Qobilyatlar Tushuncha


Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko‘rsatilgan


Download 163.26 Kb.
bet3/6
Sana22.11.2023
Hajmi163.26 Kb.
#1793908
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qobilyatlar oʻzbek

Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko‘rsatilgan:
  • O‘z kasbiga muhabbat, o‘quvchilarni seva olishi.
  • Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi.
  • Pedagogik taktga (odob va go‘zallikka) ega bo‘lish.
  • Bolalar jamoasiga singib keta olish.
  • O‘z mehnatiga ijodiy yondashish.
  • Javobgarlikni his etish.
  • Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi.
    • Evristik ijodkorlik, jamiyatda ro‘y berayotgan kasbiy faoliyatga oid yangiliklarni dadil o‘zlashtirish va targ‘ib qilishni anglatadi, ya'ni uning asosida g‘oyalar (farazlar) hosil qilish jarayonini intensifikatsiya qilish va ularning haqiqatga yaqinligini (yehtimolligini, ishonchliligini) izchil amalga oshirish va bunda yangi holatda dadil harakat qilish qobiliyati, fikrlash jarayoni asosida tafakkurni rivojlantirish kuzatiladi.
    • Kreativ ijodkorlikda o‘qituvchi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi nazariyalarni yaratadi, o‘z fikrlari va takliflari bilan chiqadi, mohir va tajribali, layoqatli o‘qituvchilargina bunga erishishi mumkin.
    • Konstruktiv qobiliyat - o‘quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish va natijasini oldindan aytish qobiliyati Kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondoshish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish; Kundalik bilim - sog‘lom fikrga va kundalik amaliy faoliyat shakllariga asoslanadi va insonning atrof – muhitga moslashuvchi, uning hatti – harakatlari va oldindan ko‘ra bilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘nikma –1) shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati; 2) o‘zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalangan ongli faoliyat. Qobiliyat – shaxsning osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyat
      Download 163.26 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling