Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-jadval Kasbiy kompetensiya tahlili
- Yaxshi O‘ta Qoniqarli
- TADQIQOT MUHOKAMASI
3. Qiyosiy tahlil natijalari. San’at markazi va syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markazlarda olib borilayotgan mashg‘ulotlarni kuzatib, belgilangan mezonlar asosida tarbiyachilar faoliyatini qiyosiy tahlil qildik.
3-jadval Kasbiy kompetensiya tahlili
Xulosa qilib aytganda, bolalar nutqini takomillashtirishda rivojlanish markazlarida olib borilayotgan mashg‘ulotlar samaradorligi oshishi kerak. Chunki samarali mashg‘ulot orqali bola o‘rgatilgan bilimlarni xotirasida tez va mustahkam saqlaydi. Shuningdek, bu mashg‘ulotlar orqali bolalarning har bir kuni, har bir soati qiziqarli va maroqli o‘tadi. Zero, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning qobiliyatlarini rivojlantirib, har tomonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalash, tarbiyachi-pedagoglarning ustuvor vazifalaridan biridir. TADQIQOT MUHOKAMASI “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: nutqni eshitadi va tushunadi; o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi; tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qiladi; tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi; badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi; so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi; turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab berishni biladi; yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi211. Pedagoglarning vazifasi – bolalarning muloqotga kirishishga bo‘lgan qiziquvchanligini rag‘batlantiruvchi muhitni yaratish va bolalarning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga qarab, o‘z vaqtida kerakli sharoitlarni moslashtirish hamda ularni kuzatishdan iborat. Bolalar fonologik xabardorlikka ega bo‘lganda so‘zlarni tashkil etuvchi aniq tovushlarni eshitganda ko‘proq muvaffaqiyatli o‘qiydilar. Fonologik xabardorlik quyidagi qobiliyatlarni o‘z ichiga oladi: So‘zlar ichida aniq tovushlarni eshitish. So‘zlarni fonemalarga ajratish. Alohida fonemalarni mazmunli so‘zlarga aralashtirish. Qofiyalangan so‘zlarni aniqlash212. Bolaning rivojlanishi va yosh xususiyatlariga mos nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan olimlarning fikrlarini biz ham qo‘llab-quvvatlagan holda bugungi kun talablari darajasida aniq maqsadlarga qaratilgan ishlarni amalga oshirish muhimligini ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Rivojlanish markazlarida turli sohalarni o‘rganish, mashg‘ulotlarda zamonaviy usullarni qo‘llash, birinchi navbatda, nutqiy kompetensiyalarni rivojlantiradi. Ularning lug‘ati kundan kunga yangi tushunchalar, so‘zlar bilan boyitib boriladi. Nutqning grammatik tuzilishi, nutq madaniyati shakllantirilib, dialogik va monologik nutqi takomillashtiriladi. MTT tarbiyachilari kichik yoshli bolalarni o‘z ona tilida ravon gapira olish, nutqiy vaziyatlarda til imkoniyatlaridan foydalana olish darajalarini oshirishda mashg‘ulotlarda zamonaviy usullarni qo‘llash ham juda yaxshi samara berishini kuzatdik va tahlil qildik. Tarbiyachilar faoliyatida yutuqlar bilan bir qator kamchiliklar borligi ma’lum bo‘ldi. Biz ularning faoliyatini kuzatishda odatdagi ish faoliyatidan chetga chiqmaslikka harakat qildik. Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratildi: Tarbiyachining nutqiy kompetensiyasi va ona tili boyligidan unumli foydalanishi. Tarbiyachilarning interaktiv metodlardan foydalana olishi. Mashg‘ulotlarga tayyorgarlik darajasi va o‘tishi. Kreatiiv fikrlay olishi va muammoli vaziyatlardan tafakkur yordamida chiqa olishi. Mashg‘ulotlarning ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan holda muntazam va izchil olib borilishi. Bolalarni turli nutqiy vaziyatlarga tayyorlay olish mahorati. Bolalar nutqini rivojlantirishda tarbiyachilar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar sifatida quyidagilarni sanab o‘tamiz: MTTlarning uslubiy-metodik ta’minoti zamonaviy talablar darajasida emas. Bu esa ayrim tarbiyachilarning dars mashg‘ulotlarini olib borishda eski, an’anaviy usullardan foydalanishiga olib kelmoqda. MTT tarbiyachilarining axborot texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish. Bu esa texnik tomondan mashg‘ulot sifati oshishiga xizmat qiladi. Mashg‘ulotlarni rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlikning buzilishi. Mashg‘ulotlarni rang-barang va har xilligini ta’minlay olmaslik. Bu esa dars jarayonida bolalarning chalg‘ishiga va qo‘yilayotgan materiallarning o‘zlashtirilmasligiga olib keladi. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-olam bilan tanishtirish, balki umumiy psixik rivojlanish ustuni hisoblanadi. Bola nutqining rivojlanishi umuman shaxsni va shu bilan birga barcha psixik jarayonlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. “...Tilni egallash jarayoni – bu faqat shunchaki bilimlar, mahorat hamda ko‘nikmalarni berish jarayoni emas. Bu, eng avvalo tarbiyadir. Qalbni tarbiyalash, aqlni tarbiyalash, fikrlar tuzishni shakllantirish, inson ruhiy qiyofasining eng nozik qirralariga chidam bilan ishlov berishdir213” (K.D.Ushinskiy). Bola nutqiy rivojlanishining, bir tomondan, tashqi ta’sirlar bilan belgilanishi, ikkinchi tomondan esa uning to‘satdan yuz berishi, “o‘z-o‘zidan harakatga kelishi” bilan tavsiflanishini tushunish nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurlarga xos holatdir. Nutqni rivojlantirishning ana shu qonuniyatlari va mexanizmlarini tushunib yetish ularni batafsil ko‘rib chiqishni talab qiladi. K.D.Ushinskiyning fikricha, bolaga ta’lim va tarbiya berishda tilning qimmati dastlab ijtimoiy hodisaning chuqur xalqchilligi bilan, uning milliy xarakteri bilan belgilanadi. U „tilda chuqur ma’noli ko‘pdan ko‘p falsafiy fikrlar, chinakam nafis his-tuyg‘ular, nihoyatda to‘g‘ri, ko‘rkam did, flkrni bir yerga to‘plab, zo‘r diqqat bilan qilingan mehnat izlari, tabiat hodisalari va ulardagi eng nozik rang-barangliklarni g‘oyat darajada ziyraklik bilan his etish, kuzatuvchanlik, zo‘r mantiqiylik... bor“, deb ta’riflaydi. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling