TADQIQOT MUHOKAMASI
Interfaol ta’limning maqsadlaridan biri - ta’lim oluvchining
muvaffaqiyatini, intellektual qobiliyatini his etadigan qulay ta’lim
sharoitlarini yaratishdir, ya’ni bu o‘quv jarayoni samarali tashkil
qilinadi. Interfaol ta’lim samarali muloqotni o‘z ichiga oladi, chunki
u o‘zaro yordam, o‘zaro tushunishni talab qiladi va muammolarni
birgalikda hal qilishga jalb qiladi.
11
4
Biz MTTlarida quyidagi interfaol usullardan foydalanib,
yetarlicha xulosa olamiz:
1.
Individual shakl – har bir bolaning vazifasini mustaqil
ravishda bajarishini bildiradi.
2.
Juftlik shakli esa birgalikdagi vazifalarni hal qilish uchun
ishlatiladi.
3.
Guruh yondashuvida bolalar kichik guruhlarga bo‘linadi,
agar vazifa bir vaqtning o‘zida barcha ishtirokchilar tomonidan
amalga oshirilsa, bu shakl jamoaviy deb ataladi.
Ta’limning ushbu interfaol shakllari faoliyatning samarali va
mazmunli bo‘lishiga yordam beradi. Tadqiqotlarda keltirilishicha,
olimlar U.N. Nishonaliyev, B.L. Farberman, V.P. Bespalko, M.
Ochilov, N.N. Azizxodjayeva, N. Saidahmedov, M.V. Klarin, V.A.
Slastenin, S.K. Ismagulova, O‘.Tolipov va boshqalarning ta’riflarini
umumlashtirgan holda pedagogik texnologiya “Pedagogik
faoliyat muvaffaqiyatini kafolatlay oluvchi hamda tarbiyalanuvchi
shaxsini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon loyihasi” deb
yuritila boshlandi.
Olimlar olib borgan izlanish natijasida Interfaol ta’limni
yaratish birinchi navbatda, bolalarning ta’lim muhitiga, pedagog
va bolaning o‘zaro ta’siri amalga oshiriladigan tajriba sohasi
sifatida xizmat qiluvchi ta’lim muhitiga asoslangan muloqot
ta’limidir, deya e’tirof etiladi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish, yangi sifat darajasiga
o‘tish innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqmasdan amalga
oshirilmaydi. Innovatsiyalar bolaning shaxsiyatiga, uning
qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik amaliyotda
qo‘llaniladigan yangi usullar, shakllar, vositalar, texnologiyalarni
aniqlaydi. Bunga ko‘ra, A. M. Matyushkin, T.V. Kudryavtsev, M.I.
Maxmutov, I.Ya. Lerner, M.M. Levi va boshqalar faol usullar
bo‘yicha tadqiqotlar, birinchi navbatda, maktab o‘quv
materiallarida olib borildi, bu esa maktabgacha ta’limda faol
usullarni joriy etishni qiyinlashtiradi, chunki u muayyan
moslashishni talab qiladi, degan fikrga kelindi.
Shunday qilib, o‘qitishning faol usullarini ishlab chiqish va
joriy etish ilmiy bilimlarning turli sohalarida taqdim etilgan va
ko‘plab pedagoglar va psixologlar tomonidan o‘rganilgan, ammo
maktabgacha ta’lim sharoitida faol o‘qitish usullaridan foydalanish
yetarli darajada o‘rganilmagan, bu esa ushbu mavzuning
dolzarbligini oldindan belgilab beradi.
12
5
Do'stlaringiz bilan baham: |