Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/91
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#218371
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91
Bog'liq
QO'SHMA GAP 2miraziz

1. Agar daraxt shoxlari yoz faslida sarg'aysa, kuz erta keladi. 2.Olma, olcha kabi mevali daraxtlar ikkinchi bor 

gullasa, bu kuzning iliq kelishidan darakdir. 3. Qaldirg’och pastlab uchsa, yog'ingarchilik bo'ladi. 4. Chinnigul 

o‘zidan yoqimli hid taratsa, tez orada shamolni kutavering. 5. Baliq tez-tez suv betiga sapchib chiqsa, yomg'ir 

yog‘adi. 6. Mevali daraxtlar ko‘p hosil qilsa, qish qattiq keladi. 

mashq.Ergash va bosh gaplarni aniqlab, ergash gapni bush gapga bog'lovchi vositalarni ayting. 



1. Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. (Maqol) 2. Seni hurmat qilishlarini istasang, o‘zingni hurmat qil. 

(« Tafakkur gulshani») 3.Ichlari achimasa, menga o‘sha gaplarni gapirmas edi. (Abdulla Qahhor) 4. Hurmat 

qilsang, hurmat ko‘rasan. (Maqol) 5. Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kirar teshikdan. (Maqol) 

               KO‘RSATISH OLMOSHILI ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR 

topshiriq. 

Ko'chiring. Qo'shma gaplar tarkibidagi bosh va ergash gaplami aniqlang. 



1. Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi ко ‘ramiz. (Parda Tursun). 2. Shunga aminmanki, «Ta’lim 

to‘g‘risida»gi  Qonun  ta’lim  tizimimizni  yaxshilashda  tub  burilish  yasaydi.  («Ma’rifat»)  3.Umidimiz  shuki,  Sizlar 


10 

 

baxtli bo‘linglar. (Ismoil To'lak) 4. Shunday yashaylikki, hamma havas qilsin. 

Bilib oling. Bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo'llangan ergash gaplar bosh 

gapga -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi. Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo‘ladi va ergash gap bosh 

gapdan vergul bilan ajratiladi. Ba’zan bu bo‘lak qo'llanmasligi ham mumkin, ammo uning o‘rni bilinib turadi. 

mashq. Bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshini aniglang. 



1.  Shunday  odamlar  borki,  ular  bilan  gaplashib  bahra  olasan.  (Hamid  G‘ulom) 2.  Shunga  ishonchim  komilki, 

qasd  qilganlar,  albatta  past  bo‘ladi.  (Shuhrat)  3.  Shuni  angladimki,  inson  qobiliyati  cheksiz  ekan.  4.Shunday 

ne’matlar  borki,  ularni  pul  birligida  o’lchab  bo’lmaydi.(A.Suyun)    5.  Aybingiz  shuki,  juda  ko'ngilchansiz. 

(Z.Saidnosirova) 6. Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon andin yaxshidir. (Alisher Navoiy) 

mashq.  Gaplarni ko'chiring, bosh gap tarkibida keigan ko'rsatish olmoshini aniqlang va vazifasini tushuntiring. 



1. Shuni bilingki, aql bilan odob — jism bilan jon. 2.Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, aqlsizga so‘z uqtirgandan 

ko‘ra yelkada tosh tashish afzal. 3. Shunga amin bo‘ldimki, seijahl boshda aql bo‘lmaydi. 4.Shundan ehtiyot bo 

lish lozimki, hamrohingiz aslo nodon bo'lmasin. 5.Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon odamning gapi ko‘p 

bo'ladi. («Sharq hikmatlari»dan) 

mashq. Qo'shma gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gaplarr bosh gap tarkibidagi ko'rsatish 

olmoshi o'rnida keltirib, qo'shma gapni sodda gapga aylantiring. 

1.Baxtim shuki, seni uchratdim. (Z.Saidnosirova) 2. Shunday o’zgarishlar bo‘lmoqdaki, aqling bovar qilmaydi. 3. 

Shunisi  quvonarliki,  sinfdagi  o'quvchilarning  hammasi  bir-biri  bilan  juda  ahil.  4.  Shuni  bilingki,  hech  bir 

yangilik bexosiyat bo'lmaydi. (Asqad Muxtor) 5. Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur 

va mo'tabar bo‘lsin. (Oybek) 

Namuna: Baxtim shuki, seni uchratdim — Baxtim — seni uchratganligim. 

 

                              NISBIY SO'ZLI ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR 



topshiriq. 

Berilgan gapiar tarkibidagi bosh va ergash gaplami aniqlang. 

1. Kim harakat qilsa, и baraka topadi. (Maqol) 2. Kimning ко‘ngli ochiq bo‘lsa, uning el о‘rtasidagi martabasi ulug‘ 


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling