Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

Fikrlar sintezi – bu bolalar kichik guruhlarga birlashib
muayyan vazifani bajaradigan ish usuli bo‘lib, masalan, qog’ozga 
chizilgan rasm. Bir guruh chizgan rasmni boshqa guruh davom 
ettiradi va bajarilgan vazifani yakunlaydilar. Faoliyat jarayoni 
yakunlanganidan so‘ng ular tasvirning qandayligi va nima uchun 
tugatilganligi haqida umumiy hikoya qila olishlari kerak.
Karusel - ushbu texnologiya bolalarning juftlikda ishlashlari 
uchun qo‘llaniladi. Interfaol texnologiya, ya’ni "karusel" bolada 
o‘zaro yordam, hamkorlik qobiliyatlari kabi axloqiy va irodaviy 
fazilatlarni shakllantiradi. Buning uchun har bir bola o‘zining juftini 
topib, uning tashqi doirada kim bo‘lishi va ichki doirada kim 
ekanligini bilib olishi kerak. Ichki doira ichida turgan bolalar qattiq 
ovozsiz deb ataladi va tashqi doirada turgan bolalar yumshoq 
ovozsiz deb nomlanadi. Bolalar bir-biri bilan faol muloqot qiladilar, 
qattiq va yumshoq ovozsizlarni aniqlaydilar. 
Munozara - bu murakkab muammoni jamoaviy muhokama 
qilish usuli. Muhokamaga ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari 
tayyorgarlik ko‘rishlari va barcha bolalar faol ishtirok etishlari 
kerak. Muhokamaning oxirida muammoning yoki tavsiyaning 
yagona jamoaviy yechimi shakllantiriladi. Savollar (vazifalar) 
beshtadan ortiq taklif qilinishi kerak. Ularni shakllantirish, ilgari 
aytilmagan muammo haqida turli fikrlarni ifoda etish imkoniyati 
bo‘lishi kerak. Bolalar o‘z fikrlarini bildirishni o‘rganadilar: 
"Menimcha", "Mening fikrimcha", "Men roziman, lekin", "Men 
bunga qo‘shilmayman, chunki (sababi keltiriladi). 
"Miya hujumi (miya bo‘roni)" - bu bola va tarbiyachi 
ijodkorligini rivojlantirishga yordam beradigan usullardan biridir. 
Ushbu usul murakkab muammolar yoki masalalarni muhokama 
qilishda qo‘llaniladi. Muammoni hal qilish uchun vaqt ajratiladi 
(vaqt davomiyligi 10 daqiqagacha bo‘lishi mumkin) va bir muncha 
vaqt o‘tgach, qaror qabul qilish haqida qo‘shimcha ma’lumot 
to‘planadi. "Miya hujumi" paytida qolgan barcha bolalar 
tinglashlari va yagona to‘g’ri qaror qabul qilishlari kerak bo‘lgan 
muammolarni hal qilish uchun barcha mumkin bo‘lgan (va mumkin 
bo‘lmagan mantiqiy) variantlarni keltirib o‘tishlari kerak.
6
1

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling