Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
TADQIQOT METODOLOGIYASI 
Atoqli bolalar adibi O‘zbekiston xalq yozuvchisi
Hakim 
Nazir kitob va kitobxonlik haqida to‘xtalib shunday degan edi 
“Umrim davomida inkor qila olmaydigan haqiqatim shuki, 
kichkintoylarning 
to‘g‘ri 
yo‘lni 
topib 
dunyoqarashini 
shakllantirish, axloq-odobini yo‘lga solishda kitobdan-da 
muhimroq narsa yo‘q ekan shuning uchun ham ota-onalarning 
birinchi vazifasi o‘z farzandida kitobga mehr uyg‘otishir.
Ertak va hikoyalar bolalarning ma’naviy kamolotini 
ta’minlashga xizmat qiladi va bolalarni asar qahramonlanning 
xatti-harakatlarini mustaqil baholashga, ularning ayrim ma’naviy 
sifatlari (yaxshilik-yomonlik, jasurlik-qo`rqoqlik)ni tushunishga
ruhiy kechirmalar (xursandchilik, hafachilik)ni his qilishiga 
o`rgatadi. 
Z.А.Gritsenkoning taʼkidlashicha, bolaning kitoblar va 
badiiy adabiyotlar bilan birinchi tanishuvi u oʼqishni oʼrganishidan 
oldin boshlanadi. Bolani oʼqish, soʼzlar va jumlalarni tuzishga 
oʼrgatish – bu usulni oʼzlashtirishi kerak degan fikrlarni ilgari 
suradi.
Z.А.Gritsenko, tinglovchi bolani kitobxon deb hisoblaydi. 
Аmmo kichkina kitobxonnning taqdiri kitobni olib, yozuvchi va 
tinglovchi oʼrtasida vositachiga aylanadigan kattalarga bogʼliq. 
Kattalar bolani oʼqishga jalb qilishi uchun u oʼzi oʼqishni yaxshi 
koʼrishi, adabiyotlarni oʼqishdan zavqlanishi kerak. Kattalar 
uchun 
badiiy 
adabiyotni 
oʼqiyotganda, 
tasvirlangan 
voqealarning murakkabligini tushunish, ular tomonidan olib 
borilishi, bundan tashqari, ularning fikrlari, his-tuygʼulari, 
hissiyotlari va tajribalarini kichik bolaga yetkazish imkoniyati 
boʼlishi kerak.
8
S.Jumaeva va Z.Usmonovalarning tadqiqotlari oʼzbek xalq 
ertaklarida hayvonlar haqidagi ertaklar alohida guruhni tashkil 
etishini, shuningdek, novellistik ertaklar ham talaygina ekanligini 
yorqin tasdiqlaydi. Аna shu mulohazalarga tayanib, hozircha 
oʼzbek ertaklarining uch ichki turini farqlab oʼrganmoq maʼqul 
topildi. 
Bular quyidagilar: 
1. Sehrli-fantastik ertaklar. 
2. Hayvonlar haqidagi ertaklar. 
3. Maishiy-hayotiy ertaklar.
5 D.M.Maxmudova “Ertaklar vositasida maktabgacha katta yoshdagi 
bolalarda kitobxonlikka mehir uyg’otish”. 17-b. 
6
M.D.Maxmudova 
“Maktabgacha 
taʼlim 
tashkilotlarida 
kompyetyensiyaviy yondashuv asosida taʼlimiy faoliyatning tashkil 
etish tyexnologiyalari”. Yoshlarning innovatsion faolligini oshirish, 
ma‘naviyatini yuksaltirish va ilm-fan sohasidagi yutuqlari‖ 
mavzusidagi 3-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi  181 bet. 
31-avgust, 2020yil.
7 Shukurova N.B. Xalq og‘zaki ijodi maktabgacha yoshdagi bolalar 
nutqini o‘stirish vositasi sifatida. “Maktabgacha ta’limda davlat va 
nodavlat sektorini rivojlantirish: Yangi shakllari va ta’lim mazmuni” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya materiallari 
to’plami. 402 b. 13-may, 2020 y.
8 Muminova D. A. Barkamol shaxs tarbiyasida kitobxonlikning o’rni. 
NamDU ilmiy axborotnomasi – Nauchniy vestnik NamGU 2019 yil 6-
son 


 
www.herald.uz
 
23

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling