Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

TADQIQOT MUHOKAMASI 
Hozirda maktabgacha ta'lim muassasalarida keskin 
o‘zgarishlar yuz bermoqda. 1837-yilda birinchi bolalar bog'chasi 
ochilganidan beri qariyb 200 yil davomida bolalar bog'chasida 
ertak aytib berish, o‘yinchoqlarda nimalarnidir qurish, rasm 
chizish va birgalikda faoliyat yuritishni o‘rganish sifatida 
namoyon bo‘ldi. Biroq, bu holat hozirgi davrga kelib, to‘liqroq 
qilib aytganda, Froebel dizaynerlar uchun mo‘ljallangan 
loyihasini amaliyotga joriy qilgandan beri o‘zgara boshladi. 
Meryem Yalchin bolalar bog'chasi ta'limidan ijodiy dizayn 
ko‘nikmalarining progressiv rivojlanishini kuzatish uchun o‘z 
bog'chasida bolalar bilan turli tajribalarni amalga oshira 
boshladi. Froebel ishining davomi sifatida Seymur Papertning 
ta'limga konstruktiv yondashuvini namuna sifatida ko‘rish 
mumkin, bu o‘quvchilarni shaxsiy ma'noga ega bo‘lgan dizayn 
tajribalariga jalb qilishga qaratilgan.
Froebel o‘zining loyihasini yaratishda 19-asrning 
boshlarida mavjud bo‘lgan materiallar bilan cheklangan. Lekin, 
biz bugungi ilg'or elektron va raqamli texnologiyalar bilan yangi 
turdagi qurilish to‘plamlarini yaratishimiz mumkin, Froebelning 
bolalar bog'chasi yondashuvini yanada ilg'or loyihalar ustida 
ishlaydigan va yanada rivojlangan g'oyalarni o‘rganadigan katta 
yoshdagi o‘quvchilar bilan kengaytirishimiz mumkin. Masalan, 
Mindstorms va Crickets yordamida bolalar dinamik, interfaol 
konstruksiyalarni yaratishlari, bu jarayonda sezish, qayta aloqa 
va nazorat bilan bog'liq tushunchalarni o‘rganishlari mumkin.
Ijodkorlik erta yoshda shakllantirilishi kerak bo‘lgan idrok, 
tanqidiy va tahliliy nuqtai nazarning asosidir. Fridrix Frobel 1837-
yilda dunyodagi birinchi bolalar bog'chasini ochganida bu fikrni 
tushundi. U o‘z bog'chasini qurishda, loyihalash va yaratishda 
foydalanishi mumkin bo‘lgan jismoniy narsalarni (bloklar, 
boncuklar va plitkalar kabi) bolalarga mos qilib yaratishga 
harakat qildi. Ushbu ob'yektlar butun dunyoga Froebelning 
sovg'alari sifatida qoldi.
U 3 D o‘lchamlarini o‘sha davrlarda tasavvur qildi va buni 
o‘z bog’chasida namoyon etdi. Atrof-muhit bilan o‘zaro ta'sir 
qilish orqali odamlar uning ko‘p qirrali xususiyatlari, shuningdek, 
o‘zlarining tanalari va onglari haqida bilishadi, keyinchalik 3 D 
tasavvurni hosil qila boshlashdi. Bundan tashqari, o‘yin orqali 
bilim, tajriba va ob'yektlarni taqdim etish dizayn ta'limi uchun 
juda muhimdir. Biroq, bu masalalar professional tarzda qayta 
ishlanishi va dizayn tamoyillari, kontseptualizatsiya, 2D/3D 
fazoviy taqsimoti, rang, tekstura va yorug'lik kompozitsiyasi 
bilan maktabgacha ta’lim o‘quv dasturiga yanada kengroq 
integratsiya qilinishi kerak. 
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarda maktabgacha yoshdagi 
bolalarda badiiy ijod bilan bog'liq bir qancha omillar, masalan, 
muammolarga sezgirlikni uyg‘otish, moslashuvchanlik, ravonlik, 
o‘ziga xoslik va qayta ta'riflash kabilar kuzatildi. O‘qituvchilar 
kamdan-kam hollarda bolalarga o‘z g'oyalarini taqdim etish va 
qo‘llash imkoniyatini beradi. Tez-tez taklif qilinadigan mavzular 
bolalarni nima haqida o‘ylashga undashdan ko‘ra, allaqachon 
mavjud bo‘lgan narsani tasvirlashni talab qiladi. Ularga 
mashg’ulot davomida yangiliklarni ko‘proq berish va berilgan 
yangiliklarni qayta takrorlash uchun ham vaqt ajratish zarur. Bu 
holat yo‘lga qo‘yilmasa bolalarda o‘z tajribalarini ifodalash, 
noyob shakllarni yaratish yoki kuzatish qobiliyatini yaxshilash 
imkoniyati yo‘qoladi.
Bolalar o‘z maqsadlariga erishishlari uchun ularni ijodiy 
ta'lim jarayonining ba'zi xususiyatlari bilan asta-sekin 
tanishtirish kerak. Ellis va Morrisonning fikriga ko‘ra, turli xil 
materiallardan foydalanish bolalarga erkin izlanish, o‘z 
g'oyalarini sinab ko‘rish va dizayn muammolarini ijodiy tarzda hal 



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling