Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1 Mb.
bet4/11
Sana17.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1208733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
pulli kurs ishi

Kurs ishining maqsadi. Kurs ishimning maqsadi shundan iboratki, yer yuzida tarqalgan, xususan mintaqamizda tarqalgan xom ashyo o`simliklar haqida adabiyotlardan foydalangan holda va kuzatish ishlari olib borib atroflicha malumot berish. O’zbekiston sharoitida o’stirilayotgan xom ashyo o’simliklar ustida amalga oshirilayotgan ishlar haqida malumot berish va ulardan oqilona foydalanish.
Kurs ishining vazifalari. Yuqorida ko’zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirgan xolda, O’zbekistonda yetishtiriladigan xom-ashyo o’simliklarining foydali xususiyatlari, ular haqida qisqacha ma’lumotlar ulashish, xom-ashyo o’simliklari asoslarini o’rganish va amaliy materiallar bilan bog’lab tahlil etish, kerakli xulosalarni shakllantirishni o’rganishdan iborat.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Insoniyat tomonidan asrlar davomida ishlatilib kelinayotgan xom ashyo o`simliklarining ayrim turkum turlari kurs ishimning obyekti hisoblanadi. Bir shifobaxsh va xom ashyo o’simliklarning kelib chiqishi, va rivojlanishi, tarqalishi, geografik joylashishi hususida to’plangan malumotlarni va shu kungacha to’plangan malumotlar hamda chop etilgan ilmiy adabiyotlar ushbu kurs ishimning predmeti hisoblanadi.


I BOB. O’zbekistonning xom-ashyobop
foydali o’simliklari
1.1 Foydali o’simliklarning xususiyatlari
O’zbekiston tabiati o’zining betakror go’zalliklari, serquyoshligi, tuproq va suvi
bilan alohida ajralib turadi. SHuning uchun ham uning o’simliklar dunyosi
nihoyatda boydir. Ko’p o’simliklar o’zining shifobaxshligi bilan halqimiz orasida
keng tarqalgan bo’lib, ular halq va ilmiy tabobatda muvaffaqqiyatli qo’llanib
kelinmoqda.
O’zbekiston foydali o’simliklari fani — foydali o’simlik turlari, foydali
o’simliklarning foydali xususiyatlariga ko’ra guruhlarini o’rganadi, tahlil qiladi.
O’zbekiston foydali o’simliklari fanining vazifasi foydali o’simliklarning
botanik tavsifi va sistematikasi, tabiiy tarqalishi va ekologiyasi, foydali xususiyatlari
va xalq xo’jaligida qo’llanilishi, inson hayotidagi roli va ahamiyati masalalarini
o’rganishdan iborat.
O’simliklar o’z tarkibida kishi organizmiga qandaydir ta’sir ko’rsata oladigan
biologik faol moddalar saqlaydi. Biologik faol moddalar o’simliklarning hamma
organlarida bir xil miqdorda to’planmaydi. Ba’zi o’simliklarda yer ostki organlarida,
ba’zilarida yer ustki qismida to’planadi.
Hozirgi paytda shifobaxsh o’simliklardan tayyorlangan dori-darmonlar keng
miqyosda qo’llanilib kelinmoqda. Ruhiy xastaliklarni davolashda dorivor
o’simliklarning 18 turidan, saratonni davolashda 7 turidan, qandli diabetda 24
turidan, ateroskleroz, yurak-qon tomirlari sklerozida 25 turidan, oshqozon
xastaliklarida 10 turidan, qon bosimi xastaliklarida 22 turidan keng
foydalanilmoqda. Bundan tashqari, kashandalik va alkogolizmning oldini olishda,
qondagi xolesterinni muvofiqlashtirib turishda ham shifobaxsh giyohlardan
tayyorlangan dori-darmonlar yordam bermoqda. Meva, sabzavot-poliz va ziravor o’simliklar kishi organizmini vitaminlar,
uglevodlar, organik kislotalar, mineral tuzlar va boshqa muhim biologik faol
moddalar bilan tahminlashda asosiy, bahzan yagona manba. Sabzavot, mevalar,
ayniqsa ziravor o’simliklar mehda shirasining ajralishini kuchaytiradi, ishtaha
ochadi va ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi. Natijada organizmdagi modda
almashinuviga katta ta’sir ko’rsatadi. Lekin bundan xulosa qilib, faqat o’simlik
mahsulotlari bilan ovqatlanib kun ko’rish mumkin, degan xulosaga kelinsa to’g’ri
bo’lmaydi. Sababi o’simlik mahsuloti qanchalik foydali bo’lmasin, ularni
ko’pchiligini tarkibida oqsil va moy kam saqlangani uchun birgina o’simliklarning
o’zi inson organizmini yuqori sifatli, kerakli ovqat moddasi bilan tahminlay
olmaydi. Faqat o’simlik va hayvonlar mahsulotlarining kerakli miqdordagi
aralashmasidan tashkil topgan ovqat ancha foydali bo’lib, insonni sog’lom bo’lib
o’sishini tahminlay oladi.
Foydali o’simliklarning asosiy ahamiyati kasallikni davolash emas. Ular
birinchi galda inson va hayvon organizmiga faqat o’simlik mahsuloti bilan kiradigan
biologik faol moddalar (vitaminlar, organik kislotalar va boshqalar)
yetishmasligidan kelib chiqadigan kasalliklarni oldini olishda katta ahmiyatga
egadirlar. Bu moddalar yuqorida aytilganidek organizmga ovqat bilan birga kirib,
ba’zi jarayonlarni kuchaytiradi, modda almashinuviga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Boshqacha qilib aytganda tirik organizmga turli biologik ta’sir ko’rsatadi.
Tarkibida organik (olma, limon va boshqalar) kislotalar (bahzan ko’p
miqdorda) bo’lgani uchun sabzavot, meva va ziravor o’simliklar mehda shirasini
ajralishini kuchaytiradi, ishtaha ochadi va ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi. Ba’zi
sabzavot va mevalarda kaliy tuzlarini ko’p bo’lgani sababli ular yurak kasalliklarida
foydali bo’lib, istisqo, yurak va buyrak faoliyatini susayganida, buyrak-tosh va
siydik yo’llarini boshqa kasalliklarida organizmda yig’ilib qolgan ortiqcha
suyuqlikni chiqib ketishiga ko’maklashadi. Ayni vaqtda gipertoniya kasalligida ham
foydali. Ularni tarkibida osh tuzi juda kam bo’ladi. SHuning uchun gipertoniya
kasalligida sabzavot va quritilmagan mevalarni ko’p iste’mol qilish yaxshi.
Ateroskleroz kasalligini kelib chiqish sabablaridan biri xolesterinni
organizmdagi almashinuvini buzilishi va uni qon tomirlarining devorlarida o’tirib
qolishi. Vitamin C xolesterinni qondagi miqdorini kamaytirishda va ateroskleroz
kasalligini taraqqiy qilishini to’xtatishda ma’lum ahamiyatga ega. SHuning uchun
bu kasallikni oldini olishda vitamin C ga boy bo’lgan sabzavot va mevalarni iste’mol
qilish ko’p foyda keltiradi.
Demak sabzavot, mevalar va ziravorlar juda foydali ekan. Lekin doimo
shunday emas. Ular mehda shirasini ajralishini ko’paytiradi. SHuning uchun
pishirilmagan sabzavotlarni, ko’pchilik meva va ziravor o’simliklarni, ayniqsa
nordon va achchiq meva va o’simliklarni mehda-o’n ikki barmoq ichak yara hamda
mehda shirasida kislotalikni ko’payishi bilan o’tadigan gastrit kasalliklarini
kuchaygan vaqtida iste’mol qilish to’g’ri kelmaydi. Nordon mevalar, achchiq
ziravorlarni yana jigar, o’t qo’i va buyrak kasalliklarida ham iste’mol qilib
bo’lmaydi. Aks holda kasallik kuchayadi, og’riq zo’rayadi va bemorni ahvoli
og’irlashadi. Bunday misollarni ko’p keltirish mumkin.
O’zbekiston foydali o’simliklari fanining o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadi
quyidagilardan iborat:

  • Xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llaniladigan foydali o’simliklar

turlarini o’rganish.

  • Tabiiy sharoitda yo’qolib ketish xavfi bo’lgan va kamayib ketayotgan

noyob o’simliklarni muhofaza qilish.

  • Respublikamizda yovvoyi holda o’sadigan o’simliklardan oqilona

foydalanish.

  • Foydali o’simliklar xazinasini boyitish maqsadida yangi o’simlik

turlarini izlab topish va ulardan samarali foydalanish.
O’zbekiston foydali o’simliklari fani o’z oldiga qo’ygan maqsadni amalga
oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oladi:
1. Xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llaniladigan foydali o’simliklar
turlari o’rganiladi.
2. Foydali o’simliklar turlarini asrab qolish va sug’oriladigan yerlarda
o’stirish tadbirlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
3. Foydali o’simliklarning tabiiy maydonlarini izlab topish, zahirasini
aniqlash, ularni yig’ish, quritish, saqlash va transportda jo’natish tadbirlari ishlab
chiqiladi.
4. O’simliklarni madaniylashtirish va iqlimlashtirish ishlari tashkil
qilinadi va amalga oshiriladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling