Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta guruhda
- Maktabga tayyorlov guruhida
7-rasm. “Nilufar Gul”
O‘rta guruhda didaktik o‘yinlar orqali bolalar eshitish, ko‘rish, sezish a’zolari yordami bilan turli narsalar va ularni yasash uchun ishlatiladigan materialning xossalarini bilib olish, narsalarni tashqi ko‘rinishiga qarab bir-biriga taqqoslash, guruhlarga ajratishni o‘rgatish vazifalari amalga oshiriladi. Yana didaktik o‘yin davomida bolalar o‘rtaga qo‘yilgan masalani hal etishda sabr-matonatli bo‘lishga, qiziquvchanlikka, diqqat-e’tiborlilikka odatlantirib boriladi. Musiqaviy-didaktik o‘yinlar orqali tovushlarni diqqat bilan tinglab, baland-pastligiga, ritmiga, tembriga, dinamikasiga qarab bir-biridan farq qila olishga o‘rgatib boriladi. Katta guruhda didaktik o‘yinlar quyidagi vazifalarni hal etishni maqsad qilib qo‘yadi: kuzatuvchanlik, narsalarni tekshira bilish, bir-biriga taqqoslay olish, ularning belgilaridagi kichik farqlarni (rangi, shakli, katta-kichikligi, materiallarni seza bilish, narsalarning joylanishidagi o‘zgarishlarni) aytib bera olish kabi sensor qobiliyatlarni tarbiyalash; biron hayvon, o‘simlik, transport ta’rif-tavsif qilib berilganda, ularning nomini topa bilish malakasini o‘stirish, bolalarning umumiy tasavvurini, buyumlarni umumiy belgilariga qarab guruhlarga bo‘lish qobiliyatini rivojlantirish, so‘z faolligini oshirish va to‘ldirish; qismlardan yaxlit narsalar (kubiklar, mozaika va boshqalar yasash malakasini o‘stirish). Musiqaviy didaktik o‘yinlar orqali tovushlarni bir-biridan farqlashni o‘rgatish, ritmik usulni ajrata olish, ashulalar va cholg'u asboblari ovozining tembrini farq qilish ("Kim kuylayapti?", "Shiqildoqli childirma"), ovozning dinamikasini ajrata olish ("tez, sekin kuylaymiz") uchun foydalanish kabi vazifalar amalga oshiriladi. Maktabga tayyorlov guruhida didaktik o‘yinlar hamma yosh guruhlaridagi kabi alohida o‘rin tutadi va bu guruhda didaktik o‘yinlar orqali quyidagi ta'lim-tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi: bolalarda didaktik o‘yinlarga qiziqish uyg'otish, har bir narsani bilishga havas, kuzatuvchanlik, diqqat-e’tibor, ziyraklik, aqliy vazifalarni mustaqil hal qilish malakasini tarbiyalash. Ularga narsalarni turkumlarga bo‘lishda yordamlashuvchi o‘yinlarni, domino, mozaikaning har xil turlarini, shashka, sakrovchi biryo‘lkalarni jumboq o‘yinlar, og'zaki o‘yinlar (“Dengiz to‘lqillanmoqda”, "Qora va oq”), ranglarni va ulardagi nozik ayirmalarni bir-biridan farqlashni o‘rgatadigan o‘yinlar o‘tkaziladi.109 Musiqaviy-didaktik o‘yinlar orqali esa bolalarni tovushlarga diqqat bilan quloq solishga (“Tovushlarni takrorla”, “Ikki metalafonni galma-gal chalish” va h.k) ritmik shaklni gavdalantirib berishga ("O‘z ritmingni o‘ylab ol", "Bolalar va filchalar"), dinamik farqlarni bir-biridan ajratishga ("Ovchilar va quyonlar”) o‘rgatiladi. Didaktik o‘yinda bolalar har doim o‘zlarini o‘ynayotgandek his etishlari kerak. Narsalar bilan o‘tkaziladigan didaktik o‘yinlardan tarbiyachi bolalarni narsalar, ularning xususiyatlari va bir-biridan farq qiladigan xususiyatlari bilan, ularni ishlatish usullari bilan tanishtirish vositasi sifatida foydalanadi. Bolalarning narsalar, ularning sifati to‘g'risidagi bilimlarini mustahkamlash uchun har xil o‘yinchoqlar, suratlar, uy-ro‘zg'or buyumlaridan foydalaniladi. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling