Qo‘lyozma huquqida udk535. 33


§ 1.5. Ferromagniteklar magnitlanishini domenlar nazariyasi. landay-lifshits tenglamasi


Download 1.31 Mb.
bet18/40
Sana05.01.2022
Hajmi1.31 Mb.
#226820
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Bog'liq
ferromagnitlarning magnit xossalarini xoll effekti yordamida aniqlash (1)

§ 1.5. Ferromagniteklar magnitlanishini domenlar nazariyasi. landay-lifshits tenglamasi.
Nima uchun ferromagnetiklarda odatda ko’p sonli domenlar paydo bo’lishini mufassalroq o’rganaylik. Soddalashtrish uchun ferromagnetik juda ham anizotrop va uning yengil magnitlanadigan o’qi namuna sirtiga perpendikular deb xisoblaymiz 1.10-a rasmda bitta domendan iborat ferromagnetik tasvirlangan. Bu xolda tashqi fazoda ma’lum miqdor energiyaga ega bo’lgan magnit maydon paydo bo’ladi,

1.10-b rasmda magnitlanish yo’nalishi qarama-qarshi bo’lgan ikkita domen bor. Bu yerda tashqi magnit maydon masofa ortishi bilan a holdagiga qaraganda tezroq kamayadi va maydonda to’plangan energiya ham kam bo’ladi. 1.10-v rasmda ko’rsatilgan xolda magnit maydon amalda bevosita magnetik sirtiga yaqin joydagina mavjud bo’ladi va maydon energiyasi yanada kamayadi. 1.10-c rasmda tashqi fazoda magnit maydon umuman bo’lmagan holat tasvirlangan. Bu yerda yon sirtlari magnitlanish vektori bilan hamma joyda 45° burchak xosil qiladigan uch yoqli prizmalar shaklidagi “tutashtiruvchi” domenlar bor. Shu tufayli magnit oqim faqat ferromagnetik ichidan o’tib, u chegaraviy domenlar vositasida tutashadi, tutashtiruvchi domenlar deb atalishining xam sababi shunda, g shuning uchun a holatda turgan ferromagnetik c holatga o’tishga intiladi. Nihoyat, 1.10-d rasmda tutashtiruvchi domenlar bilan birgalikda domenlar to’plami ko’rsatilgan bo’lib, unda ham tashqi maydon yo’q. Bunday shakldagi domenlar tajribada kuzatiladi. Shunday qilib, domen strukturalar hosil bo’lishida ferromagnetik energiyasi kamayishi tufayli ferromagnetiklarning domenlarga ajralishi sodir bo’ladi (L.D.Landau va E.M.Lifshis) O’z-o’zidan magnitlanish (elektron spinlarining orientasiyalanishi) ro’y berganda magnetik deformatsiyalanadi.Agar Kyuri temperaturasidan yuqoriroq temperaturada ferromagnetik monokristalidan shar qilib qirqib olinsa, Kyuri temperaturasidan past temperaturagacha soviganda shar ellipsoidga aylanadi. O’ta magnitlanganda ham domenlarning shakli va o’lchamlari o’zgaradi. Shuning uchun ferromagnetik butunicha qaraganda magnitlanmagan bo’ladi, magnitlanishda esa deformatsiyalanadi.

Almashinish o’zaro ta’sir kuchlari ferromagnetiklardagi elektron spinlarini parallel joylashtiradi.Almashinish kuchlari jism strukturasiga bog’liq bo’lgani uchun ular yuzaga keltiriladigan spinlar orientasiyasi turli xarakterda bo’lishi mumkin.

Ferromagnetizm nazariyasining asosiy massalalaridan biri magnitlanish egri chizig’ini, ya’ni magnitlanish I ning magnitlovchi maydonning kuchlanganligiga bog’liqligini tushuntirishdan iborat.Ko’pgina tadqiqotlar natijasida ferromagnetiklarning magnitlanish prosessirining quyidagi umumiy manzarasi aniqlangan edi.






Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling