Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/91
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#218371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
QO'SHMA GAP 2miraziz

1. Soni ko

;

p, lekin salmog'i yo‘q. (Abdulla Qahhor) 2. Mayli, siz yashirdingiz, ammo men yashirmayman. 

(Oybek) 3. Men o‘z fikrimni aniq tushuntirib berishga harakat qilyapman, lekin siz uni eshitishni 

xohlamayapmiz. (Olimjon Xoldor) 5. Termometr hamshiraning qo'lidan tushib ketdi-yu, bir tomchi simob 

yaltirab polga dumaladi. (Said Ahmad) 6. Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishadilar-u, ba'zilar podalari izidan 

cho‘lga qarab ketdilar. 

(Sh.Xolmirzayev) 

mashq.Gaplarni o’qing, zidlov bog'Iovchilarini topib, ularni izohlang. 



1. To'g'ri so‘z har narsadan yaxshi, biroq yolg‘onchi va chaqimchidan eshitilgan to‘g‘ri so’z ham 

yoqimsizdir. 2. Mol-u puling ketsa-ketsin, ammo vaqtingni zoye ketkizma. 3. Odam umrining lazzati — 

farzand, lekin noqobil farzand ota-onaning umrini qisqartiradi. 4. Do’st yomon kuningda asqotadi, biroq 

qo‘rqoq do‘st yaxshi kuningda ham dushmandan xavflidir. 5. Har kimning zari bo‘lmasa-da, hunari bo‘lsin. 

(« Hikmatnoma»dan) 

mashq. Gaplarni o'qing, zidlov bog'lovchilari yordamida bog'langan qo'shma gaplarni aniqlab, ularni 

izohlang. 

1. Kishini tabiat vujudga keltiradi, ammo uni jamiyat kamol toptiradi.(VG.Belinskiy) 2. Qilgan xatolaringni 



 

o‘lguningcha ko‘z o'ngingda tut, ammo qilgan yaxshiliklaringni unut. (Muhammad Zehniy) 3. Xalqqa хауr-u 



ehson qilish naqadar ulug‘ fazilat, biroq bu xayr-u ehson beg‘araz bo‘lsa, yana ham yaxshi. (Abdibek 

Sheroziy) 4.0‘ylamoq yaxshi narsa, biroq ko‘p o‘ylab xayolparast bo‘lish zararlidir. (Abay) 

mashq. Zidlov bog'lovchilarini toping. Ular o'rniga -u (-yu), -da yuklamalarini qo'ying. 



1. Jondan ortiq narsa yo‘q, lekin do‘stlar uchun jonimiz fido. (Tolib Yo‘ldosh) 2. Bir oycha fizika, matematika 

fanlarini o‘qidi, ammo xayoli boshqa yoqda bo‘lgani uchun kallasiga hech vaqo kirmadi. 

(0‘. Hoshimov) 3. Ular bir necha kun yurishdi, biroq hamon chegara ko‘rinmasdi. (S. Siyoyev) 4. Oradagi 

masofa yiroq, ammo mehr bizni bog‘lab turaidi. (Mirmuhsin) 

 

             AYIRUV BOG'LOVCHILARI YORDAMIDA BOG'LANGAN QO'SHMA GAPLAR 



topshiriq. 

Berilgan gaplarni ko'chiring, qismlarini bog'lovchi vositalarni aniqlang. 



1.Yo  siz  keling,  yo  men  boray.  (Qo'shiq)  2.  Dam  jahlim  chiqadi,  dam  kulgim  qistaydi.  (Oybek)  3.  Goh 

osmonni tutib ashula yangraydi, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitiladi. (Oybek) 

Bilib oling. Ayiruv bog'lovchilari qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga ularda ifodalagan 

voqea-hodisalarning galma-gal ro‘y berishini yoki ularning faqat bittasining yuzaga chiqishini 

ta’kidlaydi. Yo (yoki) bog'lovchisi yolg'iz holda ham, takror holda ham qo'ilanishi mumkin. Qolgan 

ayiruv bog'lovchilari takror holda qo'llaniladi va yozuvda takror qo'llanayotgan 

bog'lovchidan oldin vergul qo'yiladi. 

mashq. O'qing.  Qo'shma  gap  qismlarini  bog'lovchi  vositalarni  va  qismlar  о’rtasidagi  mazmuniy 

munosabatlarni aniqlang. 



1. Uzoqlardan keng vodiy quchog'ida goh ko‘m-ko‘k o‘t bosib yotgan yaylovlar ko'rinadi, goh qop-qorong'i 

daralar ko'zga tashlanadi. (Oybek) 2. Tansiq goh shap-shup suv kechib yuradi, goh uning oyoqlari yelimday 

loyga  botadi.  (Oybek)  3.  Mashinaning  nuqsoni  bo'lsa,  tuzatiladi  yo  yana  yaxshirog'i  yasaladi.  (Abdulla 

Qahhor) 4. Yo zardo’zi to'ning to'zibmi qoldi, Yoki so’kildimi suvsar telpaging. (M. Lermontov) 

mashq.  Ko'chiring,  qo'shma  gap  qismlarini  bog'iovchi  vositalarni  aniqlang  va  ular  o'rtasida  qanday 

mazmuniy munosabat borligini ayting. 


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling