanligi, sustkashligi, ortiqcha rioyagarchiligi, irodasizligi kabi 
hislatlarini baralla qoralaydilar: “Tushunib bo`lmaydi: birda juda qattiqqo`l, 
talabchan, ba`zan hech qanday talab degan narsa yo`q”; “Juda bo`shang, lanj: uni 
ko`rishing bilan uyqing keladi”... 

Download 286.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling