Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 1 Mb.
|
pulli kurs ishi
Rovoch. O’zbekistan florasida rovochning 7 turi uchraydi. Ular cho’l, adir va
tog’ mintaqalaridagi turli tuproq sharoitida ko’plab uchraydi. SHulardan uch turi, yahni tuyayaproq, chuxra va Maksimovich chuxrasi dorivor o’simliklardan hisoblanadi. Ularning ajoyib shifobaxsh va boshqa xususiyatlari juda qadimdan kishilarga ma’lumdir. Xususan ulardan oziq-ovqat, dori-darmon hamda teri oshlashda foydalanib kelingan. Abu Ali ibn Sino o’zining «Tib qonunlari 2» kitobida rovochlarning dori-darmonligi to’g’risida quyidagilarni bayon etadi: «Uning siqib olingan suvini ko’zga tortilsa, ko’zni o’tkir qiladi», «qizamiq, chechak, toun va vaboga foyda qiladi», «Rovoch ildizi ovqat hazmining buzilishidan bo’lgan ichketishda, ichak og’riqlari, buyrak va qovuqdagi og’riqlar, bachadon og’riqlari va qon ketishni to’xtatishda foydalidir». SHuningdek rovochlarning nordonligini limon nordonligiga tenglashtiradi. Mahalliy aholi rovochlarning barg bandini, bargning asosiy tomirlarini, yosh poyasini va to’pgulbandini iste’mol qilish bilan bir qatorda ularda boshqa fazilatlar borligini ham yaxshi bilganlar. Uning ildizi va mevasidan tayyorlangan sharbatlardan xalq tabobatida ichdan qon ketishni to’xtatuvchi, isitmani tushiruvchi, oshqozon yaralarini hamda ich ketish kasalligini davolovchi vosita sifatida foydalaniladi. Rovochlarning tozalab quritilgan ildizini sutda qaynatib tayyorlangan sharbati oshqozon-ichak hamda yurak kasalliklarini davolashda qo’llaniladi. Uning ildiz kuli bilan yaralar va jarohatlangan joylar davolanadi. Tibbiyotda ham rovochlarning ildiz va mevasidan spirt yordamida tayyorlangan sharbat ich ketish kasalini davolash uchun tavsiya etiladi. Rovochning yana xislatlaridan biri shundaki, u ko’n sanoati uchun ham xomashyo hisoblanadi. Rovochning tarkibida 14—18% tanid, 6,6% shakar moddasi, 22% kraxmal, 0,8% glyukozid va bo’yoq moddalari, olma, vino va limon kislotalari, mineral tuzlar hamda vitamin S va provitamin A bor. Ismaloq sho’radoshlar oilasidan bo’lgan juda qimmatbaho vitaminli bir yillik o’simlikdir. Uning bo’yi 10—40 sm keladi. Bargi turli shakllarda (yumaloqtuxumsimon, nashtarsimon) bo’lib, to’pbarg shaklida joylashgandir. U begona o’t tariqasida barcha viloyatlardagi lalmikor yerlarda, adirlarda ko’plab o’sadi. Ismaloq o’sish sharoitiga qarab bahordan to yoz boshlanguncha gullaydi va urug’ hosil qiladi. U bahorda boshqa o’simliklarga nisbatan ertaroq unib chiqadi. Ismaloq sabzavot o’simliklar gruppasiga kirib, juda ham vitaminlarga hamda mineral tuzlarga boydir. Mahalliy aholi ismaloqning barg va barra novdalaridan turli xil lazzatli taomlar (somsa, chuchvara, buchak, ko’kat sho’rva) tayyorlab iste’mol qiladilar. Undan konservalar tayyorlashda ham foydalansa bo’ladi. Bu o’simlik ko’proq iste’mol qilinsa, organizmdagi ortiqcha suvlarni tezroq chiqarib yuboradi. Uning barglari hamda barra novdalarining 100 g da 75—80 mg C, 2—2,5 mg B, 4— 6 mg E, 3—5 mg K, 1,5 mg D, A vitaminlari, 2—9 mg karotin moddasi, mineral tuzlardan: 50 — 60 mg kalsiy, 680 — 750 mg kaliy, 51 mg fosfor, 28 — 30 mg temir moddasi hamda yashil buyoq moddalari bo’ladi. Sholi boshoqdoshlar oilasidan, bo’yi 50 sm dan 3 m gacha yetadigan bir yillik issiqsevar o’simlik. poyasi tik, ildizi popuk ildiz, uzun (1 m gacha). Bargi yashil, qizg’ish yoki binafsha rangda. To’pguli shingil. Aprel oyida 1—2 sm chuqurlikda suvli yerga qatorlab ekiladi. Avgust oyida doni pishadi. Mevasi qobiqli don. Donidan (guruch), yormasidan turli taomlar (palov, shirguruch, mastava, shavla) tayyorlanadi. SHoli donini qayta ishlab, undan spirt, kraxmal, pivo, poxolidan sifatli qog’oz, arqon va boshqalar tayyorlanadi. SHolining bir qancha navlari bor. Tariq boshoqdoshlar oilasidan, bo’yi 50—150 sm gacha yetadigan bir yillik o’simlik. Barglari nashtarsimon, tukli, yashil yoki qizg’ish. Ildizi popuksimon bo’lib, 1—1,5 m chuqurlikka kiradi. May oyida gullaydi. Guli ikki jinsli. To’pguli ro’vak. Mevasi iyun-iyul oylarida pishadi. Doni qipiq bilan qo’langan. U dumaloq, oval, shaklida. Don oq, sariq, qizil, jigar ranglarda bo’ladi. Donida 10—15% oqsil, 59% uglevod va boshqa moddalar bor. O’zbekistonda tariq ko’pincha bahorikor yerlarga ekiladi. U eng qadimiy o’simlik Donidan oziq-ovqat, parrandalarga don sifatida foydalaniladi. Keyingi paytda kam ekiladigan bo’lib qoldi. Oq jo’xori - boshoqdoshlar oilasidan, bo’yi 2—4 m ga yetadigan bir yillik o’simliq Uni Qo’qon jo’xori deb ham ataydilar. Bargi nashtarsimon, ildizi popuk ildiz. May oyida gullaydi. To’pguli zich ro’vaksimon, tik yoki egilgan. Mevasi — don, iyul-avgust oylarida pishadi. Doni dumaloq bo’lib, qobiq bilan qo’langan. Donidan oziq-ovqat (go’ja) sifatida, ko’k poyasidan silos bostirishda foydalaniladi. Oq jo’xori O’zbekistonda qadimdan o’stirilib kelinadi. U issiqsevar o’simlik. SHo’r va kam suv yerlarda ham yaxshi hosil beradi. Oziq-ovqat o’simliklarning daraxt va buta turlari. Yovvoyi olma rahnoguldoshlar oilasiga kiruvchi, bo’yi 10 m ga yetadigan, shox-shabbalari piramidasimon, po’stlog’i och kul rang, to’q jigar rang yoki sariqqo’ng’irsimon rangli daraxtdir. Yosh novdalari yashil-jigar rang, tukchali bo’ladi. Barglarining cheti arra tishli, bahzan to’mtoq tishli, asosi ponasimon toraygan va tekis qirg’oqli. Ustki tomoni tuksiz, markaziy tomirchalari bir oz tukli, pastki qismi tukli, kul rang, uzunligi 5—7 sm, eni 2—3,5 sm ga tengdir. To’pguli 3—5 ta, guli yirik, diametri 2,5—4 sm, gulbandi chalkash tukli. Kosachabargi uch qirrali nashtarsimon, uzunligi 0,5—0,6 sm, eni 0,3 sm, oq chalkash tukchalar bilan qo’langan. Gultoji och qizil rangli. Mevasi dumaloq yoki dumaloqroq-yassi, ayrim paytlarda konussimsn, turli rangda va kattalikda bo’ladi. Urug’i tuxumsimon, jigar rang, kattaligi 0,7 sm, eni 0,5 sm keladi. Yovvoyi olma aprel va may oylarining boshlarida gullaydi, mevasi avgust-sentabr oylarida pishadi. Bu o’simlik tog’ yon bag’irlarida ko’plab uchraydi. Yovvoyi olma mevasidan, ‘yure, ‘ovidlo, murabbo, konserva, koqi tayyorlanadi. Kompot va limonadlar ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. Bu mevalar o’zining mazasi, tahmi, tarkibidagi moddalarning miqdori, hazm bo’lishi bilan madaniy olma mevalaridan qolishmaydi. Yovvoyi olma mevasining tarkibida 10—13% qand, 3,18% pektin, 0,3—0,5% azotli moddalar, bo’yoq, temir moddasi, oz miqdorda efir moyi hamda B1, B2, PP, C, E vitaminlari va karotin moddasi bo’ladi. pista pistadoshlar oilasiga kiruvchi, bo’yi 10 m ga yetadigan buta, ayrim hollarda daraxtdir. U Farg’ona, Zarafshon, Hisor, Bobotog’ tizmalarining dengiz sathidan 700-1500 (2000) m balandliklardagi soz tuproqli joylarida tarqalgan. pista mart-may oylarida gullaydi va mevasi avgust-sentabr oylarida pishadi. O’zbekistonning janubiy rayonlarida tabiiy pistazorlar ko’p. Bu maydonlardan yiliga 40 t meva yig’ishtirib olish mumkin. pista mevasi oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Undan olinadigan moy konditer va parfyumeriya sanoatida ko’llaniladi. Meditsinada pista mag’zidan olingan yog’dan zaytun yog’i bilan bir qatorda foydalaniladi. Undan jigar, oshqozon kasalliklarini davolashda foydalaniladi. pistadan olingan tannid moddasi tibbiyotda ishlatiladigan taninning asosiy manbai hisoblanadi. pista bargida 13— 14%, bujrunida 26—35 % va po’stlog’ida 4—5% tanid moddasi bor. SHuningdek galol va limon kislotalari, buyoq modda-laoi, flavonlar, vitaminlardan 0,158 mg% B1, 0,1 mg% B2, 0,188 mg % PP, C va karotin 10,48 mg % bo’ladi. Uning mevasida 18—25% yog’, oqsil, qand moddalari bor. pistaning foydali xususiyatlarini hisobga olib, uning urug’idan tog’ yon bag’irlarida ko’paytirish va mavjud pistazorlarni muhofaza qilish uchun chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Anjir_ tutdoshlar oilasiga kiradigan daraxtsimon buta bo’lib, bo’yi 4—10 m ga yetadi. Uning shox-shabbalari och kul rang, yosh novdalari tuk bilan qo’langan. Kurtagi qisqa, dumaloq. Barg bandining uzunligi 3—5 sm bo’lib, dag’al tukchalari bor. Bargi dumaloq tuxumsimon yoki tuxumsimon, asosi bir oz siqiq, uchi o’tmas yoki o’tkirroq, panjasimon, besh bo’lakli. Bo’laklari tuxumsimon yoki uzunchoq, ustki tomoni yashil, ostki qismi esa och yashil rangli, barglari qisqa dag’al tukchalar bilan qo’langan. Bargining uzunligi 8— 20 sm, eni 6—15 sm bo’ladi. To’pmevasi pishganda sariq yoki qizg’ish-qora rangdadir. Anjir aprel oyida gullab, iyul-avgust oylarida to’pmevalari pishadi. Anjir madaniy holda ku’ o’stiriladigan o’simliklardan biridir. Lekin u yovvoyi holda Surxondaryo viloyatidagi Sangardak daryosining chap qirg’orida hamda Qo’shtut daryosining o’ng sohilida dengiz sathidan 900— 1700 (1800) m balandlikdagi joylarda uchraydi. Anjirning sutsimon shirasi kal, so’gal, temiratki hamda yuzdagi so’zloqcha (husnbuzar) larni davolash uchun ishlatiladi. U yuqori kaloriyali, juda sutli va to’yimli mevali o’simliklar qatoriga kiradi. Uning to’pmevalarining tarkibida ko’p mikdorda fruktoza va glyukoza, mineral tuzlar, fitsin moddasi, limon, olma hamda sirka kislotalari, A, B, B2 va C vitaminlari bo’ladi. Anjir bargi may oyida 59—183 mg%, iyulda 333 mg% va Oktabr oyida 123 mg% C vitamini saqlar ekan. Tog’olcha rahnoguldoshlar oilasiga kiruvchi, daraxt yoki butalardan iborat bo’lib, bo’yi 2—6 m keladigan, tikanli, yosh novdalari tuksiz, jigar rang-qizil rangdadir. O’suvchi novdalardagi barglari kichik yoki yirik, kattaligi 4,5—5 sm, eni 1,8—2,1 sm, ensiz ellipssimon, asosi ponasimon, tuksiz, o’tkir tishli, bahzan tishlari barg qirg’og’iga qarab qayrilgan bo’ladi. Gullarining diametri 2 sm., mevalarining kattaligi 1—2 sm, turli shakl va rangdadir. Danagi 0,9—1,0 sm uzunlikda, tuxumsimon, silliq hamda burishgan bo’ladi. U mart-aprel oylarida gullaydi, mevasi iyun-iyul oylarida pishadi. Olcha Toshkent va Surxondaryo viloyatlari tog’li rayonlarining daryo sohillarida nam yetarli joylarda, soylarda, shimoliy yon bag’irlarida, bahzan toshli yerlarda ham uchraydi. Umuman bu o’simlik dengiz sathidan 800—2000 m balandlikdagi turli tuproq va iqlim sharoitida tarqalgandir. Olcha mevasidan turli maqsadlarda foydalaniladi. Undan murabbo, kompot va konservalar tayyorlanadi. Mevasi ho’lligicha va quritilgan holda iste’mol qilinadi hamda turli ovqatlarga ishlatiladi. Olcha mevasining tarkibida 5—10% qand, pektin, tanid moddalari, limon va olma kislotalari, mineral tuzlar, A, C vitaminlari hamda karotin bo'ladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling