Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet152/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Bolaga yangi materialni o‘rganishda qiyinchiliklarga duch 
kelmasligi uchun uni qanday qilib muvaffaqiyatli o‘rgatish kerak? 
Ushbu muammoni o‘yin texnologiyalari hal qilishi mumkin. O‘yinda 
bola tabiiy ravishda korreksion, ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarni hal 
qilib o‘rganadi. Bunga o‘yinning ijobiy hissiy fonlari yordam beradi. 
Oʻyinda bolalar barcha koʻnikmalaridan foydalanuvchi 
nazorat qilinadigan harakat makonini yaratadilar. Maktabgacha 
yoshda bolalarning ijtimoiy hayoti aynan oʻyinda toʻliq faollashgan 
boʻladi. Oʻyin bolalarga muloqotning turli shakllaridan mustaqil 
foydalanish imkonini beradi. Oʻyin jarayonida bolalar orasida ikki 
turdagi munosabatlar shakllanadi:

oʻyin 
mazmuni, 
qoidalari 
bilan 
belgilanadigan 
munosabatlar;

oʻyin boʻyicha namoyon boʻladigan haqiqiy munosabatlar 
(rollarning taqsimlanishi, nizodan chiqish va h.k.). Real 
munosabatlar shaxsiy boʻlib, nafaqat oʻyinda, balki maktabgacha 
tashkilotda bolaning butun yashagan davri davomida shakllanadi. 
Shunday qilib, haqiqiy munosabatlar asosida bolalar “jamoatchilik” 
(A.P. Usova) sifatlarini shakllantiradilar (yoki shakllantirmaydilar): 
oʻynayotgan bolalar guruhiga kirish, unda muayyan tarzda harakat 
qilish, sheriklar bilan munosabatlar oʻrnatish, jamoatchilik fikriga 
boʻysunish kerak bo‘ladi.
12
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan 
avlodni sog’lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-
tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda 
usullarini joriy yetishga qaratilgan maktabgacha ta’limning 
samarali tizimini tashkil yetish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga 
oshirildi. Dasturlar va qo‘llanmalar, xorijiy tajribalarda aynan o‘yin 
texnologiyasi asosida olib borish eng muhim ko‘rsatkichlardan 
biriga aylandi. 
Oʻyin odatda erkin tanlangan, bolalarga qaratilgan va zavqli 
faoliyat sifatida belgilanadi. U ijtimoiy, (bilish jarayonlari) kognitiv 
va rivojlanish xususiyatlari va bosqichlari boʻyicha qoʻshimcha 
tahlil qilindi va tasniflandi. Tarbiyachi o‘yinda bolalar bilan 
hamkorlik qilishi kerak u ularga yakuniy yechimlarni berish orqali 
emas balki muammoni taklif qilish orqali yordam berishi kerak. 
Shuningdek ularga o‘z imkoniyatlarini anglashga yordam berishi 
kerak, o‘yinda sherik bo‘lish o‘yin orqali ta’lim bolaning psixologik 
(potentsialini) Potensial (lot. potentia-salohiyat)-biror vazifani hal 
etish va koʻzlangan maqsadga erishishda foydalaniladigan manba, 
imkoniyat, mablagʻ, zaxiralar, ayrim shaxs, jamiyat, davlatning 
muayyan sohadagi salohiyatlarni, boshqarishni anglatadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling