Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

Mashg’ulotning maqsadi: Hikoyani o‘qib berish orqali 
uning mazmunini tushunish, savollarga javob berishga o‘rgatish. 
Bolalarni bir-biri bilan ahil, do‘st, o‘rtoq bo‘lishga va hech qachon 
qizg’anchiq bo‘lmaslikka o‘rgatish. Ertak va hikoyalarni tinglash 
orqali kitob o‘qishga qiziqtirish.
Faoliyatning borishi
Tarbiyachi: bolalar, hozir yoz fasli, hamma mevalar 
pishgan. Mana bu mevaning nomini bilasizlarmi? 
Bolalar: Olma.
Tarbiyachi: Olmaning rangi qanday? 
Bolalar: Olmaning ranggi qizil. 
Tarbiyachi: to‘g’ri, olmaning rangi qip-qizil ekan. Bolalar, 
quloq solib eshiting. Hozir sizlarga Xamid Badalovning “Qip- qizil 
olma” hikoyasini o‘qib beraman: hikoyani ifodali o‘qib beradi, 
so‘ng tarbiyachi hikoyaning mazmunini so‘zlab beradi.
Tarbiyachi: hikoyani eshitdingizmi? Tursunoy va Toxira 
opa - singil ekan-a. Toxiraning tug’ilgan kunida qo‘shni bolalar 
Farhod, Shoira, Nigoralar kelishibdi. Ular bog’chada o‘rgangan 
qo‘shiqlarini aytib berishibdi. Ertasi kuni Toxira konfet olib chiqib 
bollarga ulashibdi. Ular hash- pash deguncha konfetni yeb 
qo‘yishibdi. Vazira nima qilibdi? Ha, Vazira uyidan qizil olma olib 
chiqib yebdi. Toxira: men ham bitta tishlay degan ekan, u 
olmasini orqasiga yashiribdi. Shunda Toxiraning opasi Tursunoy 
uyga kirib, bir tog’oracha olib chiqib bollarga ulashibdi. Vazira 
sekin kelib olmadan bittasini olibdi-da tishlab yebdi kabi hikoya 
qilib beradi.
10
1
M.A.Rasulxo‘jaeva., S.B.Ermatov. Maktabgacha ta’lim tashkiloti 
tarbiyachisining badiiy adabiyotni ijro etishdagi asosiy metodlar.
“Maktabgacha ta’limda davlat va nodavlat sektorini rivojlantirish: 
So‘ng tarbiyachi bollarga quyidagi savollarni beradi:
-
Tursunoyning tug’ilgan kunida bollar nima qilishdi? 
-
Ertasiga Toxira bolalarga nima ulashdi?
-
Konfetni kim hash – pash deguncha yeb qo‘ydi?
-
Vazira uyidan nima olib chiqdi? 
-
Vazira Toxiraga qizil olmasidan bir tishlashga berdimi?
-
Tursunoy tog’orachada nima olib chiqdi?
-
Vazira nima qildi? 
Tarbiyachi bolalarning javoblarini tuzatadi, to‘ldiradi. So‘ng 
bolalr hikoyani bilganicha, tarbiyachining yordamida so‘zlab 
beradilar. Tarbiyachi bolalarga qizg’anchiq bo‘lish yomon odat 
ekanini, Tursunoyning qizg’anchiq emasligini, hamma narsani 
o‘rtqolariga berishini, bolalarning Tursunoydan ibrat olishligini 
aytadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling