Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 1 Mb.
|
pulli kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pomidor mevasi kesimi va butun koʻrinishi. Biologik klassifikatsiya Olam
Zararkunandalari: sabzi pashshasi, kuyalar, oʻtloq parvonasi.
Kasalliklari: fomoz, alternarioz, sklerotinioz va boshqa. 3.3 Pomidor o’simligi sistematik birligi Pomidor (lotincha: Solanum lycopersicum) bir yillik, tropik iqlimlarda koʻp yillik oʻt oʻsimlikdir. Sabzavot ekini sifatida keng ekiladi. Ilmiy terminologiyada tomat nomi ishlatilsa-da, Oʻzbekistonda oʻsimligi ham, mevasi ham pomidor yoki “pamildori” (xalq orasida) deb yuritiladi. Pomidor italyancha pomo d’oro soʻzidan olingan boʻlib, „oltin olma“ degan maʼnoni anglatadi. Ingliz, yapon, koreys tillarida tomato, xitoy tilida shu fan qie, fransuz tilida arbe a tomates, tomate arbustive, nemis tilida tomatobaum, zbaumtomate, baumtomatenstrauch, ispan tilida esa tomate deb nomlanadi. Pomidor mevasi kesimi va butun koʻrinishi. Biologik klassifikatsiya Olam: Oʻsimliklar Boʻlim: Yopiq urugʻlilar Sinf: Ikki pallalilar Turkum: Ituzumgullilar Oila: Ituzumdoshlar Urugʻ: Tomat Tur: Pomidor (oddiy) Pomidor ilk bor Amerika materigida kelib chiqqan. Keyinchalik ispanlar Amerikada mustamlakalar oʻrnata boshlaganidan soʻng butun dunyoga tarqalgan. Hozirgi kunda pomidorning juda koʻp navi dunyoning turli mamlakatlarida yetishtiriladi. Pomidor ham pishirilmasdan, ham turli taomlar va qaylalar yoki ichimliklar ingrediyenti sifatida isteʼmol qilinadi. Pomidor oʻsimligi odatda 1-3 metr balandlikkacha oʻsa oladi. Poyasi boʻsh boʻlib, koʻpincha yerda tarqalib va boshqa oʻsimliklarga chirmashib oʻsadi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, O’zbekistondagi foydali o’simliklarning juda ko’pchilik turlari xom-ashyo sifatida ishlatiladi. Yer yuzida tarqalgan, xususan mintaqamizda tarqalgan xom ashyo o`simliklar haqida adabiyotlardan foydalangan holda va kuzatish ishlari olib borib atroflicha malumot berildi. O’zbekiston sharoitida o’stirilayotgan xom ashyo o’simliklar ustida amalga oshirilayotgan ishlar haqida malumot berish va ulardan oqilona foydalanish haqida qisqacha yoritildi. O’zbekiston foydali o’simliklari fani — foydali o’simlik turlari, foydali o’simliklarning foydali xususiyatlariga ko’ra guruhlarini o’rganadi, tahlil qiladi. O’zbekiston foydali o’simliklari fanining vazifasi foydali o’simliklarning botanik tavsifi va sistematikasi, tabiiy tarqalishi va ekologiyasi, foydali xususiyatlari va xalq xo’jaligida qo’llanilishi, inson hayotidagi roli va ahamiyati masalalarini o’rganishdan iborat. O’simliklar o’z tarkibida kishi organizmiga qandaydir ta’sir ko’rsata oladigan biologik faol moddalar saqlaydi. Biologik faol moddalar o’simliklarning hamma organlarida bir xil miqdorda to’planmaydi. Ba’zi o’simliklarda yer ostki organlarida, ba’zilarida yer ustki qismida to’planadi. Demak sabzavot, mevalar va ziravorlar juda foydali ekan. Lekin doimo shunday emas. Ular mehda shirasini ajralishini ko’paytiradi. SHuning uchun pishirilmagan sabzavotlarni, ko’pchilik meva va ziravor o’simliklarni, ayniqsa nordon va achchiq meva va o’simliklarni mehda-o’n ikki barmoq ichak yara hamda mehda shirasida kislotalikni ko’payishi bilan o’tadigan gastrit kasalliklarini kuchaygan vaqtida iste’mol qilish to’g’ri kelmaydi. Nordon mevalar, achchiq ziravorlarni yana jigar, o’t qo’i va buyrak kasalliklarida ham iste’mol qilib bo’lmaydi. Aks holda kasallik kuchayadi, og’riq zo’rayadi va bemorni ahvoli og’irlashadi. Bunday misollarni ko’p keltirish mumkin. O’zbekiston foydali o’simliklari fanining o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: Xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llaniladigan foydali o’simliklar turlarini o’rganish. Tabiiy sharoitda yo’qolib ketish xavfi bo’lgan va kamayib ketayotgan noyob o’simliklarni muhofaza qilish. Respublikamizda yovvoyi holda o’sadigan o’simliklardan oqilona foydalanish. Foydali o’simliklar xazinasini boyitish maqsadida yangi o’simlik turlarini izlab topish va ulardan samarali foydalanish. O’zbekiston foydali o’simliklari fani o’z oldiga qo’ygan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oladi: 1. Xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llaniladigan foydali o’simliklar turlari o’rganiladi. 2. Foydali o’simliklar turlarini asrab qolish va sug’oriladigan yerlarda o’stirish tadbirlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. 3. Foydali o’simliklarning tabiiy maydonlarini izlab topish, zahirasini aniqlash, ularni yig’ish, quritish, saqlash va transportda jo’natish tadbirlari ishlab chiqiladi. 4. O’simliklarni madaniylashtirish va iqlimlashtirish ishlari tashkil qilinadi va amalga oshiriladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling