Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
10-3-PB (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAQOLA HAQIDA
- KALIT SO‘ZLAR
ISSN: 2181-1695
OAK: 01-08/1819/6 www.herald.uz MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASHG‘ULOT JARAYONLARIDA STEAM TEXNOLOGIYASINI JORIY ETISH Ahmadjonova Gulshoda Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi MAQOLA HAQIDA ANNOTATSIYA Qabul qilindi: 24-may 2022-yil Tasdiqlandi: 26-may 2022-yil Jurnal soni: 3 Maqola raqami: 6 DOI: https://doi.org/10.54613/001206 Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mashg‘ulotlar jarayonlarida STEAM texnologiyasidan foydalanishning samarali usul va metodlari, ushbu metodning o‘ziga xos xususiyatlari atroflicha tadqiq etilgan bo‘lib, STEAM metodini maktabgacha ta’lim tizmida joriy etishning ilmiy va uslubiy jihatlari o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarga mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llash yuzasidan tadqiqot ishida yoritib berilgan. Jahon ta’lim tizimida yuqori natijalarni qayd etgan STEAM texnologiyasini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonida qo‘llash O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan yosh avlodni komil shaxs va raqobatbardosh kadr sifatida ulg‘aytirish, ularni zamonaviy kasblarning mutaxassisi etib tarbiyalash yo‘lida muhim bo‘lgan vazifalarni amalga oshirish, muammolarni o‘rganish va ularga yechim topishdan iborat tadqiqot jarayoni ochib berilgan. KALIT SO‘ZLAR STEAM, STEM, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, maktabgacha ta’limda texnologiyalar, bolalik davri, maktabgacha ta’lim tashkiloti, MTTda STEAM. KIRISH Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim va tarbiya jarayonlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar, xususan xorij tajribasining nazariy asoslarini o‘rganish va amaliyotga joriy qilish ta’lim tizimini yana bir pog‘ona rivojlantirishning muhim tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Globallashuv jadallik bilan butun dunyo xalqlarini o‘ziga tobora tortmoqda. Bu jarayonda dunyo xalqlarining ijobiy va salbiy urf-odat, yurish-turish, tutimlari bilan birgalikda fan- texnika sohasida erishilayotgan yutuqlari ham bir davlatdan ikkinchisiga o‘tib tobora ommalashmoqda. Ayniqsa, bugungi XXI – raqamli texnologiyalar asrida globallashuv ilm-fan, texnika sohasining asosiy drayveri bo‘lib xizmat qilmoqda. Har bir sohada bo‘lgani kabi yetuk kadrlarga talab ham o‘zgarib boryapti. Kelajak avlod kadrlarini tayyorlashda STEAM texnologiyalarini bilish talabi tobora ortib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2011-yildan buyon STEAM – kasblarga bo‘lgan talab darajasi 17 % ga oshdi, oddiy kasblarga bo‘lgan talab esa faqat 9,8 % ga ortdi, bu esa butun dunyo bo‘ylab ushbu ta’lim tizimiga bo‘lgan talabning ortib borayotganini ko‘rsatadi 1 . Bugungi kunda Yevropa, Osiyo, Janubiy va Shimoliy Amerika, Avstraliya kabi dunyoning barcha qit’alari bo‘ylab jami 43 ta davlatda ta’lim jarayonlarida STEAM texnologiyasidan foydalaniladi 2 . Dastlab STEAM Amerika Qo‘shma Shtatlarida ishlab chiqilgan. Bu nazariya va amaliyotni birlashtirish natijasi hisoblanadi. STEAM yondashuvining eng mashhur namunasi - Massachusets Texnologiya Institutida ishlab chiqilgan. (MIT) 3 . Institutning shiori «Mens et Manus» (Aql va qo‘l). Massachusets texnologiya instituti bolalarga bu tushunchani oldindan o‘rganish va tanishish imkoniyatini berish uchun STEAM kurslarini ishlab chiqdi va ba’zi ta’lim muassasalarida STEAM o‘quv markazlarini yaratdi. Jumladan, STEAM (S – fan, T – texnologiya, E – muhandislik, A – san’at, M – matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv. STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi: • Muammolarni anglay olish; • Ijodiy fikrlash; • Muhandislik yondashuv; • Tanqidiy fikrlash; • Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash; 1 https://www.wermac.org/steam/steam_part2.html 2 What are the other 43 countries that Steam is avaiable in? https://steamcommunity.com/discussions/forum/0/13551145587379 5707/ • Dizayn asoslarini tushunish. Dastavval mutaxassislar maktablar bitiruvchilarining qiziqishlarini inobatga olishdi va fan, texnologiya, muhandislik va matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishdi. Shundan so‘ng STEM tizim sifatida shakllandi. Lekin keyinchalik bu San’at atamasi (art) bilan boyitiladi va endilikda STEAM deb ataladigan texnologiya paydo bo‘ldi. O‘qituvchilar ushbu fanlardagi bilimlar kelajakda o‘quvchilarning yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga yordam beradi, deb hisoblashadi. Demak, bolalar o‘zlari qiziqqan fanlar orqali yaxshi bilim olishga intilishadi va uni darhol amaliyotda qo‘llashadi. Agar biz An’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bilimlarni o‘rgatish va ulardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. Bu maktab o‘quvchilariga nafaqat ba’zi bir g‘oyalarga ega bo‘lish, balki ularni amalda qo‘llash imkoniyatini beradi. STEAM taʼlim texnologiyasi maktab oʻquvchilarini yangicha oʻqitish metodikasi boʻlib, anʼanaviy oʻqitish metodikasidan farqli metodika hisoblanadi. U oʻquvchilarni bir vaqtning oʻzida toʻrtta – fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik, (Engineering), tasviriy sanʼat (Art), matematika (Math) boʻyicha oʻqitishga moʻljallangan. STEAM fan boʻyicha emas, balki mavzular boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish tizimidir. STEAM yondashuviga oid darslik va oʻquv qoʻllanmalari Cambridge University Press, shu jumladan Oxford University Press va Collins kabi nufuzli nashriyotlar tomonidan chop etilgan. Cambridge taklif qilayotgan oʻquv dasturining asosiy afzalligi jahon mehnat bozoridagi tamoyillardan kelib chiqib, oʻquvchilarda tegishli zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga urgʻu berishdir. Oʻquvchilarga mazkur fanlarni oʻqitishda malakali mahalliy oʻqituvchilar bilan bir qatorda, xorijlik oʻqituvchilar ham hamkorlikda saboq beradilar. Yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni ishga yollashda mazkur yoʻnalishda koʻp yillik tajribaga ega Teachaway (Kanada) va TIC Recruitment‖ (Buyuk Britaniya) kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda, xususan O‘zbekistonda muhandislar va elektron texnologiyali ishlab chiqarish mutaxassislariga talab juda yuqori. Biz STEAMni ta’limda qo‘llash orqali texnologiya va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish bilan birgalikda tabiiy fanlar bilan bog‘liq bo‘lgan kasblarga ega bo‘lamiz, ayniqsa bio va 3 https://iaac.net/educational-programmes/masters- programmes/master-in-robotics-and-advanced-construction- mrac/?gclid=EAIaIQobChMI0Kil4Izw9wIVFmAYCh21- QLUEAAYASAAEgLHF_D_BwE Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling