Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/91
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#218371
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91
Bog'liq
QO'SHMA GAP 2miraziz

1.Olloyorning eng zo‘r sifati shuki, uning qo’lida yig‘layotgan chjqaloqlar birdan yupanadi-qoladi. (Murod 

Muhammad Do‘st) 2. Ot xo‘rsinsa, bir falokat yuz beradi. (Said Ahmad) 3.Piyoladan bug’ chiqib turmasa, choy 

ichganday  bo’lmayman.  4.  Majlis  vaqtida  boshlanmadi,  chunki  rais  ushlanib  qoldi.  (Omon  Maxtor)  5. 

Tilagim shuki, hamma bilan yaxshi muomalada bo‘ling. (U. Nazarov) 

mashq. 


O'qing,  ergashgan  qo'shma  gaplarni  topib  ko'chiring.  Ergash  gapni  bosh  gapga  bog'lovchi 

vositalarni aniqlang. 




 

1.  Ortiqcha  g‘urur  obro'yingni  yo‘q  qilur,  shuning  uchun  o‘zingni  boshqalardan  baland  tutma.  2.  Shuni 



unutmaginki,  g‘alvirda  suv  turmas.  3.Kimda  aql  oz  bo‘Isa,  undagi  shuhratparastlik  shunchalik  kuchayar. 

4.Qo'rqoq  keta  turib  maqtansa,  jasur  qaytib  kelib  maqtanadi.  5.  Oraga  shunday  jimlik  cho‘kdiki,  yuragi 

gupillab urayotgani aniq eshitila boshladi. (0‘. Hoshimov) 

 

                     BOSH VA ERGASH GAP 



Bilib  oling.  Ergashgan  qo'shma  gaplar,  tarkibida  nechta  gap  bo'Iishidan  qat’iy  nazar,  doimo  ikki 

qismdan  tashkil  topadi:  1)  bosh  gap;  2)  ergash  gap.  Mazmuni  izohlanayotgan  gap  bosh gap,  bosh  gap 

mazmunini izohlayotgan gap ergash gap hisoblanadi. 

Eslab qoling. Ergashgan qo‘shma gaplar tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmalariga o‘xshaydi. So‘z birikmasi 

tarkibidagi so'zlar nechta bo'lishidan qat’i nazar, doimo ikki qismdan - hokim va tobe so'zlardan 

tashkil topadi. 

mashq.O’qing. Qo'shma gap qismlarining qaysisi bosh gap, qaysisi ergash gap ekanligini aniqlang. 

1. Agar arqondan  qo'llari  chiqib ketsa,  to  tuman tarqalguncha yo‘l  topolmay sarson  bo’lib  yuraveradilar. 

(Said  Ahmad)  2.  Shuni  mamnuniyat  bilan  ta’kidlaymanki,  mening  kasb  tanlashimga  otamning  do'mbirasi 

sababchi  bo'lgan.  (Murod  Muhammad  Do'st)  3.  Topgan  obro'ni    yo’qotmaslik  shart,  chunki  obro'  ko'ylak 

emaski,  yangisini  bozordan  olsang.  (Omon Muxtor)  4.  Birinchi  qaldirg'och  parvozini  ko'rgan  kishi  qanday 

sevinsa, Avaz ham bundan shunday quvcnadi. (S. Siyoyev) 

mashq. Matnni o'qing, bosh va ergash gaplarni aniqlang. 

1.  Shuni  bilingki,  bitta  so'zning  tig‘i  yuzta  shamshirdan  o‘tkirroqdir.2.  Inson  qanchalik  kamtar  bo'lsa,  u 

shunchalik  maqtovga  loyiqdir.  3.Kimning  yuragida  yaxshilik  bo'lsa,  u  doimo  boshqalarga  yaxshilikni  ravo 

ko'radi. 4. Hamisha to‘g‘rilar yonida bo'linglar, chunki ular hech qachon sizni noto‘g‘ri yo‘lga boshlamaydi. 

5. Til tinch bo'lsa, bosh salomat bo'ladi. («Otalar so‘zi») 

mashq. Maqollarning tushirib qoldirilgan qismini tiklang va qo'shma gapni izohlang, bog'lovchi vositalarini 

tushuntiring. 



1.Ona yurting omon bo‘lsa,... 2. Ish quroling soz bo‘lsa,... 3. Bimi kessang,... 4. Er boshiga ish tushsa,... 5. 

Qozonga yaqin yursang,... 6.Yaxshi bilan yursang,... 

 

 

             ERGASH GAPNI BOSH GAPGA BOG'LOVCHI VOSITALAR 

 

Bilib oling. Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog'lanadi: 



1) ergashtiruvchi bog'lovchilar; 2) ko'makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli va boshqalar); 

3) yuklamalar (-ki); 4) nisbiy so'zlar (kim-o‘sha, nima-shu, qayer-shu yer va boshqalar); 5) deb so'zi va boshqalar. 

mashq. O’qing. Qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositalarni aniqlang. 

1. Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lоziт. (Said Ahmad) 2. Tilagim shuki, tog‘a, 


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling