Montessori usuli - Montessori tizimi 20-asr boshlarida
italiyalik oʻqituvchi Mariya Montessori tomonidan ishlab chiqilgan
taʼlim tizimidir. Bu ta’lim - individual yondashishdan kelib chiqadi
va har bir bolaning ijodiy salohiyati va o‘rganish uchun tabiiy
motivatsiyasi mavjudligiga asoslanadi. Montessori guruh xonalari
mustaqil va murosali munosabatni namoyish etadigan, bolalar
uchun qiziqarli o‘quv materiallari bilan jihozlangan muhitni tashkil
etadi. Rivojlanishning turli jihatlari - kognitiv, ijtimoiy, jismoniy va
hissiy jihatdan bolaning erta bolalik ta’limi orqali gullab-
yashnashida g’amxo‘rlik qilinadi.
•
Reggio Emilia yondashuvi - bu yondashuvda bolalar
qiziquvchan va faol hisoblanadi, ular atrofdagilar tomonidan
rag’batlantirilishi va har qanday imkoniyatda kashfiyotlar qilishga
undalishi kerak. Ushbu yondashuv pedagoglardan bolalarga turli
xil tajriba va imkoniyatlarni, xususan, o‘zini namoyon qilish va
ijodkorlikni rag’batlantiradigan imkoniyatlarni ochishni talab
qiladi.
•
Jarayon
to‘rtta
tamoyilga
asoslanadi,
ular:
kompetensiyaviy yondashuvdagi ta’lim, favquloddagi o‘quv
rejasi, chuqurlashtirilgan loyihalar, hamkorlikdagi o‘sish.
O‘qitish-o‘rganish tushunchalari esa san’at, drama, musiqa va
boshqalar kabi bir nechta shakllarda ifodalanishni talab qiladi.
Pedagoglar bolalarning o‘sishini diqqat bilan kuzatib boradilar,
chunki ular o‘zlarining o‘rganishlari haqida ham fikr yuritadilar.
•
Valdorf Shtayner usuli - Valdorf Shtayner usuli 19-asr
oxiri va 20-asr boshlarida olim Rudolf Shtayner tomonidan ishlab
chiqilgan. Bu ta’limga yaxlit yondashuv bo‘lib, unda bolaga
an’anaviy fanlar noan’anaviy usullarda o‘rgatiladi. Ushbu ta’lim
yondashuvi asosan amaliy o‘rganish imkoniyatlari va hissiyotlarga
asoslangan tajribalarga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |