Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


-rasm. Olimlar tomonidan ertaklarning turlarga ajratilishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
1-rasm. Olimlar tomonidan ertaklarning turlarga ajratilishi
9
1
 
 
Eng yaxshi adabiy namunalar asosida insonparvarlik 
ruxida tarbiyalangan bolalar oʼz hikoyalarida va ertaklarida 
mazlumlar va zaiflarni ximoya qilish, yomonlarni jazolash orqali 
oʼzlarining adolatparvarligini namoyon qilishini oʼz ilmiy 
risolalarda qayd etgan. Pedagog va psixologlar tomonidan olib 
borilgan tajribalar natijalariga koʼra, 1 yoshdan 7 yoshgacha 
boʼlgan bolalar bilan kitob oʼqishda samarali boʼlgan vaqt hajmi 
aniqlangan boʼlib,kitob mutolaasi uchun sarflanayotgan 
vaqtning shaxsga xos boʼlgan psixologik, fiziologik va jismoniy 
imkoniyatlarga mos kelmasligi zerikish va toliqishga, natijada 
qiziqish va ehtiyojning pasayishiga olib keladi.
Shu sababli kitob mutolaa qilish jarayonida tarbiyachi va 
ota-onalar bolalarning psixologik, fiziologik va jismoniy 
imkoniyatlariga tayanib ish koʼrishlari zarurligi toʼgʼrisidagi 
maʼlumotlar keltirgan. 
O‘qib berish metodi 
O‘qib berish metodi ta’limning og’zaki metodlari 
turkumiga kiradi, bu metodda badiiy asarni tarbiyachi kitobdan 
so‘zma-so‘z o‘qib beradi. Asarni o‘qib berish tarbiyachidan 
adabiy talaffuz me’yorlariga rioya qilishni, shoshilmay, so‘z va 
gaplarni aniq, gap ohangi to‘xtam, ovoz kuchi sifati, ifodaliligiga 
rioya qilgan holda o‘qishni talab etadi, bolalarning tinglashi, 
mazmunini tushunib olishi, adabiy asardagi so‘zlarni aniq 
eshitishga diqqat qilishni ta’minlaydi.
O‘qib berish metodi bolalarda tarbiyachining o‘qib 
berishiga xavas, ertak kitobni o‘qishga qiziqishini orttiradi, 
kitobdan foydalanishni o‘rganib boradi, ularda badiiy nutq, so‘z 
boyligi ortib boradi.
O‘qib berish metodi quyidagi turlarga bo‘linadi: 
a)
Audio ertaklar eshitirish. 
b)
Multfilmlar qo‘yib berish 
c)
Ertak o‘qib berish 
d)
Ertak kitobni qayta o‘qib berish 
e)
Ertakni to‘liq yoki qisqartirib o‘qib berish
f)
Tanlab o‘qib berish, yani ertakning eng muhim o‘rinlarini: 
ertak qaxramoni, obraz nutqini, uning xususiyatini ifodalovchi 
qism.
g)
Ertak mazmuniga mos bo‘lgan rasm, illyustratsiyalar 
ko‘rsatib o‘qib berish. Bunda bolalar ertak mazmunini eshitish va 
ko‘rish orqali tushunib oladilar, ertak mazmunini uzoq vaqt 
yodda saqlaydilar.
h)
O‘qib berish metodida tarbiyachi asar muallifining ismi 
sharifini, ertak nomi, janrini aytib o‘qib berish muhimdir. Masalan 
tarbiyachi mashg’ulotni Alisher Navoiyning “Sher va durroj” 
hikoyasini yoki Abdulla Avloniyning “Xo‘roz ila bo‘ri” masalini 
o‘qib beraman deb boshlaydi. O‘qib berish metodi bolalarda 
badiiy asarni o‘qish ishtiyoqini hikoyada qo‘llangan badiiy, 
9
1
S.Jumaeva va Z.Usmonovalarning tadqiqotlarida ertaklarning turlarga ajratilgan jadvali
tasviriy vositalarni, so‘z va iboralarni eslab qolish va o‘z nutqida 
foydalanish ko‘nikmasini shakllantiradi. 
i)
O‘qib berish metodi maktabgacha ta’limning barcha 
bosqichlarida qo‘llanadigan metod hisoblanadi, barcha janrdagi 
badiiy asarlarni o‘qib berish mumkin. O‘qib berish mashg’uloti 
quyidagi tartibda tashkil qilinadi:
1.
Ertak matni o‘qib beriladi
2.
Ertak mazmunini hikoya qilib beriladi 
3.
Ertakdagi ayrim so‘z va iboralarning ma’nosi, talaffuzi 
tushuntiriladi 
4.
Ertakni qayta o‘qib beriladi. 
5.
Ertak mazmuni bo‘yicha tuzilgan savollarga javob 
beradilar 
6.
Ertak mazmunini qismlarga ajratilgan yoki to‘liq holda 
bolalar hikoya qiladilar. 
Ertaklar olamiga sayoxat bolalar tasavvurini, ularning 
xayolot olamini, fantaziyasini rivojlantiradi. Eng yaxshi adabiy 
namunalar asosida insonparvarlik ruxida tarbiyalangan bolalar 
o‘z hikoyalarida va ertaklarda mazmunlar va zaiflarni ximoya 
qilish, yomonlarni jazolash orqali o‘zlarining adolatparvarligini 
namoyon qiladilar.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling