Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
ichibdi, na non olibdi. (Murodjon Mansur) 4. Uning kelganini na Qurbon ota payqadi, na Sidiqjon.
(A.Qahhor) 5. Na xotini, na Saksonboy aka, na o’zi o’g’lini taniy olishdi. (O’.Umarbekov) 6. Na ovqat yeb yolchitmadi, na paxta terib. (U.Hamdam) Mashq. 1. Sel na odamni ayadi, na dov-daraxtni tinch qo’ydi. (O’.Umarbekov) 2. Bu burgut ham ko’r, ham qari. Na ucha oladi, na ko’ra oladi. (O’.Umarbekov) 3. Na bironta odamning sharpasi ko’rindi, na bir shitirlagan tovush eshitildi. (O’.Umarbekov) 4. Na unga, Begimqulga kulib boqadi, na o’zi o’ynab-kuladi. (O.Yoqubov) 5. “Tinchlikmi, yo mendan xafamisiz, na telefon qilasiz, na ko’rinish berasiz?” – deb o’pkaladi. (Ahmad A’zam) 6. Birovga na dardini aytardi, na quvonchini sezdirardi. (Said Ahmad)
BO'LSA, ESA SO‘ZLARI YORDAMIDA BOG'LANGAN QO'SHMA GAPLAR topshiriq. O’qing. Qo’shma gaplarni qismlarga ajrating. Bo‘Isa, esa so‘zlarining vazifasini aniqlang. 1. Rejadagi zarur ishlarni amalga oshirishga vaqt yetkaza olmayapman, sen bo‘lsang faqat dam olaylik deysan. («Gulxan») 2. U kim bo‘Isa bo’lsin, men esa arxitektor bo‘laman. («G‘uncha») Bilib oling. Bo'lsa, esa so'zlari bog'langan qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga, ular o'rtasida qiyoslash va zidlash munosabatimavjudligini ifodalaydi. Bo'lsa, esa so'zlari qiyoslanuvchi bo'lakdan so'ng keladi. mashq.Gaplarni o'qing, bog'lovchi vositalarni izohlang.
mashq. Gaplarni o'qing, bo'lsa, esa so'zlarining gapdagi vazifalarini tushuntiring. 1. Jahl — dushman, aql esa do'stdir. 2. Dono aybni o'zidan axtaradi, ahmoq bo'lsa do stini ayblaydi. 3. Aql ко’pga yetkazadi, hunar bo’lsa insonni ko'kka ko'taradi. 4. Rostgo‘ylik odamni kamolotga yetaklaydi, yolg‘onchilik esa uni halokatga olib boradi. 5. So'zning yumshog'i g‘azabni so'ndiradi, so'zning qattig‘i esa odamni о’ldiradi. ERGASHGAN QO'SHMA GAP HAQIDA MA’LUMOT Bilib oling. Qismlari ergashtiruvchi bog'lovchilar yoki shunday bog'lovchi vazifasidagi so'zlar yordamida bog‘langan qo'shma gaplar ergashgan qo'shma gaplar hisoblanadi. topshiriq. Berilgan gap qismlaiining qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog‘langanini aniqlang. 1. Olim bo‘Isang, olam seniki. (Maqol) 2. Kamtar bo‘I, chunki kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi. («Tafakkur gulshani») mashq.Gaplarni o'qing. Qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositalarni aniqlab, qo'shma gap turini ayting. 1. Agar qiz bo'lsang, otingni Kimsanoy qo'yaman, agar o‘g‘il bo'lsang, Kimsanboy qo‘yaman. (Said Ahmad) 2. Men bilgan yovuz kishilar u yerda bor, shuning uchun men bormayman. (Omon Muxtor) 3.Hunar ado bo'lmas boylikdir, shu sababli yoshlik chog'ingdan boshlab biron-bir hunami о rganish payida bo‘l. 4. Chin do‘st yurakdan so'zlar, chunki u sening yomon bo’lishingni aslo xohlamaydi. 5. To‘g‘ri so'z qilichdan o‘tkir, shuning uchun hamisha rost so'zlashga odatlan. mashq.O’qing. Qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositaiarni aniqlang. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling