Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Maktabgacha ta’limda ertak va hikoyalarini o‘rgatish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

Maktabgacha ta’limda ertak va hikoyalarini o‘rgatish 
metodlari: 
Maktabgacha ta’limda ertak va hikoyalarini o‘rgatish 
o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ertak va hikoyalarni 
o‘rgatishda eng qulay metodlarni tanlash, uni to‘g’ri qo‘llashni 
talab etadi. Chunki har bir asar janri o‘ziga xos metod va usullarni 
talab etadi.
Maktabgacha ta’limda ertak o‘qib berish, hikoya qilib 
berish, yoddan aytish, ertakni sahnalashtirish, teatrlashtirish 
kabi metodlardan foydalaniladi; maasalan Katta guruhda A. 
Navoiyning “Bir kabutar” hikoyasi.
Maqsad: A.Navoiyning “Bir kabutar” hikoyasi haqida 
bolalarda tushuncha hosil qilish orqali jonzotlarga mehr 
uyg’otish.
a) ta’limiy: Badiiy asar mazmunini tushunish, hikoya qilib 
berishga tayyorlash, bolalarning badiiy nutqini shakllantirish:
b) tarbiyaviy: bolalarda o‘zligini anglash, vatanga 
muhabbat, unga sodiq farzand bo‘lish hissini tarbiyalash, 
yaxshilik va yomonlikni farqlash, bolalrga erkinlik, ozodlik, Vatan 
haqida ijobiy his-tuyg’ularini uyg’otish, vatanparvarikni 
shakllantirish, ijodiy fikrlashga o‘rgatish.
c) rivojlantiruvchi: Bolalar lug’atiga falak, tez uchar 
gardish, gir-gir, vayrona so‘zlarini kiritish;
Kerakli jihozlar: qafas, kabutar rasm illyustratsiyalar.
Faoliyatning borishi
Ertak turlari 
V.Ya.Propp 
Sehrli ertaklar; 
novellistik, 
ertaklar; 
kumulyativ 
ertaklar; 
M.Аfzalov 
Hayvonlar 
haqidagi ertaklar; 
sehrli-fantastik 
ertaklar, hayotiy-
satirik ertaklar 
S.Jumaeva va 
Z.Usmonova 
Sehrli-fantastik 
ertaklar; 
hayvonlar 
haqidagi ertaklar, 
maishiy-hayotiy 
ertaklar 


 
www.herald.uz
 
24
Tarbiyachi bolalar diqqatini jalb qilib, bog’cha atrofida 
uchib yurgan qushlar, kabutarlarni kuzatishni aytadi, bolalar 
qush va kabutarlarning bog’cha tomiga, daraxtlarga o‘zlari 
uchun in qurganlarini aniqlaydilar,ularning ovqat izlashi, 
yashashi, odamlardan qochmasligi erkin uchayotganini bilib 
oladilar.
1. Tarbiyachi A. Navoiyning “Bir kabutar” hikoyasini hikoya 
qilib beradi hikoyadagi bolalar uchun qiyin so‘zlarni izohlaydi, 
bolalarga so‘zlarni to‘g’ri aytishni o‘rgatadi, ular ma’nosini 
tushuntiradi, so‘zlarni eslab qolishni aytadi 
2. Hikoya yuzasidan suhbat o‘tkazadi 
3. Tarbiyachi hikoyani qayta so‘zlab beradi 
4. Hikoya yuzasidan berilgan savollarga javob beradilar 
5. Hikoyani qismlarga bo‘lib so‘zlatiladi, so‘ng ikki uchta 
bola hikoyani to‘liq so‘zlaydi. Bolalar hikoyani o‘rganish 
jarayonida kabutarni, podshoni tasvirlaydilar, shu asosida ijodiy 
fikrlaydilar 
6. Tarbiyachi hikoya asosida erkin, ozod yashash ona 
Vatan tushunchasini izohlaydi, bolalar ona vatan haqida she’r 
aytish bilan ona Vatanga muhabbatni ifoda etadilar 
Hikoya yuqoridagi kabi metodda o‘rgatish bolalarni ijodiy 
fikrlashga yordam beradi, ularda ona Vatan, yurtga muhabbat
unga sodiq farzand bo‘lish hissini o‘stiradi. 
Shuningdek, maktabgacha ta’limda bolalarga ertak va 
hikoyalarni 
noan’anaviy 
metodlarda 
o‘rgatish 
muhim 
ahamiyatga egadir. Bunda, ayniqsa, didaktik o‘yin, qo‘g’irchoq 
teatri, sahnalashtirish, adabiy kechalar tashkil etish bolalarda 
qiziqish uyg’otadi. Shuningdek, ertak va hikoya, multfilm, 
videofilm, teleko‘rsatuv orqali o‘rgatish ham maktabgacha 
ta’limda qo‘llaniladi, bolalrning ertak mazmunini oson tushunishi, 
asar qahramonlarning xususiyatini tez farqlashi, ertak va 
hikoyaning mazmuni eslab qolishlarini ta’minlaydi. Bolalarda 
eshitish va ko‘rish orqali idrok qilish tarbiyalanadi bu esa 
bolalarning bilish faoliyatini oshiradi, xotirаsini kuchaytiridi, 
ularning 
aqliy 
faolligini 
oshiradi. 
Natijada 
nutqning 
kommunikativ 
vazifalari 
kengayadi, 
bolalar 
ertak 
qahramonlarining nutqini eshitish, tinglash, harakatlarini ko‘rish, 
kuzatish bajarishi orqali erkin ijodiy fikrlashga o‘rganadilar.
X.Badalovning “Qip-qizil olma” hikoyasini o‘qib berish 
mashg’ulotini quyidagicha tashkil etildi.
Mavzu: X.Badalov, “Qip-qizil olma”
Metod: o‘qib berish

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling