Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
TADQIQOT MUHOKAMASI
Interfaol ta’limning maqsadlaridan biri - ta’lim oluvchining 
muvaffaqiyatini, intellektual qobiliyatini his etadigan qulay ta’lim 
sharoitlarini yaratishdir, ya’ni bu o‘quv jarayoni samarali tashkil 
qilinadi. Interfaol ta’lim samarali muloqotni o‘z ichiga oladi, chunki 
u o‘zaro yordam, o‘zaro tushunishni talab qiladi va muammolarni 
birgalikda hal qilishga jalb qiladi.
11
4
Biz MTTlarida quyidagi interfaol usullardan foydalanib, 
yetarlicha xulosa olamiz: 
1.
Individual shakl – har bir bolaning vazifasini mustaqil 
ravishda bajarishini bildiradi. 
2.
Juftlik shakli esa birgalikdagi vazifalarni hal qilish uchun 
ishlatiladi. 
3.
Guruh yondashuvida bolalar kichik guruhlarga bo‘linadi, 
agar vazifa bir vaqtning o‘zida barcha ishtirokchilar tomonidan 
amalga oshirilsa, bu shakl jamoaviy deb ataladi. 
Ta’limning ushbu interfaol shakllari faoliyatning samarali va 
mazmunli bo‘lishiga yordam beradi. Tadqiqotlarda keltirilishicha, 
olimlar U.N. Nishonaliyev, B.L. Farberman, V.P. Bespalko, M. 
Ochilov, N.N. Azizxodjayeva, N. Saidahmedov, M.V. Klarin, V.A. 
Slastenin, S.K. Ismagulova, O‘.Tolipov va boshqalarning ta’riflarini 
umumlashtirgan holda pedagogik texnologiya “Pedagogik 
faoliyat muvaffaqiyatini kafolatlay oluvchi hamda tarbiyalanuvchi 
shaxsini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon loyihasi” deb 
yuritila boshlandi. 
Olimlar olib borgan izlanish natijasida Interfaol ta’limni 
yaratish birinchi navbatda, bolalarning ta’lim muhitiga, pedagog 
va bolaning o‘zaro ta’siri amalga oshiriladigan tajriba sohasi 
sifatida xizmat qiluvchi ta’lim muhitiga asoslangan muloqot 
ta’limidir, deya e’tirof etiladi. 
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish, yangi sifat darajasiga 
o‘tish innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqmasdan amalga 
oshirilmaydi. Innovatsiyalar bolaning shaxsiyatiga, uning 
qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik amaliyotda 
qo‘llaniladigan yangi usullar, shakllar, vositalar, texnologiyalarni 
aniqlaydi. Bunga ko‘ra, A. M. Matyushkin, T.V. Kudryavtsev, M.I. 
Maxmutov, I.Ya. Lerner, M.M. Levi va boshqalar faol usullar 
bo‘yicha tadqiqotlar, birinchi navbatda, maktab o‘quv 
materiallarida olib borildi, bu esa maktabgacha ta’limda faol 
usullarni joriy etishni qiyinlashtiradi, chunki u muayyan 
moslashishni talab qiladi, degan fikrga kelindi.
Shunday qilib, o‘qitishning faol usullarini ishlab chiqish va 
joriy etish ilmiy bilimlarning turli sohalarida taqdim etilgan va 
ko‘plab pedagoglar va psixologlar tomonidan o‘rganilgan, ammo 
maktabgacha ta’lim sharoitida faol o‘qitish usullaridan foydalanish 
yetarli darajada o‘rganilmagan, bu esa ushbu mavzuning 
dolzarbligini oldindan belgilab beradi.
12
5

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling