Qo‟chqorov bahodir abdullajonovich o‟qish darslarida


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/34
Sana19.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1613166
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
охирги вариант

Darsning maqsadlari
a) 
ta‘limiy: Vatanga muhabbat va milliy istiqlol tuyg‘usini o‘quvchilar 
ongiga singdirish. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning ―Xalqimizning roziligi 
bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir‖ asari borasida, asardagi 


65 
ma‘naviyat-insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbai ekanligi to‘g‘risida ularga 
tushuntirish; 
b) 
tarbiyaviy: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Ona 
yurtiga sadoqatli farzandlar bo‘lib kamol topishlariga hissa qo‘shish; 
c) 
rivojlantiruvchi: mustaqil fikrlash va tafakkurini o‘stirish. 
Dars turi:yangi bilimlarni shakllantiruvchi. 
Dars metodlari:bahs-munozara, klaster, savol-javob, guruhlar bilan ishlash. 
Darsning jihozi: Vatanimizning tarixiy shaharlari, qadimiy obidalar, 
mustaqilligimizdan so‘ng bunyod etilgan go‘zal maskanlar, bog‘lar aks etgan 
fotosuratlar
, Shoirlarimizning yurtimizni madh etib yozgan she‘rlari, vatan haqidagi 
hikmatli so‘zlar, hadislardan namunalar. 
Darsning borishi. 
Tashkiliy qism. 
O‘qituvchi: 
Bir o‘lkaki, tuprog‘ida 
oltin gullaydi, 
Bir o‘lkaki, qishlarida 
shivirlar bahor, 
Bir o‘lkaki, sal ko‘rmasa 
Quyosh sog‘inar, 
Bir o‘lkaki, g‘ayratidan 
asabi chaqnar … 
Aziz 
o‘quvchilar! Bugungi darsimiz Vatan mavzusida bo‘lib, 
mashg‘ulotimiz davomida biz yurtimizning buguni, ertasi, kelajagiga nazar 
tashlaymiz.Mustaqillik tufayli qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz to‘g‘risida 
fikrlashamiz. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o‘quvchilar tomonidan ijro 
etiladi. 


66 
O‘qituvchi: Vatan bu-bizning ota-bobolarimiz, buyuk ajdodlarimiz 
yashagan yurt. Qani, bolalar, siz ham so‘zlarimga qo‘shimcha kiriting-chi.
1-o‘quvchi: Vatan bu- biz tug‘ilib o‘sgan, kindik qonimiz to‘kilgan zamin, 
bizlarni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazayotgan qutlug‘ maskan. 
2-o‘quvchi: Vatan bu- bizning quvonchimiz va qayg‘ularimizning guvohi 
bo‘lgan serquyosh diyor. 
3-o‘quvchi: Vatan bu- baxtiyor avlodlarimiz yashaydigan, kelajagi nurli 
yurt. 
O‘quvchilar jo‘rlikda: 
Men seni sevaman, onajon 
Vatan,
Sen borim- borlig‘im, keng 
jahonimsan. 
Toabad omon bo‘l, bo‘lgin 
salomat,
Baxtimning taxtisan, pok 
imonimsan. 
O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar! Vatan tabarruk maskan, ajdodlardan qolgan 
buyuk meros, aziz xotiradir. Shu bois Vatan deganda biz nafaqat mana shu yurt 
tuprog‘ini, balki shu zaminda bo‘y ko‘rsatgan giyohdan tortib, uning daryo-yu 
soylari, barcha tog‘-u toshlarigacha, odamlaridan tortib, to eng mitti 
jonivorlarigacha ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Aslida Vatanimizdagi oddiy 
xas ham, oddiy chag‘ir tosh ham biz uchun muqaddasdir. Azaldan ajdodlarimiz 
yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etgan, qayga borsa ham Vatan yodi bilan nafas 
olgan, uni yot kuchlardan, shum niyatlardan himoya qilgan. Har bir insonning 
vatani uning uchun dunyodagi eng go‘zal va muqaddas makon hisoblangan.
Shukrlar bo‘lsinki, Mustaqillik tufayli milliy va ma‘naviy qadriyatlarimiz 
tiklandi. Milliy marosimlarimiz, bayramlarimiz, xalqimiz ardoqlagan azaliy 
udumlarimiz xalqimizga qaytdi.


67 
Mustaqil respublikamizning ravnaq topishi bizning aqlu kamolimiz, bilim 
olish yo‘lidagi intilishimiz va xulqimizga bog‘liqdir. Demak, mustaqil vatanga har 
tomonlama yetuk komil farzandlar kerak ekan.
Aziz o‘quvchilar bugungi darsimizni bahs-munozara tarzida o‘tkazamiz.Bu 
shartni bajarishda ikki guruhga bo‘linib olamiz,guruhlarni nomlaymiz.Endi ikki 
:‖Barkamol avlod‖ va ―Komil inson‖ deya nomlangan guruhlarimiz shartlar 
asosida bir-birlari bilan bellashadilar. 
―Istiqlolga erishgan yurtim ta‘rifi‖, deya nomlangan 1-shartni bajarishni 
―Barkamol avlod‖ guruhi a‘zosi :ona vatanda yashamoq ulkan taxtdir. Shuning 
uchun g‘urbatda, begona yurtlarda sarsonu sargardon bo‘lgan zotlar Vatan dog‘ini 
hech kimsaga ko‘rsatmasin, deya nolayu faryod qilgan. G‘ariblik dardini Alisher 
Navoiy bobomiz quyidagi ruboiysida shunday tasvirlaydi: 
G‘urbatda g‘arib shodmon 
bo‘lmas emish, 
El anga shafiqu mehribon 
bo‘lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil 
gul bitsa, 
Bulbulg‘a tikondek oshiyon 
bo‘lmas emish. 
―Komil inson‖ guruhi a‘zosi:
Ha, tog‘ri. Umrining ko‘p qismi Vatandan yiroqda o‘tgan shoh va shoir Z.M. 
Bobur bobomiz ham bu borada quyidagi misralarni bitgan: 
Yod etmas emish kishini
g‘urbatda kishi 
Shod etmas emish ko‘ngilni 
mehnatda kishi
Ko‘nglim bu g‘ariblikda shod
o‘lmadi, oh, 
G‘urbatda sevinmas emish, 


68 
albatta, kishi.
― Barkamol avlod‖ guruhi: Vatan ozod va mustaqil bo‘lsa, uning bag‘ri 
jannat bog‘laridek fayzli, odamlari baxtli bo‘ladi. Shuning uchun vatanning 
ozodligi va mustaqilligi uning har bir farzandi uchun jon kabi aziz va muqaddasdir. 
Inson uchun ona yagona bo‘lgani kabi Vatan ham yagonadir.
―Komil inson‖ guruhi: hurmatli prezidentimiz: ―Vatanga muhabbat hissi 
odamning qalbida tabiiy raishda tug‘iladi. Ya‘ni inson o‘zligini anglagani, nasl-
nasabini bilgani sari yuragida yurtiga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo‘ladi.‖., 
degan edilar.
―Barkamol avlod‖ guruhi yurtboshimiz istiqlol yo‘lida milliy 
davlatchiligimizni tiklashda uning jahon hamjamiyatidan munosin o‘rin egallashda 
va huquqiy demokrtik jamiyat asoslarini barpo etishda beqiyos xizmatlar qildi. 
Presidentimizning izchil va qat‘iy siyosati tufayli xalqimiz eng og‘ir vziyatlarda 
ham tanlagan yo‘idan qaytmadi, aksincha, hozir ham yuksak maqsafdlarni ko‘zlab 
olg‘a intilmoqda.
―Komil inson‖ guruhi: O‘zbekiston o‘zi uchun demokratik rivojlanish
fuqarolik jamiyati qurish yo‘lini aniq ravshan belgilab olgandir va bu maqsad 
Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan.
―Barkamol avlod-Vatan tayanchi‖ deganda nimani tushunasiz?‖ deya 
nomlangan ikkinchi shart bo‘yicha guruhlar javoblari. 
―Barkamol avlod‖ guruhi: O‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini 
targ‘ib etish, giyohvandlik kabi yaramas illatning oldini olish maqsadida va 
zamonaviy axborot resurslari, xususan, internet tizimidan keng foydalanish yo‘lga 
qo‘yildi. 
―Komil inson‖ guruhi: Ayniqsa, jismoniy tarbya va sport bilan 
shug‘ullanishni kundalik hayotimiz tarziga aylantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar 
alohida ahamiyatga egadir. 
O‘quvchilar yoshlar o‘rtasida ―Umid nihollari‖, ―Barkamol avlod‖ va 
―Universiada‖ kabi sport musobaqalarining bosqichma-bosqich o‘tkazib borilishini 


69 
ham yurtimizda sportni keng ommalashtirishga berilayotgan katta e‘tibor 
samarasidir, deb qabul qilish lozim. 
Vatanimizning ravnaq topishida shu Vatanning har bir farzandi, o‘sib 
kelayotgan barkamol alod avvalambor, o‘z oldiga bunyodkor g‘oyalarni qo‘ymog‘i 
lozim. 
―Barkamol avlod‖ guruhi: Xalqimizning bosh maqsadi – Ozod va obod 
Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish ekan, har birimiz ―Shu ozod Vatan 
uchun nima qildim, nima qilmoqchiman?‖ degan savolni o‘zimizga beraylik. 
Yurtimizning tinchligi, bugungi kunda har birimizning ogohligimizga 
bog‘liq. 
―Komil inson‖ guruhi: Men shu ozod va obod Vatanimda erkin va farovon 
yashayotganimdan faxrlanaman. 
Vatanimni jondan, dildan sevib, kelgusida unga munosib komil farzand 
bo‘laman. 
Guruhlar klaster usulida Vatan so‘ziga ta‘rif beradilar. 
Serquyosh o‘lkamOna tuprog‘im 
Sevimli diyor 
men tug‘ilgan
zamin 
ota makonim 
muqaddas makon 
O‘qituvchi: Ha, to‘g‘ri. Vatanimizni qanchalik sevsak, yurtimiz betakror va 
yagona ekanini yanada to‘liqroq his etamiz. Darsimizni hurmatli Prezidentimizning 
―O‘g‘il – qizlarimizdan bitta iltimos:ota-onalaringizga, ustoz-murabbiylaringiz, 
xalqimizning sizlardan kutayotgan orzu-umidlarini amaliy ishlar bilan ro‘yobga 
chiqarishda 
hormang, 
charchamang‖, 
degan 
ajoyib 
so‘zlari 
bilan 
yakunlamoqchiman. 
Mavzu yuzasidan mustahkamlovchi savollar: 
Vatan 


70 
1. 
―Mustaqillik bizga nima berdi?‖ degan savolga sizning javobingiz. 
2. 
Vatanimizda ta‘lim sohasidagi o‘zgarishlar. Biz, o‘quvchilarga 
yaratilgan sharoitlar. 
3. 
Nima uchun yurtimizni faxru g‘urur bilan kelajagi buyuk, hur 
O‘zbekiston deya ataymiz? 
4. 
Vatanga munosib farzand bo‘lishimiz uchun qanday ishlarni amalga 
oshirmog‘imiz kerak? 
O‘quvchilar savollarga javob berish asosida Vatan haqidagi tushunchaning 
naqadar chuqur va teran ma‘noga egaligini o‘zlarining javoblari orqali bayon 
etishadi. 
Dars yakunida g‘olib guruhlar aniqlanadi va baholari e‘lon qilinadi. 
Uyga vazifa: ―Mustaqillik uchun kurashgan ma‘rifatparvar bobolarimiz‖ 
mavzusida referat tayyorlab kelish, Vatan haqida she‘rlar yodlash. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling