Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet149/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

ISSN: 2181-1695 
OAK: 01-08/1819/6 
www.herald.uz
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA O‘YIN 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 
Mamaraximova Mushtariy
 
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi 
 
MAQOLA HAQIDA 
ANNOTATSIYA 
 
Qabul qilindi:  24-may 2022-yil
Tasdiqlandi:  26-may 2022-yil 
Jurnal soni:  3 
Maqola raqami: 12 
DOI: https://doi.org/10.54613/001212 
Maqolada o‘yinning yosh xususiyatlari, o‘yin jarayonida bolalar orasida ikki turdagi 
munosabatlarni shakllantirish, kuzatish, taxli va tatbiq etish, ta’lim-tarbiya jarayonini o‘yin 
orqali rivojlanish markazlarida tashkil etish, umumiy guruxlarda ta’lim jarayonini 
rejalashtirish, guruhlarda tashkil etiladigan rivojlantiruvchi muhitni yaratish. Maktabgacha 
ta’lim tashkilotida o‘yinli texnologiyalardan to‘g’ri va samarali foydalanish ko‘rsatib o‘tilgan. 
Shuningdek, rivojlangan davlatlarning maktabgacha ta’lim tizimining boy tajribasini o‘yinlar 
orqali qo‘llashning o‘ziga xosligi asoslab berilgan. 
KALIT SO‘ZLAR
 
O‘yin faoliyati, o‘yin texnologiyasi, 
sahnalashtirish o‘yinlari, ijodiy o‘yinlar, 
qoidali o‘yinlar, ta’limiy o‘yinlar, milliy 
o‘yinlar.
 
 
 
 
 
KIRISH
Bugungi kunda Oʻzbekistonda maktabgacha yoshdagi 
bolalarga taʼlim berish, rivojlantirish va tarbiya qilish davlat taʼlim 
siyosatining muhim vazifasi hisoblanadi. Uning asosiy yoʻnalishlari 
davlat va hukumat, Maktabgacha taʼlim vazirligining qator 
hujjatlarida aks etgan. 2019-yil 16-dekabr kuni Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Maktabgacha 
taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi qonunda, maktabgacha taʼlim va 
tarbiyani bolalarni oʻqitish va tarbiya qilish, ularni aqliy, maʼnaviy-
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish hamda umumiy oʻrta 
taʼlimga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz taʼlimning bir qismi 
sifatida belgilaydi. Bu qonun, tizimda o‘ziga xos bo‘lgan chora-
tadbirlarni ishlab chiqdi va amalda joriy etilishini ko‘rsatib 
ta’minlovchi hujjat sifatida qabul qilindi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4312-sonli qarori, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi 
“Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qarorini ijro etish 
maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2030-yilgacha maktabgacha 
ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z 
ichiga oladi.
O‘zbekiston 
Respublikasida 
maktabgacha 
ta’limni 
rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta 
va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda 
maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 
dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos 
bo‘ladi. Bu qonunning ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlarida
maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va 
jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar 
yaratish, olalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga o‘rgatish, 
gimnastika va faol o‘yinlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali 
tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sportga 
qiziqish uyg‘otishni shakllantirish, jismonan sog‘lom o‘sib 
kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash belgilab qo‘yilgan.
2
2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim 
vazirligi tomonidan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi tasdiqlangan 
edi. Bu ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga 
qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan normativ-
huquqiy hujjat hisoblanadi. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga 
koʻra, maktabgacha taʼlim tashkiloti (MTT) da taʼlim faoliyatini 
tashkil etishning eng muhim tamoyili – oʻyin orqali maktabgacha 
1
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 16.12.2019 yildagi O‘RQ-595-son 
2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-
sonli qarosi, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. 
taʼlim yoshidagi bolalarni oʻqitish va rivojlantirishdir. Bu dastur 
guruhdagi beshta 
faoliyat markazida olib boriladigan 
mashg’ulotlarni, sayrlar, mustaqil faoliyatlarni o‘yin tarzida olib 
borilishi nazarda tutilgan.
3
Oʻyin bolalarning jismoniy, aqliy, ijtimoiy va hissiy salomatligi 
va farovonligida markaziy rol oʻynaydi. Tadqiqotlar hatto oʻynash 
imkoniyatidan mahrum bolalar keyinchalik ijtimoiy va hissiy 
muammolarga duch kelishi mumkinligini tasdiqladi. Oʻyin bu 
bolalar olamni qanday qabul qilishi va oʻz tajribasini anglashidir. 
Oʻyin shunday ahamiyatga egaki, 2013-yilda BMTning Bola 
huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyada oʻyinlar va oʻyin-kulgi bolalar 
salomatligi va farovonligi uchun juda muhimdir va ijodkorlik, 
tasavvur, oʻz-oʻziga ishonch, samaradorlik va jismoniy, ijtimoiy, 
kognitiv va hissiy kuch va koʻnikmalarning rivojlanishiga zamin 
yaratadi. Ular taʼlimning barcha jihatlariga hissa qoʻshadilar; 
oʻyinlar kundalik hayotda ishtirok etish shakli boʻlib, bolaga faqat 
quvonch va zavq keltirishi nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. 
Soʻnggi yillarda tadqiqotchilar, pedagoglar, psixologlar va 
shifokorlar oʻyin barcha sohalarda yosh bolalarning sogʻlom 
rivojlanishi uchun hayotiy muhim element ekanligini ishonarli 
darajada isbotlab berishdi. Bu BMTning “Bola huquqlari 
toʻgʻrisida”gi Konvensiyasining 31-moddasida ham belgilangan
4

Unda aytilishicha, bolalar yoshiga mos oʻyinlarda ishtirok etish 
huquqiga ega. Bolalar oʻyin kompetensiyalarini egallashlari uchun 
ularga vaqt, makon, materiallar hamda ota-ona yoki vasiylarning, 
maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan malakali 
tarbiyachilarning qoʻllab-quvvatlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan. 
Shu sababdan oʻyin alohida bolalar uchun taʼlimda 
muvozanatni saqlashga yordam beradi, chunki bola oʻz taʼlimini 
qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan darajada va jadallik bilan 
olib boradi. U har bir bolaning rivojlanish ehtiyojlari va 
manfaatlarini gʻayrioddiy tarzda inobatga oladi.
Oʻyinda ikki yoki undan koʻp bolalar birga qurishsa, u ijtimoiy 
boʻlishi mumkin. Agar bolalar qolipga amal qilmasa yoki tuzilmani 
qaytadan yaratsa hamda shaxsiy dizaynga koʻra qandaydir 
yangilik oʻylab topsa, u ijodiy boʻlishi ham mumkin. Bundan 
tashqari, oʻyinning har xil turlari va darajalarini qator ijobiy ijtimoiy 
va (bilish jarayonlari) kognitiv natijalar bilan bogʻlovchi juda koʻp 
tadqiqotlar oʻtkazilgan. Oʻyinning yosh xususiyatlari, oʼyin 
jarayonida bolalar orasida ikki turdagi munosabatlarni 
shakllantirish, kuzatish, tahlil va tatbiq etish, taʼlimi-tarbiya 
jarayonini oʻyin orqali rivojlanish markazlarida tashkil etish, 
3 Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining 2018 yil 
7 iyuldagi 4-sonli hayʼat yigʼilishi qarori bilan tasdiqlangan “Ilk 
qadam” Davlat oʼquv dasturi. 
4 Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya, BMT Bosh Assambleyasi 
tomonidan 1989 yil 20 noyabrda qabul qilingan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling