Interfaol usullar va texnologiyalar yuzdan ortiq bo‘lib, bolalar bog’chasida ko‘pincha o‘quv jarayonini tashkil etishda quyidagi interfaol usullardan foydalaniladi:
Klaster: Ushbu metod har qanday mavzu haqida erkin va ochiq fikr yuritishga yordam beradigan usuldir. Bu fikrlashning chiziqli bo‘lmagan shakli. Klasterlarga bo‘linish juda oddiy. Faoliyat jarayonida kalit so‘z tasvirlangan rasm osib qo‘yiladi va bolalarga bu rasm bilan bog’liq so‘zlarni aytib berish taklif etiladi. Ushbu usul guruhda,
shuningdek, bir nechta rasmni taklif qiladigan va ular orasidagi bog‘liqlikni topadigan har bir bola bilan alohida-alohida o‘tkazilishi ham mumkin.
Aqliy hujum – g’oyalarni ishlab chiqish, muqobil variantlar va imkoniyatlarni o‘ylab topish, kamchiliklarni aniqlash va ijodiy yondashuvlarni ishlab chiqishning eng yaxshi va mashhur usullaridan biridir. Aqliy hujumning maqsadi: har bir bolaga tanqiddan qo‘rqmasdan o‘z g’oya
va takliflarini bayon etish, fasilitatorga esa ishtirokchilardan kelgan har bir qimmatli g’oyani qamrab olishga harakat qilish imkonini berishdir. Bu g’oyalar har qanday muammoni hal qilish uchun ham, har qanday masala bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirish uchun ham kerak.
“Intellektual xaritalar yoki aql xaritalari” texnikasi (Mind Mapping)
Aql xaritalari – bu bolalarga g‘oyalar oqimini aks ettirish uchun ishlatiladigan ijodiy chiziqli bo‘lmagan diagramma bo‘lib, tarbiyachi unda hech narsani e’tibordan chetda qoldirmaydi. Aql xaritasi markazidagi mavzu yoki savoldan boshlanib va har bir ishtirokchining fikrlarini kiritish uchun daraxt shoxlarni hosil qilinadi.
“
KONSEPSUAL XARITALAR" TEXNIKASI
Konsepual xaritalar bolalarga “umumiy holat”ni ko‘rishga va munosabatlarni tasavvur qilishga yordam beradi. Konseptual xaritalar katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash uchun qulaydir. Konseptual xaritalar bolalarning metakognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Konseptual xaritalar axborotning vizual tasviridir.
Ular diagrammalar, grafik organayzerlar, jadvallar, oqim diagrammalar (blok-sxemalar), Venn diagrammalari, vaqt jadvallari yoki T-diagrammalar shaklida bo‘lishi mumkin. Konsepsual xaritalar, ayniqsa, vizual o‘rganuvchilar
uchun foydalidir, garchi ular har qanday turdagi o‘rganuvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
“
Auksion” texnikasi - (Oxirgi javob bergan bola g’alaba qozonadi.)
U: - Lampochkaning xossalarini ayting.
D: Nur sochadi!
- Shisha va metalldan yasalgan!
- Unga bosganingizda eshitiladi!
- Shakliga ko‘ra nokka o‘xshaydi!
- Shaffof...
U: - Shaffof - bir, shaffof - ikki ...
D: - Sinadi!
U: - Sinadi - bir, ... va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: