Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet146/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
TADQIQOT NATIJASI 
Bir qator istiqbolli maktabgacha ta’lim dasturlari va 
boshqaruv tizimlari bolalarning ijtimoiy va hissiy qobiliyatlarini 
yaxshilashga qaratilgan. Ba’zi modellar tarbiyachilarning xatti-
harakati va o‘zaro ta’siri bolalarning diqqati, his-tuyg‘ulari va xatti-
harakatlarini modulyatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydigan 
nazariyaga asoslanib, tarbiyachilar uchun strategiyalarni 
belgilaydi. Bir qator kichik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 
o‘qituvchilar va ota-onalarni ushbu strategiyalarga o‘rgatish sa’y-
harakatlari samarali bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, tarbiyachilar xatti-harakatlari bilan bog‘liq 
muammolarni samaraliroq boshqaradigan guruh bolalarining 
faolligi yuqori ekanligi aniqlandi. Biroq, bu jarayonlar ham 
korrelyatsion ma’lumotlarga asoslangan bo‘lib, guruhdagi muhitni 
o‘zgartirish bolalarning xatti-harakatlari va o‘quv faoliyatidagi 
o‘zgarishlarga olib keladimi yoki yo‘qmi, degan savol tug‘diradi. 
Ta’limni o‘rganish asosi ushbu bog‘lanishlarning mumkin bo‘lgan 
sababini tekshirish imkoniyatini beradi.
2-jadval.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini rivojlantirish 
bo‘yicha so‘rovnoma
1
 
 
 
1
Muallif ishlanmasi 
Maktabgacha 
ta’lim 
tizimi 
boshqaruvini 
tubdan 
takomillashtirish maqsadida Farg‘ona maktabgacha ta’lim klasteri 
malaka oshirish kurslariga jalb qilingan maktabgacha ta’lim 
tashkiloti tarbiyachilari оrasida direktorlar faoliyatini o‘rganish 
maqsadida anonimlik qoidalariga muvofiq so‘rovnoma o‘tkazildi.
So‘rovnomada 50 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti 
tarbiyachilariga quyidagi savollar bilan murojaat qilindi. 
O‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, ishtirokchilarning 47 nafari (94%) 
o‘z rahbarlarining maktabgacha ta’lim tizimidagi barcha qabul 
qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar va dasturlari bilan tanishib 
chiqqanligi, 3 nafari (6%) esa qisman tanish ekanligi aniqlandi. 
Rahbarlarning pedagog-tarbiyachilarning ta’lim-tarbiyaviy 
jarayonidagi faoliyatini muntazam nazorat qilib borishi bo‘yicha 
berilgan savolga 40 nafari (80%) ijobiy javob berishgan, 10 nafari 
(20%) esa nazoratning yetarli darajada emasligini belgilashgan.
So‘rovnoma ishtirokchilarining 30 nafari (60%) MTTda 
o‘quv-seminarlar tashkil qilinishini tasdiqlagan bo‘lsa, 20 nafari 
(40%) bunday tadbirlarning amalga oshirilmasligini ma’lum 
qilishgan.
Boshqa MTTlar bilan o‘zaro hamkorlik ishlari yo‘lga 
qo‘yilganligi bo‘yicha 28 nafar (56%) ishtirokchi hamkorlikni 
tasdiqlagan bo‘lsalar, 22 nafar (44%) ishtirokchi buni rad etishdi.
Boshqaruv usuli odatda menejerning xodimlar va mehnat 
jamoalariga maqsadli ta’sir ko‘rsatish, ularning harakatlarini 
muvofiqlashtirishni ta’minlash usullari majmui sifatida talqin 
etiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu yerda usul – bu tashkilotning 
erishilgan darajasi bilan shartlangan, rahbardan tashqarida va 
mustaqil 
ravishda 
mavjud 
bo‘lgan 
mutlaqo 
ob’yektiv 
tushunchadir. 
Boshqarishning turli usullari va vositalarining optimal 
kombinatsiyasi va nisbatini tanlash analitik va psixologik ijodiy 
harakatdir.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkiloti 
direktorlari zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan, tarbiyachi-
xodimlar bilan bevosita aloqasi, ichki nazoratning shaffof emasligi, 
tashkilotga oliy ma’lumotli kadrlarni jalb etmaganligi, hududdagi 
boshqa ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik va tajriba 
almashinuvining to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligi kabi muammolar 
aniqlandi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling