Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa sifatida aytish mumkinki, maktabgacha ta’lim 
sohasida har bir harakat bu bola shaxsi va uning fikri, u bilan olib 
boriladigan hamkorlik ishlarida o‘z aksini topayotgan bo‘lib, bu 
jarayonning yanada samarali olib borilishida interfaol uslublarni 
to‘g’ri qo‘llay olish, ta’lim jarayoniga interfaol pedagogik 
texnologiyalarni joriy etish maktabgacha yoshdagi bolalarning 
kompleks fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish, ularni 
zamonaviy ta’lim davlat standartlari qo‘ygan vazifalarga muvofiq 
atrof-muhit bilan o‘zaro hamkorlikning konstruktiv usullari va 
vositalarini egallashga qaratilgan. 
Maktabgacha ta’limga bo‘lgan zamonaviy talablar 
pedagoglarni ta’limni rivojlantirishga yo‘naltiradi, maktabgacha 
yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun bilim, o‘yin, qidiruv va 
o‘quv o‘zaro ta’sirining elementlari sintez qilinadigan yangi 
texnologiyalardan foydalanish zarurligini belgilaydi.
Pedagog-tarbiyachilar muloqot qobiliyatiga ega bo‘lgan 
shaxsni shakllantirish uchun ta’lim jarayonini tashkil etishda yangi 
pedagogik texnologiyalarni izlashlari kerak. Bular quyidagicha:
1)
Ta’limiy va tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishda 
tarbiyachining interfaol usullardan foydalanish texnikasini joriy 
qilish; 
2)
MTT pedagog xodimlari va pedagogik jamoa uchun 
ta’lim jarayonida interfaol usullarni qo‘llashga oid seminar-
treninglar o‘tkazish; 
3)
Joylarda (oila, maҳalla, MTT, maktablarda) bola shaxsini 
rivojlantirishga qaratilgan o‘quv chiqishlarini olib borish. 
4)
Pedagog va bolalarning o‘zaro hamkorlikdagi ta’lim 
muhitida samarali muloqot o‘rnatish. 
12
5
Использование активных методов в разных блоках обра-
зовательного процесса. Борисова Анжела Николаевна 
13 
6
Статья «Интерактивные методы обучения» Булгакова Любовь 
Анатолиевна 


 
www.herald.uz
 
20 
5)
Maktabgacha ta’limning metodik ta’minotini interfaol 
uslublar asosida tarbiyalashga yordam beruvchi o‘quv manbalari 
majmuasi (o‘quv va metodik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar) hamda 
o‘quv materiallari bilan boyitish. 
6)
Malaka 
oshirish 
o‘quv-kurslarining 
muddatini 
qisqartirish ( har yilda 1 marotaba) 
Bola mustaqil ravishda turli faoliyatlarda - o‘yin, muloqot, 
bilim va tadqiqot faoliyati, dizayn va boshqalarda tashabbus va 
mustaqillikni namoyon qilishi kerak. 
Bir so‘z bilan aytganda, bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim 
dasturi ta’limda interfaol usullarni qo‘llash orqali kamol topishida, 
zamonaviy bilimlarni egallashida, tengdoshlari va ta’lim muhitida 
o‘z o‘rni va “Meni”ga ega bo‘lishida, uni qo‘llashda interfaol 
uslublar va ularni ishlab chiqish, ta’lim tizimida samarali va natijali 
qo‘llash orqali olib borilgan so‘rovnomalar va kuzatuvlar orqali 
tahlil va tatbiq qilish ishning bajarilganlik darajasi va sifat 
yondashuvini belgilab beradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling