Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
10-3-PB (1)
TADQIQOT MUHOKAMASI
Hozirda maktabgacha ta'lim muassasalarida keskin o‘zgarishlar yuz bermoqda. 1837-yilda birinchi bolalar bog'chasi ochilganidan beri qariyb 200 yil davomida bolalar bog'chasida ertak aytib berish, o‘yinchoqlarda nimalarnidir qurish, rasm chizish va birgalikda faoliyat yuritishni o‘rganish sifatida namoyon bo‘ldi. Biroq, bu holat hozirgi davrga kelib, to‘liqroq qilib aytganda, Froebel dizaynerlar uchun mo‘ljallangan loyihasini amaliyotga joriy qilgandan beri o‘zgara boshladi. Meryem Yalchin bolalar bog'chasi ta'limidan ijodiy dizayn ko‘nikmalarining progressiv rivojlanishini kuzatish uchun o‘z bog'chasida bolalar bilan turli tajribalarni amalga oshira boshladi. Froebel ishining davomi sifatida Seymur Papertning ta'limga konstruktiv yondashuvini namuna sifatida ko‘rish mumkin, bu o‘quvchilarni shaxsiy ma'noga ega bo‘lgan dizayn tajribalariga jalb qilishga qaratilgan. Froebel o‘zining loyihasini yaratishda 19-asrning boshlarida mavjud bo‘lgan materiallar bilan cheklangan. Lekin, biz bugungi ilg'or elektron va raqamli texnologiyalar bilan yangi turdagi qurilish to‘plamlarini yaratishimiz mumkin, Froebelning bolalar bog'chasi yondashuvini yanada ilg'or loyihalar ustida ishlaydigan va yanada rivojlangan g'oyalarni o‘rganadigan katta yoshdagi o‘quvchilar bilan kengaytirishimiz mumkin. Masalan, Mindstorms va Crickets yordamida bolalar dinamik, interfaol konstruksiyalarni yaratishlari, bu jarayonda sezish, qayta aloqa va nazorat bilan bog'liq tushunchalarni o‘rganishlari mumkin. Ijodkorlik erta yoshda shakllantirilishi kerak bo‘lgan idrok, tanqidiy va tahliliy nuqtai nazarning asosidir. Fridrix Frobel 1837- yilda dunyodagi birinchi bolalar bog'chasini ochganida bu fikrni tushundi. U o‘z bog'chasini qurishda, loyihalash va yaratishda foydalanishi mumkin bo‘lgan jismoniy narsalarni (bloklar, boncuklar va plitkalar kabi) bolalarga mos qilib yaratishga harakat qildi. Ushbu ob'yektlar butun dunyoga Froebelning sovg'alari sifatida qoldi. U 3 D o‘lchamlarini o‘sha davrlarda tasavvur qildi va buni o‘z bog’chasida namoyon etdi. Atrof-muhit bilan o‘zaro ta'sir qilish orqali odamlar uning ko‘p qirrali xususiyatlari, shuningdek, o‘zlarining tanalari va onglari haqida bilishadi, keyinchalik 3 D tasavvurni hosil qila boshlashdi. Bundan tashqari, o‘yin orqali bilim, tajriba va ob'yektlarni taqdim etish dizayn ta'limi uchun juda muhimdir. Biroq, bu masalalar professional tarzda qayta ishlanishi va dizayn tamoyillari, kontseptualizatsiya, 2D/3D fazoviy taqsimoti, rang, tekstura va yorug'lik kompozitsiyasi bilan maktabgacha ta’lim o‘quv dasturiga yanada kengroq integratsiya qilinishi kerak. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarda maktabgacha yoshdagi bolalarda badiiy ijod bilan bog'liq bir qancha omillar, masalan, muammolarga sezgirlikni uyg‘otish, moslashuvchanlik, ravonlik, o‘ziga xoslik va qayta ta'riflash kabilar kuzatildi. O‘qituvchilar kamdan-kam hollarda bolalarga o‘z g'oyalarini taqdim etish va qo‘llash imkoniyatini beradi. Tez-tez taklif qilinadigan mavzular bolalarni nima haqida o‘ylashga undashdan ko‘ra, allaqachon mavjud bo‘lgan narsani tasvirlashni talab qiladi. Ularga mashg’ulot davomida yangiliklarni ko‘proq berish va berilgan yangiliklarni qayta takrorlash uchun ham vaqt ajratish zarur. Bu holat yo‘lga qo‘yilmasa bolalarda o‘z tajribalarini ifodalash, noyob shakllarni yaratish yoki kuzatish qobiliyatini yaxshilash imkoniyati yo‘qoladi. Bolalar o‘z maqsadlariga erishishlari uchun ularni ijodiy ta'lim jarayonining ba'zi xususiyatlari bilan asta-sekin tanishtirish kerak. Ellis va Morrisonning fikriga ko‘ra, turli xil materiallardan foydalanish bolalarga erkin izlanish, o‘z g'oyalarini sinab ko‘rish va dizayn muammolarini ijodiy tarzda hal |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling