Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Pedagog va bolalarning nofaol o‘qitish usullari bilan o‘zaro ta’siri sxemasi
Shunday qilib, interfaol ta’lim - pedagogikaning qiziqarli, ijodiy, istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik – pedagogik imkoniyatlarini hisobga olgan holda barcha qobiliyatlarini amalga oshirishga yordam beradi. Bevosita ta’lim faoliyatida interfaol texnologiyalardan foydalanish maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyat jarayonidagi qiyinchiliklarini yengillashtiradi, ularning faoliyat shakllarini o‘zgartirish, mashg’ulot mavzusiga e’tibor qaratish imkonini beradi.
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonda metod turlari: 1. Nofaol metod - bu pedagog va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bir shakli bo‘lib, unda pedagog faoliyat kursining asosiy aktyori va boshqaruvchisi, bolalar esa pedagog ko‘rsatmalariga rioya qilgan holda nofaol tinglovchilar sifatida ishlaydi. Tarbiyachi va bolalar o‘rtasidagi aloqa so‘rovlar, topshiriqlar, ko‘rsatmalar va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘quv materialini o‘zlashtirish nuqtai nazaridan passiv usul eng samarasiz deb hisoblanadi, ammo shunga qaramay, u ham ba’zi afzalliklarga ega. Bu tarbiyachi tomonidan mashg’ulotga nisbatan oson tayyorgarlik va cheklangan vaqt oralig’ida nisbatan katta hajmdagi o‘quv materialini taqdim etish imkoniyatidir. Ushbu afzalliklarni hisobga olgan holda, ko‘plab tarbiyachilar nofaol usulni boshqa usullardan afzal ko‘radilar. 2-rasm. Pedagog va bolalarning nofaol o‘qitish usullari bilan o‘zaro ta’siri sxemasi 3-rasm. Pedagog va bolalarning faol o‘qitish usullari bilan o‘zaro ta’sir sxemasi828 2. Faol usul - bu pedagog va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir shakli bo‘lib, unda tarbiyachi va bolalar ta’lim faoliyati jarayonida bir-biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishadi va bu yerda bolalar nofaol tinglovchilar emas, balki faol ishtirokchilardir. Pedagog va bolalar teng huquqlarga ega. Agar nofaol usullar avtoritar o‘zaro ta’sir uslubini nazarda tutgan bo‘lsa, faol usullar yanada demokratik uslubni anglatadi. Interaktiv (inter - o‘zaro, harakat) metod - o‘zaro munosabatda bo‘lish, suhbat, muloqot holatida bo‘lishni anglatadi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, faol usullardan farqli o‘laroq, interfaol usullar bolalarning nafaqat pedagog bilan, balki bir-biri bilan ham kengroq o‘zaro munosabatiga va o‘quv jarayonida bolalar faolligining ustunligiga qaratilgan. Interfaol usullarda pedagogning o‘rni o‘z maqsadlariga erishish uchun bolalar faoliyatining yo‘nalishiga qisqartiriladi. Interfaol usullarning an’anaviy usullardan muhim farqi shundaki, bolalar nafaqat o‘tilgan materialni mustahkamlaydilar, balki yangilarini ham o‘rganadilar. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling