Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
 


 
www.herald.uz
 
21
ISSN: 2181-1695 
OAK: 01-08/1819/6 
www.herald.uz
MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK 
KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH 
Abdushukurova Sevara
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi 
 
MAQOLA HAQIDA 
ANNOTATSIYA 
 
Qabul qilindi:  08-Noyabr, 2022
Tasdiqlandi:  15-Mart, 2022
Jurnal soni:  3 
Maqola raqami:  3
DOI: https://doi.org/10.54613/001203 
Maqolada ertaklar vositasida bolalarni kitobxonlikka o‘rgatishning turli usul va 
vositalari, maktabgacha yoshdagi bolalarning kitobga qiziqishlari va ertaklarning bola 
ongi va dunyoqarashiga ta’siri, bolalarning yoshi va dunyoqrashiga hamda ijodiy 
fikrlashini rivojlanishiga mo‘ljallangan ertaklar va ularni turlarga ajratish borasida 
tadqiqot ishi olib borilgan. 
KALIT SO‘ZLAR
 
Kitobxonlik kompetentligi, kitobxonlik 
madaniyati, qobiliyat, hikoya, ertak, 
sahnalashtrish, 
multimediya, 
illyustratsiyalar.
 
 
 
 
 
KIRISH
Jahonda maktabgacha yoshdagi bolalarning taʼlim-
tarbiyasi va faoliyat jarayonida kitobxonlikka mehr uygʼotishga 
alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Janubiy Koreya, 
Yaponiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan davlatlar tajribasida 
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning jismoniy 
rivojlanishi bilan bir qatorda, tafakkur erkinligi va ertaklar 
vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobxonlik 
ko‘nikmasini shakllantirishga jiddiy yondashadilar. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyat jarayonida 
kitobxonlikka mehr uyg’otishga doir tarbiya masalasi keng 
o‘rganilgan sohalardan biri bo‘lib, asosiy maqsadlaridan biri – 
bolaga maktabgacha yoshida berilgan ta’lim-tarbiya uning 
butun hayoti davomida muhim o‘rin tutadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
2019-yilning 19-mart kuni ilgari surgan 5 ta muhim 
tashabbusning 
to‘rtinchisida 
tashabbusida 
“yoshlar 
maʼnaviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng 
targʼib qilish” bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga 
yoʼnaltirilgan.
1
Shu o‘rinda mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida 
keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Uning samarali rivoji 
uzluksiz ravishda ta’lim sohasiga singib borayotgan islohotlarda 
ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bu kabi islohatlardan ko‘zda 
tutilgan maqsad – yosh avlodning tarbiyasiga atroflicha 
yondashish, maktabgacha yoshdagi bolalarning bilim doirasini 
kengaytirish, o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish hamda maktab 
ta’limiga tayyorlashdan iborat. Ushbu jarayon jamiyatimizning 
ijtimoiy va ma’naviy rivoji borasida olib borilayotgan davlat 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof 
etilmoqda. Bu esa uzluksiz ta’lim tizimining ilk bo‘g’ini sifatida 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining har 
tomonlama yuksak darajada bo‘lishi va alohida e’tibor berish 
zaruriyatini shakllantirishning metodik shart-sharoitlarini 
takomillashtirishda dolzarb vazifa hisoblanadi. 
Respublikamizning kundan-kunga jahon hamjamiyati 
mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallab borishi, rivojlangan 
davlatlar bilan tenglik tamoyili asosida o‘zaro hamkorlikka 
erishishi, nafaqat ota-onalar, balki maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari tarbiyachilari zimmasiga bolani yoshiga munosib 
tarzda tarbiyalash zaruriyatini yuklamoqda. Bu borada “Ta’lim 
to‘g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 
1
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 
19-mart kuni ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus. To’rtinchi 
tashabbus “yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʼrtasida 
kitobxonlikni keng targʼib qilish”. 
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi 
maktabgacha 
ta'lim 
tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish 
kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori, 2019., 13 may, PQ 
4312 son. 
shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha 
ta’lim tashkiloti to‘g’risida Nizom”, “Ilk va maktabgacha 
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”, “Ilk 
qadam” davlat o‘quv dasturi, “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi” kabi muhim hujjatlar qabul 
qilindi.
2
Maktabgacha 
yoshdagi 
bolalarning 
rivojlanishiga 
qo‘yiladigan “Davlat talablari”, “Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida 
kitobxonlikka mehr uyg’otish bolalarni tarbiyalash davlat 
ahamiyatiga ega bo‘lgan jarayondir. Shuning uchun ham 
respublikamizda ushbu jarayonga katta ahamiyat berilmoqda. 
Zero, yosh-avlod bizning kelajagimiz, biz ularga qanchalik 
farovon turmushni yaratar ekanmiz, mamlakatimiz tinch 
osoyishta bo‘ladi. Ayniqsa, bolalarga ajratilgan vaqt matbuot, 
bolalar kitobi, kitobxonlikka mehr uyg’otish ta’lim-tarbiya 
berishda juda katta ahamiyatga ega. 
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2017-yil 16-
avgustda kuni boʼlib oʼtgan yigʼilishda taʼlim tizimini rivojlantirish 
maqsadida maktabgacha taʼlim muassasalari uchun “Ilk qadam” 
oʼquv dasturi ishlab chiqildi.
3
“Ilk qadam” oʼquv dasturi 2018-yil 
avgust oyida tasdiqlanib, oʼquv yili boshida barcha maktabgacha 
taʼlim tashkilotlariga taqdim etildi. “Ilk qadam” oʼquv dasturi 
asosida ilk bor barcha yosh guruhlarda “Badiiy adabiyot bilan 
tanishtirish” haftasiga bir soat, bir oyga 4 soat, bir yilga 36 soat 
rejalashtirilishi jahon maktabgacha taʼlim standartalariga mos 
kelishi albatta quvonarli. 
Bu borada Prezidentimiz Shavkat Miromonovich 
Mirziyoevning 2016 yil 29-dekabrdagi “2017–2021-yillarda 
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g’risida”gi qarori murg‘ak qalb egalarining 
ertamizning munosib davomchilari bo‘lib kamolga yetishida 
alohida ahamiyat kasb etishi, shubhasiz. Qarorda maktabgacha 
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini 
kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, 
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan 
yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari 
va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama 
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun 
shart-sharoitlar yaratish maqsadi ko‘rsatib o‘tgan.
4
3 “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi (takomillashtirilgan «Maktabgacha 
taъlimga qo'yiladigan davlat talablari» asosida ishlab chiqilgan). – 
Toshkent, 2018. 
4 Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2016 yil 29-
dekabrdagi «2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling