Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Sertifikatning amal qilishini tugatish


Download 431.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/27
Sana23.09.2023
Hajmi431.77 Kb.
#1685348
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA O‘RQ-677 25.02.2021

26-modda. Sertifikatning amal qilishini tugatish 
Sertifikatning amal qilishi uning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan 
sanadan e’tiboran tugatiladi. 
Sertifikatning amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: 
auditorning sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi arizasi; 


uch yil davomida auditorlik faoliyatida ishtirok etmaganlik; 
sertifikat rasmiylashtirilgan sanadan e’tiboran olti oy davomida auditorning sertifikatni olish 
uchun kelmaganligi
Oldingi
 tahrirga qarang. 
auditorlar respublika jamoat birlashmasining sertifikat berish to‘g‘risidagi qarori qonunga 
xilof ekanligi fakti aniqlanganligi
(26-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-
yanvardagi O‘RQ-815-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 
03/23/815/0044-son) 
sertifikat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganligi; 
sudning muayyan huquqdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi qonuniy 
kuchga kirgan hukmi; 
sudning sertifikat egasini belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati 
cheklangan deb topish to‘g‘risidagi qarori; 
auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida ushbu Qonun talablarini muntazam ravishda 
(ikki martadan ko‘p) yoki bir marta qo‘pol tarzda buzganlik. 
Quyidagilar ushbu Qonun talablarini bir marta qo‘pol tarzda buzish deb e’tirof etiladi: 
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida ushbu Qonunning 
34-moddasida 
nazarda tutilgan 
cheklovlarni buzganlik; 
bila turib soxta auditorlik xulosasini tuzganlik; 
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida olingan maxfiy axborotni auditorlik tekshiruvi 
buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilganlik, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar 
mustasno; 
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida aniqlangan, buxgalteriya hisobini yuritish, 
shuningdek moliyaviy hisobot tuzish bo‘yicha belgilangan talablarning xo‘jalik yurituvchi subyekt 
tomonidan buzilishi faktlarining auditor tomonidan yashirilganligi; 
sertifikatni boshqa shaxsga uning auditorlik faoliyatida o‘z nomidan ishtirok etishi uchun 
ushbu hujjatdan foydalanishi maqsadida berganlik fakti aniqlanganligi; 
auditorning nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlariga 
ko‘ra har xil tekshiruvlarni o‘tkazish uchun auditorlik tashkiloti va mazkur organlar o‘rtasida 
shartnoma tuzilmagan holda mutaxassis sifatida ishtirok etganligi; 
auditor bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq auditorlik tashkilotining xodimi yoki muassisi 
(ishtirokchisi) ekanligi fakti aniqlanganligi;
auditorning har yilgi malaka oshirish kurslaridan o‘tmaganligi. 
Ushbu modda ikkinchi qismining 
to‘qqizinchi xatboshisida 
nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha 
o‘z sertifikatining amal qilishi tugatilgan auditor sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi 
qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil davomida sertifikat olish haqidagi ariza bilan takroran 
murojaat qilishga haqli emas. 
Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarishga sabab bo‘lgan 
qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan auditorlik tashkiloti rahbari va auditor sertifikatlarining amal qilishi 
auditorlik tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan 
sanadan e’tiboran tugatiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Auditorlar respublika jamoat birlashmasining sertifikatning amal qilishini tugatish 
to‘g‘risidagi qarori ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. 
(26-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 
Sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror auditorga yoki ushbu auditor 
ishlayotgan auditorlik tashkilotiga besh kunlik muddatda yuboriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Sertifikatning amal qilishi tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sertifikatni bergan 
auditorlar respublika jamoat birlashmasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim. 


(26-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror auditor tomonidan olingan kundan 
e’tiboran o‘n ish kuni ichida sertifikat uni bergan auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga yo‘q 
qilish uchun qaytarilishi lozim. 
(26-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 

Download 431.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling